• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda anomal issiq bo‘ladi. Qanday xavflar bor?

    “O‘zgidromet” direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev 14−16-may kunlari respublikada anomal issiq va kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirib, tezkor gidrometeorologik axborot berdi. Odatda bunday axborot aholi hayoti va sog‘ligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan hodisalar oldidan eʼlon qilinadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Bahorgi jazirama

    Oxirgi bir hafta davomida (7–12-may) O‘zbekistonda kunduzgi havo 27 darajadan 37 darajagacha isidi. Biroq 14-maydan boshlab harorat sezilarli ko‘tariladi. Yaʼni to‘rt kun davomida eng past harorat +39 darajani tashkil etishi kutilmoqda.

    Prognozga ko‘ra, 14-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, 15–16-may kunlari mamlakatning katta qismida havo harorati 39–41 darajagacha ko‘tariladi. Janub va cho‘l zonalarida esa 42–43 darajali jazirama hukm suradi.

    “14-15-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16–17-mayda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 17-mayda ayrim joylarda baʼzida shamol 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin”, deya xabar berdi Sherzodxo‘ja Habibullayev.

    O‘tgan oxirgi besh yillikning may oylari o‘rtalarida harorat 43 darajagacha isimagandi. Jumladan, 2020-yil 14–16-may kunlari 22–30 daraja, 2021-yil mos davrida 28–33, 2022-yil mayi yarimida 20–30, 2023-yil mayi o‘rtasida 27–35, 2024-yil 13–17-may kunlari mamlakatda havo harorati 33–36 daraja issiq bo‘lgan.

    Infografika: “Daryo”
    Infografika: “Daryo”

    Global isish trendi

    Global iqlim o‘zgarishi oqibatlaridan biri havo harorati ko‘tarilib borishi hisoblanadi.

    Iqlimshunoslar tahliliga ko‘ra, bugun insoniyat 125 ming yillik tarixidagi eng issiq davrni boshdan o‘tkazmoqda. Sanoat rivojlangani sari atmosferaga haddan tashqari ko‘p zararli gazlar chiqarilyapti. Shu bois inson iqlim o‘zgarishida asosiy rol o‘ynamoqda.

    2015-yilda Parij shahrida imzolangan iqlim bo‘yicha bitimda mamlakatlar sanoatlashish davriga nisbatan global haroratni 1,5 darajadan oshirmaslikka kelishib olgan. Olimlar fikricha, bu chegaradan oshib o‘tish falokatli va qaytarib bo‘lmas oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

    Jahon meteorologiya tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda, global o‘rtacha harorat ilgari hech qachon 1,5 darajadan oshmagan. Eng yuqori ko‘rsatkich sanoatlashish davridagiga nisbatan +1,28 darajaga yetgan.

    Rekord darajadagi harorat isishi ko‘plab davlatlar, jumladan xavfli chegaralarda yaqinlashib qolgan Janubiy Osiyoda ulkan muammolar keltirib chiqaradi. Haroratning doimgidan 1,8 darajaga oshishi ayniqsa qishloq xo‘jaligida jiddiy tahdidlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, insonlar salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va atrof-muhitda jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.

    Albatta, bu jarayondan O‘zbekiston ham ayro emas. Aniqrog‘i, mamlakat iqlim o‘zgarishidan ko‘proq aziyat chekayotganlardan. Respublika hududlarining katta qismi cho‘llardan iboratligi muammoni yanada chigallashtirishi ko‘p aytiladi. Masalan, global havo harorati yiliga doimgidan 1–1,5 daraja isimoqda (2023-yilda 1,5 daraja yuqori). Ammo O‘zbekistonda harorat har yili naq 2 daraja ko‘tarilmoqda. Prognozlarga qaraganda, respublikada 2030-yilga borib havo harorati doimgidan 2–2,5 daraja, 2040-yillarda 4 daraja, 2080-yillarda esa 6 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu juda yuqori issiqlik to‘lqini degani. Agar mamlakatda havo harorati 50 darajagacha oshsa, issiqlik stressi kuchayib borishi va qator kasalliklarga chalinganlar orasida o‘limlar ko‘payishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, 2017–2021-yillarda dunyoda 65 yoshdan oshgan odamlarda issiqlik bilan bog‘liq o‘lim darajasi 85 foizga oshgan. 2000–2019-yillar oralig‘idagi tadqiqotlar natijasida yiliga 489 mingga yaqin o‘lim aynan issiqlik sabab ro‘y berayotgani aniqlangan. Shundan 45 foiz o‘limlar Osiyoda sodir bo‘lishi qayd etilgan.

    Nafas olish, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, buyrak va tayanch-harakat aʼzolari kasalliklariga chalinganlarda issiq haroratning salbiy taʼsiri kuchli bo‘ladi. Ayniqsa, shaharlarda issiqlik taʼsirini kamaytiradigan yashil maydonlar taqchilligi aholi sog‘ligiga xavflarni kuchaytiradi.

    “Endi hukumat tuzilmalari bu issiqlik to‘lqinini o‘z tarmoqlariga taʼsiri, baʼzi tuzilmalar esa jaziramani kishilar salomatligiga taʼsirini kamaytirish uchun tezkor chora-tadbirlar rejasi va tavsiyalarini ishlab chiqishi kerak”, deya fikr bildirdi iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov.

    O‘zbekiston uzoq yillardan beri energetik muammolar girdobida. Ayniqsa, oxirgi yillarda elektr energiyasi va tabiiy gaz uzilishlari poytaxt Toshkentgacha yetib kelgan. Shaharda qish va yoz oylarida energiya uzilishlari tez-tez yuza beradi. Bu esa aholida noqulayliklar tug‘diradi. Demak, iqlimshunos nazarda tutayotgan tuzilmalar ro‘yxatida energetika sektori yuqori o‘rinlarda bo‘lishi tabiiy. Keyingi o‘rinlarda sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa tarmoqlar ham anomal issiq sharoitiga mos tezkor choralar ko‘rish kerak bo‘ladi. Haroratning mavsumga xos bo‘lmagan haddan tashqari yuqorilashi yong‘in xavflarini oshiradi. Bunda favqulodda vaziyatlar sohasi kerakli saʼy-harakatlarni amalga oshirishi lozim.

    Skrinshot: “O‘zgidromet”
    Skrinshot: “O‘zgidromet”
     
    Hududlarda 13-may kuni soat 14:00 dagi havo harorati ko‘rsatkichlar

    Jazirama

    14-maydan kuzatiladigan kamida +39 daraja inson tana haroratidan yuqori issiqlik degani. Mutaxassislar shunday sharoitda organizmga issiqlikning salbiy taʼsirlarini kamaytirish choralarini ko‘rish kerakligini eslatadi. Birini navbatda, yuqori issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda kamroq harakatlanish tavsiya etiladi. Shu kunlarda bahor bo‘lishiga qaramay, haftaning kunduzgi vaqtida, hatto kechalari ham aholi issiq va dim havo bilan to‘qnashadi.

    JSST jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarini eʼlon qilgan. Ulardan ayrimlari quyidagilar:

    • Zarurat bo‘lmasa, harorat yuqori soatlarda ko‘chaga chiqmaslik va og‘ir jismoniy ishlar bilan shug‘ullanmaslik kerak.
    • Organizmning suvsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kuniga yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish juda muhim.
    • Yengil, tabiiy matodan tikilgan va keng liboslar kiyish, imkon qadar tez-tez salqin dush yoki vanna qabul qilish, shakarli, alkogolli yoki kofeinli ichimliklardan voz kechish tavsiya etiladi.
    • Anomal harorat taʼsirida bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i kabi alomatlar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish lozim.
    • Agar oftob tig‘i tufayli noodatiy belgilar, masalan, xushni yo‘qotish, talvasa, aqldan ozish kabi simptomlar yuzaga kelsa, darhol tez tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.
    13 may, 20:40   Izoh (0)   144599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #issiq

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi mumkinligi prognoz qilindi

    16.06.2024, 23:28

    Prezident ishtirok etgan iftorlik marosimi, Andijondagi zilzila, demontaj qilinadigan bankomatlar: 25-martning eng muhim xabarlari

    25 mart, 23:00

    “Bir umr bloger bo‘lib qolishni istamayman” — tahdidlarga uchragan va baxtini Instagram’dan topgan Xonzoda Do‘stova 30 yoshda  

    27 mart, 09:55

    Sovet filmlaridagi yillar davomida e’tiborimizdan chetda qolgan muhim detallar

    28 mart, 09:46

    Yevropa urush ehtimoliga oziq-ovqat g‘amlashga chaqirdi

    28 mart, 11:54

    Rossiyadagi muhojirlikdan shou-biznes olamigacha. Shoira Lola Sobirova Instagram’dagi tanishuv hayotini qanchalik o‘zgartirib yuborgani haqida

    1 aprel, 15:55

    Toshkentning katta qismida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi 

    1 aprel, 16:38

    Jarimaga tortilgan Botir Qodirov, masjidda halok bo‘lganlarning yaqinlariga berilgan moddiy yordam, importi cheklangan Leapmotor: 1-aprelning eng muhim xabarlari

    1 aprel, 23:15

    Yangisidan ko‘ra ishlatilgan holatdagini sotib olish afzal bo‘lgan 8 ta buyum

    2 aprel, 17:45

    Toshkentning 4 ta tumanida vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi

    3 aprel, 18:45

    Zelenskiy: “Ukraina urushning tez tugashini xohlaydi va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi” 

    3 aprel, 21:41

    Nisbatan issiq va juda iliq: mart oyida ob-havo qanday bo‘ldi?

    4 aprel, 16:15

    8 metrdan o‘zini tashlagan Mo‘min, gaz, “svet”, radar muammosi va qimmat chiptalar: “Million”ning yangi konserti qanday o‘tyapti?

    4 aprel, 20:41

    Dunyodagi eng qimmat uylar qanday ko‘rinishda va kimlarga tegishli?

    10 aprel, 14:56

    Germaniya maktab o‘quvchilarini urushga tayyorlaydi

    8 aprel, 12:05

    “Fantomas” 61 yoshda: dunyo tomoshabinlarining sevimli komediyasi qanday suratga olingan?

    10 aprel, 15:40

    Shavkat Mirziyoyev renovatsiya dasturiga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi

    9 aprel, 14:58

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 11-aprel kuni 35 darajagacha issiq bo‘ladi 

    10 aprel, 13:57

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 37 darajagacha ko‘tariladi

    13 aprel, 19:15

    Foydali ichimlik emas: limonli choyning 3 ta xavfli tomoni

    14 aprel, 13:55

    Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga 30 mln yevro ajratadi

    7 may, 09:15

    O‘zbekistonda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanadi

    7 may, 16:15

    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

    7 may, 19:30

    “Haj – 2025” mavsumida hojilarga qancha ellikboshi va mingboshi xizmat qiladi? 

    7 may, 22:18

    “Daryo” dayjesti: 7-mayning eng muhim xabarlari

    7 may, 23:10

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    11 may, 19:50

    O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi

    12 may, 13:12

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    12 may, 23:30

    O‘zbekistonlik haj ziyoratchilari dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi (foto)

    13 may, 10:03

    O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

    13 may, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    DXX hajga yuborishini aytib firibgarlik qilgan yana to‘rt kishini ushladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 15:10

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Reklama | 3 iyun, 15:00

    Futbol yulduzlarining mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan rafiqalari

    Layfstayl | 3 iyun, 15:05

    Pokistonda 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi

    Dunyo | 3 iyun, 15:00

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    Iqtisodiyot | 3 iyun, 14:50

    Met Gala’da uni tanishmadi: Bollivud qiroli Shohrux Xonning 5 yil tanaffus qilishiga nima majbur qilgandi?

    Kino | 3 iyun, 14:49

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.