• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yoqilishi YIMni ko‘paytirishi mumkin — tahlil

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan YouTube platformasining O‘zbekistonda reklama daromadlaridan foydalanish (monetizatsiya) xizmati yoqilishining iqtisodiyotga taʼsiri va mavjud to‘siqlar tahlil qilindi. 

    YouTube monetizatsiyasi 108 ta davlatda yoqilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘istonda mavjud.

    YouTube monetizatsiyasining iqtisodiyotga taʼsiri

    Madaniy va kreativ sohadagi mahsulotlarning dunyo yalpi ichki mahsulotidagi o‘rni 3,1 foizni tashkil etadi hamda jahonda ish bilan band aholining 6,2 foizi ushbu sohaga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda kreativ industriya sohasiga oid 9,6 ming korxonada 84 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Kreativ iqtisodiyotning umumiy iqtisodiyotdagi ulushini 2030-yilgacha 5 foizga yetkazish maqsad qilingan.

    O‘zbekistonda 2025-yil yanvar oyi holatiga 33,9 mln ta mobil aloqa foydalanuvchilari, 32,7 mln internet foydalanuvchilari mavjud (o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga oshgan). Mobil internet o‘rtacha tezligi 37,82 mb/c, simli (o‘zgarmas) internet tezligi 79,06 mb/s. Faol ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 11,7 mln nafar.

    O‘zbekistonda 2,3 mln – Facebook, 11,7 mln – Instagram, 2,6 mln – TikTok, 250 ming – X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mavjud. Veb trafikning 66 foiz – Instagram, 13 foiz – Pinterest, 8 foiz – Facebook, 6,3 foiz – YouTube tarmog‘iga sarflanadi. Hozirda O‘zbekistonda oylik faol foydalanuvchilar YouTube ijtimoiy tarmog‘ida 13 mln tashkil etadi. Telegram – 20 mln, Meta (Facebook va Instagram) – 10 mln.

    Monetizatsiya xizmati yoqilishi natijasida O‘zbekistonda mahalliy reklama bozori hajmi oshadi. 2024–yilda reklama bozori 2,1 trln so‘m bo‘lib, 29 foiz raqamli reklamaga to‘g‘ri keladi (20 foiz – tashqi reklama, 51 foiz telereklamalar).

    2023–yilda Qozog‘istonda raqamli reklama bozori hajmi 100 mln dollarga oshgan (+30 foiz). Rossiyada YouTube monetizatsiyasi o‘chirilgandan so‘ng blogerlar 20 mlrd rubl (231 mln dollar) zarar ko‘rgan.

    Bundan tashqari, mahalliy kompaniyalar YouTube orqali o‘z auditoriyasiga reklama berish imkoniyati ochiladi. Reklamadan tushgan mablag‘ning bir qismi mahalliy blogerlarga qaytadi.

    YouTube reklamasi O‘zbekiston auditoriyasiga yoqilmagan. Monetizatsiya yoqilishi orqali O‘zbekiston YIM 0,05-0,1 foizga ko‘payish ehtimoli mavjud. Qozog‘istonda YouTube monetizatsiyasidan olinadigan daromad YIMga nisbatan 0,1 foiz bo‘lgan.

    O‘zbekistonda raqamli kontentni monetizatsiya qilish salohiyati

    YouTube platformasida rasmiy monetizatsiya imkoniyatlari ochilishi O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘zbek videoblogerlari tomonidan bir yilda ko‘riladigan umumiy daromad hajmi 30–50 mln dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

    Yangi kontent yaratuvchilar soni oshib, kreativ sanoat rivojlanadi. Blogerlar va media agentliklar ko‘payib, IT (montaj, video, animatsiya) xizmatlariga talab ortadi. Blogerlarning daromadi oshishi natijasida, ular tomonidan mahalliy bozorga investitsiyalar hajmi oshadi, mahalliy savdo va xizmatlar oshadi.

    Ayni paytda mamlakatda 26 mingdan ortiq faol videoblogerlar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1000 nafar katta blogerlar (100 mingdan ortiq obunachi), 5000 nafar o‘rta blogerlar (10–100 ming obunachi) va 20 ming nafar kichik blogerlar (1–10 ming obunachi) hisoblanadi.

    Agar 1000 ta ko‘rish uchun o‘rtacha CPM (reklama to‘lovi) 0,8 sent – 1,4 dollar deb olinadigan bo‘lsa va yillik umumiy ko‘rishlar soni 36 milliardni tashkil etsa, jami daromad 28,8–50,4 mln dollar oralig‘ida bo‘lishi mumkin.

    Taqqoslash uchun: AQSHda CPM 5–15 dollar, Qozog‘istonda 0,8 sent – 2 dollar atrofida. Bu O‘zbekistonda blogerlik faoliyati bozorining o‘sish salohiyati yuqori ekanini va raqobat darajasi nisbatan pastligini ko‘rsatadi.

    YouTube monetizatsiyasi uchun asosiy to‘siqlar

    Shaxsiy maʼlumotlarni saqlashga doir. YouTube monetizatsiyasini yoqish uchun asosan shaxsiy maʼlumotlar bazasini (server) O‘zbekistonda saqlash talabi to‘sqinlik qilishi mumkin. Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risidagi qonunga asosan, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlari jisman Respublika hududida joylashgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan texnik vositalar hamda bazalarida saqlanishi shart.

    Aksariyat xorijiy davlatlarda ham serverlarni mamlakat ichkarisida joylashtirish talabi mavjud bo‘lsa-da, yirik xalqaro IT kompaniyalarga nisbatan talablarni yumshatish va alohida shartnomalar tuzish tajribasi qo‘llanilgan.

    Rossiya va Qozog‘istonda shaxsiy maʼlumotlarni mahalliy serverlarda saqlash bo‘yicha qattiq talablar bo‘lsa-da, Google va Meta kabi kompaniyalar bilan murosaga kelib, o‘z serverlarini mamlakat hududida joylashtirish majburiyatini yuklamasdan, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

    Yevropa Ittifoqida mamlakat tashqarisiga maʼlumotni chiqarish Yevropa singari xavfsiz saqlanish sharti bilan ruxsat beriladi. Hindistonda faqat moliyaviy maʼlumotlarni davlat ichida saqlash talabi mavjud.

    Mahalliy maʼlumotlar markazlarini rivojlantirish va mahalliy serverlar talabini yengillashtirish uchun global bulutli xizmatlar (AVS (AWS), Google Cloud, Microsoft Azure) bilan hamkorlikni kengaytirish talab etiladi (Qozog‘iston tajribasi).

    YouTube serverlari asosan xalqaro Tier III standartlari asosida ishlaydi. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 2021–yilda O‘ztelekom Tier III standartlariga asosan bulutli maʼlumotlar markazi qurgan. Tier III standartidagi maʼlumotlar bazasini qurishda har bir mln megavatt uchun o‘rtacha 7–10 mln dollar sarflanadi. YouTube maʼlumotlar bazasi o‘rtacha 5-20 mln megavat bo‘ladi.

    Google kompaniyasi jami maʼlumotlar markazlari 33 ta. AQSH (18 ta), Urugvay, Chili, Irlandiya, Niderlandiya (3 ta), Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Belgiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Tayvan, Singapur, Yaponiya davlatlarida Google maʼlumotlar markazlari mavjud.

    Mualliflik huquqiga doir. Mualliflik huquqi bo‘yicha qonuniy va amaliy nazorat bo‘yicha kamchiliklar YouTube kontent yaratish bozorining rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkin.

    Mualliflik himoyasiga oid bir qator muammolar uchramoqda:

    • o‘g‘irlangan kontentlarni tarqatish keng tarqalgan. Baʼzi kichik telekanallar va blogerlar tomonidan xorijiy filmlar, musiqalar, sport translyatsiyalarni ruxsatsiz yuklash holatlari kuzatiladi;
    • kontent mualliflarining asarlari ruxsatsiz nusxalanib, boshqa kanallarda qayta yuklanishi orqali o‘z kontentini himoya qila olmagan mualliflar motivatsiyasiz qoladi;
    • rasmiy litsenziyalangan kontent bozori rivojlanmagan. Masalan, YouTube’dagi musiqalar, filmlar, seriallar uchun rasmiy distribyutorlar yo‘q.

    Reklama bozori to‘g‘risida maʼlumotlarga doir. Ochiq maʼlumotlar bazasi va statistika ko‘rsatkichlarida doim yangilanib boradigan reklama bozori ko‘rsatkichlari yetarli emasligi sababli, xalqaro nashrlarda yetarlicha aks ettirilmasligi sababli, YouTube kabi xalqaro kompaniyalar tomonidan maʼlumotlar topish va qaror qabul qilishlarini sekinlashtiradi.

    Reklama bozorida shaffoflikni taʼminlash uchun reklama faoliyatini kuzatish raqamli monitoring tizimini joriy etish, qonunchilikni xalqaro standartlarga mos ravishda yangilash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, reklama bozoridagi asosiy ko‘rsatkichlar va statistik maʼlumotlarni ochiq holda eʼlon qilish talab etiladi.

    O‘zbek audio tiliga doir. YouTube’ning audio anglash algoritmi turli tillardagi so‘kinishlar va taqiqlangan so‘zlarni aniqlash uchun sunʼiy intellekt va mashinaviy o‘rganishga asoslangan bo‘lib, o‘zbek tilining shevalari va lahjalari ko‘p bo‘lgani uchun, algoritmga ushbu tilni to‘g‘ri anglash va modernizatsiya qilishda qiyinchilik mavjud.

    YouTube’ning audio tanish algoritmlari tilni to‘g‘ri anglashi uchun katta hajmdagi ovozli maʼlumotlarga muhtoj. Shu sababli o‘zbek tilida sifatli subtitrlar va avtomatik transkripsiya xizmatlarini yaxshilash uchun ochiq maʼlumotlar bazalarini yaratish, davlat teleradiokanallari, ilmiy muassasalar va universitetlar tomonidan o‘zbek tilidagi ovozli maʼlumotlar yig‘ilib, ochiq manbalarga joylashtirish, Google va YouTube bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, YouTube mutaxassislari bilan maxsus treninglar tashkil etish, sunʼiy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat tilshunoslari o‘zbek tili va shevalarining standart talaffuz va lug‘aviy meʼyorlarini yaratish, blogerlar, podkasterlar va kontent yaratuvchilar uchun grant va subsidiya ajratish orqali sifatli o‘zbek tilidagi kontent hajmini oshirish choralarini ko‘rish zarur.

    Xalqaro to‘lov tizimiga doir. Hozirda O‘zbekistonda Visa, MasterCard va UnionPay kabi xalqaro to‘lov tizimlari mavjud bo‘lsa-da, YouTube monetizatsiyasida keng qo‘llaniladigan PayPal, Stripe va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari O‘zbekistonda rasmiy ishlamaydi.

    O‘zbekistonda PayPal faqat chiqim qilish (xarid) uchun ishlaydi, lekin mablag‘ qabul qilish funksiyasi yo‘q. Mahalliy banklar (valyuta hisob raqami) orqali xalqaro to‘lovlarni qabul qilish mumkin bo‘lsa-da, ularning konversiya stavkalari va qo‘shimcha cheklovlari mavjud.

    31 may, 18:31   Izoh (0)   1753
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #YouTube

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon estradasining so‘nggi 5 yillikdagi top-5 ta hiti 

    22 may, 18:45

    Vyetnamlik bloger Tokiodagi restoranda yonida o‘tirgan Gollivud yulduzi Natali Portmanni tanimadi

    22 may, 20:35

    “Jahongir Poziljonov shartimni yaxshi bajaryapti”. Elmurod Haqnazarovning “Djigar” konsertidan reportaj 

    22 may, 21:40

    Sirdaryoda rashkchi erkak yuziga niqob taqib mahalla raisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi  

    22 may, 18:40

    Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga xalaqit bergan mashina haydovchisini “samosud” qildi (video) 

    22 may, 20:10

    Har qanday odamni yig‘lashga majbur qiladigan mashhur turk seriallaridagi og‘ir sahnalar

    24 may, 08:05

    “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i 25 yoshda. Mablag‘ sarflanmagan, shoshilinchda yozilgan qo‘shiq qanday qilib bitiruvchilar madhiyasiga aylandi?

    24 may, 07:10

    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

    23 may, 18:00

    Turk kinosi yulduzlari Halit Ergench va Rizo Kojao‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi

    24 may, 10:55

    MrBeast YouTube tufayli eng yosh milliarderga aylandi

    24 may, 13:40

    Pavel Durov sevgilisiga Gollivuddagi rolni 400 ming dollarga sovg‘a qildi

    25 may, 09:41

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    25 may, 11:31

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    25 may, 12:39

    O‘zbek shou-biznesi vakillari qanday avtomobillarni afzal ko‘rishadi?

    26 may, 18:45

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    26 may, 07:52

    “Rakurs” podkast. Maqsad, muhojirlik va tirikchilik haqida Konsta bilan (video)

    26 may, 16:55

    Kechirilgan xiyonat: Viktoriya va Devid Bekhem shuncha qiyinchiliklarga qaramay oilasini qanday saqlab qoldi?

    27 may, 09:34

    Andijonda qiz tunda tanishining mashinasidan tanasini chiqarib harakatlandi (video) 

    26 may, 21:10

    Eng mashhur animelaridan biri “Seylor Mun” haqidagi hikoyani kim o‘ylab topgan?

    28 may, 09:48

    Billi Aylish American Music Awards 2025 da yettita mukofotni qo‘lga kiritdi

    28 may, 12:20

    “Uni qo‘lda olib ketishdi”: Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmini suratga olish paytida holsizlanib yiqildi

    28 may, 13:50

    Kichik to‘y, 15 ta premyera va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tarixiy klip — Jaloliddin Ahmadaliyevning yangi konsertidan reportaj

    28 may, 18:27

    “Chinakam giyohvandga aylandim” — 16 yoshda boshlangan qaramlik va yo‘qotilgan ishonch (video)

    28 may, 18:11

    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

    29 may, 12:00

    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

    29 may, 13:30

    Farg‘onada haydovchi qasddan tanishini qayta-qayta bosib ketib, o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)

    29 may, 17:16

    Sistit — bu uyat emas!

    29 may, 21:00

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi? 

    30 may, 10:50

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    30 may, 08:48

    Mashhurlikdan voz kechib, san’atni butunlay tark etgan o‘zbekistonlik san’atkorlar

    30 may, 16:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.