• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bir umr bloger bo‘lib qolishni istamayman” — tahdidlarga uchragan va baxtini Instagram’dan topgan Xonzoda Do‘stova 30 yoshda

    Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga vayner sifatida yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Xonzoda Do‘stova asli sanʼatkorlar oilasida dunyoga kelgan. Unda aktyorlik mahorati bilan birga, vokal qobiliyati ham yuqori ekanini eʼtirof etishadi. Uning shirali ovozi va boshqalarga o‘xshamaydigan ijro yo‘nalishi bor. 

    “Rashk sabab dadam onamning ijod qilishini istamagan”

    Foto: Instagram

    Bolalikda juda sho‘x, yerga ursa, ko‘kka sapchiydigan qiz bo‘lganman. U paytlarda ko‘p qavatli uyda turardik. Yozgi taʼtil kunlari tushlik paytida birorta bolaning ko‘chaga chiqib o‘ynashiga yo‘l qo‘ymasdim. Mahalla bolalari o‘rtasidagi muammolar, albatta, mening ishtirokimda hal bo‘lardi. Oilada ikki farzandmiz, akam biroz erka edi. Ota-onam biror marta akamning ortidan ortiqcha gap eshitishmagan. Ammo bolalarni urgan, tartibga chaqirgan hamisha men bo‘lardim. Xonzoda desa, hamma tanirdi. Sanʼatkor bo‘lishimga hech kim shubha qilmasdi.

    Otam har doim to‘y xizmatlari va ijodiy safarlar bilan band edi. Turgan gapki, hamma oilada bo‘lganidek, tarbiyamiz bilan onam ko‘proq shug‘ullanardi. Onam ham sanʼatkorlar oilasida tarbiya ko‘rgan va bolalikdan sanʼatkor bo‘lishni orzu qilgan. Otam bilan bir oliygohda o‘qiyotganida oila qurishgan. Ammo rashk sabab dadam onamning ijod qilishini istamagan. Onam ko‘ngliga ko‘mib qo‘ygan ijod mehrini bizga bag‘ishlardi.

    Boshqa onalar farzandi bilan o‘yin o‘ynasa, bizning uyda yangi qo‘shiq o‘rganilardi. Xullas, mana shunday muhit sabab akam va men sanʼatga mehr qo‘yganmiz. Ammo menda aktrisalikka moyillik ko‘proq edi.

    “Bukri bo‘lib qolishing mumkin”

    Foto: Facebook

    O‘smirlik vaqtida bo‘yim balandligi va ozg‘inligim sababli menda bukri bo‘lib qolish ehtimoli yuqori edi. Shunda raqs maktabiga borsa, qomati chiroyli bo‘ladi, deb meni Xoreografiya oliy maktabiga berishgan. U yerdagi muhit har tomonlama maʼqul edi. Ammo maktabni tamomlash arafasida otam sanʼatga bo‘lgan mehrim kuchliligini ko‘rib, hujjatlarimni olib Jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litseyga topshirgan.

    Til o‘rganishga umuman ishtiyoqim yo‘q edi. Noilojlikdan darslarga borib yurganimda tengdoshlarimdan ancha ortda ekanligimni anglaganman. Men tabiatan liderlikka intiladigan insonman. Dadamga “Sanʼatkor bo‘lishimni istamasangiz, repetitorimga pul berasiz”, deb darsdan keyin o‘quv kurslariga qatnaganman. Juda qisqa muddatda ingliz tilini o‘rganib, tengdoshlarim ichida birinchi bo‘lganman.

    “Karan Johar va Shohrux Xon bilan ishlash uchun ingliz tilini o‘rgandim”

    Foto: Instagram

    Bolalikdan hind kinosining shaydosi bo‘lganman. U paytlari ijaraga videokassetalar berilardi. Topgan pulimga yangi videokassetani olib, undagi qo‘shiqdan tortib raqslargacha o‘rganib olardim. Karan Johar va Shohruh Xon ijodiga mehrim baland edi, “Albatta, hind kinosida suratga tushaman”, derdim. Shunda kimdir ular bilan gaplashish uchun ingliz tilini o‘rganishim kerakligini aytdi. Ana shu kundan boshlab ingliz tilini o‘rganishni boshladim. Ishonasizmi, sanʼatga bo‘lgan mehrim sabab 4 yilda ingliz tilini o‘rganib, IELTSʼdan 7,5 ball oldim. Undan keyin repetitorlik qilishni boshladim. Men o‘qitgan o‘quvchilarning ko‘pi o‘zimdan ham o‘zib ketgan. Bir nechtasi Inha universitetiga o‘qishga kirishdi, IELTSʼdan yuqori ball olishdi.

    “Rektorimiz kuyov topishga vaʼda bergan”

    Foto: “Daryo”

    Dadam sanʼatkor bo‘lsa-da, bu sohani egallashimga jiddiy qarshilik qilgan. “Qiz bolaga mos kasbni tanla”, degan gapni ko‘p marta eshitganman. Shu bois O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat oliygohiga kirganimni ham yashirganman. O‘qishga topshirganimni eshitganida uyimizda qiyomat janjal bo‘lgan. Hatto institutga kelib, hujjatlarimni qaytarib olib ham ketmoqchi bo‘lgan.

    Institutning o‘sha paytdagi rektori Baxtiyor Sayfullayev qabuliga chaqirib: “Qizingda isteʼdod bor, nega hujjatlarini olasan?” deganida dadam “Erta bir kun qizimni uzatishim kerak, sanʼatkor bo‘lsa...”, deganda rektorimiz “Xavotir olma, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinsa, pulini o‘zim to‘layman, institutni bitirganidan keyin yaxshi kuyovni ham o‘zim topaman”, deb rozilik olgandi.

    “O‘g‘rilik qilayotganim yo‘q-ku, bir marta imkon bering”

    Foto: Instagram

    Institutning ikkinchi kursida o‘qiyotganimda “Aktyor shou”ga taklif etishgan. To‘g‘risi, bu men uchun juda og‘ir sinov bo‘lgan. Ijodiy tomondan qiynalmaganman, ammo otam shouda ishtirok etishimga jiddiy qarshi bo‘lgan. Shunda oldilariga kelib: “Dada, yuzingizni yerga qaratmayman, o‘g‘rilik qilayotganim yo‘q-ku, bir marta imkon bering”, deganman. Shundan keyin indamagan. Ammo ko‘rsatuv tugaguniga qadar 3 oy davomida men bilan umuman gaplashmagan.

    Sahna ko‘rinishim uchun rekvizit va kiyimlarni olishim uchun pul kerak bo‘lardi, ammo uydagilardan pul so‘rolmasdim. Syomka jarayonlari baʼzan kechgacha davom etardi yoki tayyorgarlik jarayonlari cho‘zilib ketardi. Bu otamga yoqmasdi. Asliddin Do‘stovning qizi ekanimni bilgach, baʼzi insonlar “Sanʼatkorning bolasi-da, otasi hakamlarni gaplashib bergan”, deb noto‘g‘ri gumonga borishdi. Ko‘rsatuvda ishtirok etishimni istamagan inson menga yordam berishi mumkinmi?

    “Sherali Jo‘rayevni mazax qilganim yo‘q”

    Foto: Facebook

    Ko‘rsatuv bilan qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga, dilxiraliklar ham talaygina. Masalan, tanish-bilishchilikka ko‘p marta yo‘l qo‘yilgan. Rejissyor yoqtirgan qizini, Shahzoda Muhammedova stilistlik ham qiladigan aktyorni, boshqa ustozlar esa kursidagi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlardi. Ularning ichida bitta men begona edim.

    Qanday obrazda chiqishimizni kompyuter tanlab berardi. Bir marta menga Sherali Jo‘rayev obrazini ko‘rsatib berish sharti tushgan. Qiz bola bo‘lsam-da, erkak kishini parodiya qilganman va qo‘shiqni ham jonli ijroda kuylaganman. Tomoshabinlar chiqishimni olqishlar bilan qarshi olgan.

    Uyga kelsam otamning jahllari chiqib o‘tirgan ekan. Sababini so‘rasam ustoz sanʼatkorning maʼmuri unga qo‘ng‘iroq qilib: “Qizingiz nega parodiya qildi?” deb gapiribdi. Otamning bu chiqishimdan xabari bo‘lmagan. Uning xijolat bo‘layotganini ko‘rib, rosa jahlim chiqqandi. Parodiya ham bir sanʼat, men atayin bu obrazni olib chiqmadim-ku, deganman. Eng yomoni, takroriy ko‘rsatuvda chiqishimni o‘chirtirib tashlashgan, YouTubeʼga joylangan variantini ham o‘chirtirishgan. Ammo baribir bu chiqishim boshqa tarmoqlarda tarqalib ketgan.

    Ustoz sanʼatkorni hurmat qilaman, ammo bunday eʼtirozni kutmagandim. Men mazax qilib chiqqanim yo‘q, berilgan shartni bajardim, xolos.

    “Rejissyor sudlashamiz, deb tahdid qildi”

    Foto: Instagram

    Shu kungacha ko‘plab serial va davlat filmlarida suratga tushdim. Ammo tan olib aytamanki, xalqqa undagi rollarim emas, 5-6 oy davomida suratga olgan vaynlarim tanitdi.

    Yaqinda bir davlat filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda epizod bo‘lsa-da rol ijro etgandim. Film rejissyori ayol kishi edi. Premyerada qizil yo‘lakdan o‘taman desam, ism-familiyamni ham aytishmadi. Rejissyor bilan ko‘rishgani borsam, “Pardozim buziladi” deb qo‘l uchida muomala qildi. Ko‘pchilikning orasida aytgan gapi alam qilib, premyerani ham kutmay ketdim. Uyga kelguncha yig‘lab keldim. Nahotki, 4 yil institutda o‘qigan bo‘lsam, zarracha qadrim bo‘lmasa, dedim.

    Dilshod Ahmedovning “Jumboq” serialida ham suratga tushganman. Birinchidan, rejissyor bir tiyin pul bermagan, eng alam qilgani, boshqa serialga taklif etishsa, “Unda suratga tushmaysiz, bo‘lmasa sudlashamiz” deb tahdid qildi. Qanaqasiga, tekinga ishlatayotgan aktrisa uchun ijodiy chegara qo‘yishga nima haqqi bor? Roling ham boshingda qolsin, deb serialdan ham chiqib ketdim.

    Hozir ham rollarga taklif etishadi. Ammo mendan ranjishmasin-u, rejissyorlar ulama kiprik qo‘yilgan, labi shishirilgan aktrisalar bilan ishlashga o‘rganib qolishmoqda. Ularga pul berishmaydi, qaytaga ulardan qurtdek sanab olishadi. Ertalabdan kechgacha joningni berib rol ijro etasan va berishsa 50 AQSH dollari yoki undan ham kamroq haq berishadi. Men issiq uyimda o‘tirib bitta reklamaga shuncha pul olyapman. Yaxshi rol bo‘lsa, tekinga suratga tushishga ham tayyorman, ammo pichoqqa ilinadigani yo‘q-da.

    “Ustoz sanʼatkorlar ham vayn olishni o‘rganishyapti”

    Foto: Facebook

    3-4 yil oldin vaynerlarga past nazar bilan qarashardi. Ammo hozir professional ustoz aktrisalar ham vaynerlikning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishyapti. Bir nechtasi yonimga kelib “Qurilish tashkilotidan uy olibsiz. Bizga ham berisharmikan? Vayn olishni o‘rgating” deyishdi. Chunki asl sanʼatda qadr topish juda qiyin bo‘lib qolgan. Yoki rejissyorning taklifiga ko‘nib yonida yelpatak bo‘lib yurishingiz yoki zo‘ringiz bo‘lmasa bo‘lmaydi.

    “O‘zbekkino”da ikki kunlab kasting topshirish uchun rejissyorlarni kutganman. Hozir o‘sha kunlarni eslasam, o‘zimga rahmim kelib ketadi. Boshqa vaynerlardan farqli ravishda barcha rollarni o‘zim ijro etaman va grimdan foydalanaman. Oz bo‘lsa-da, professionallik bor. Qaynona-kelin mavzusida o‘ralashib qolishni istamagandim, ammo xalqqa shu chiqishlarim ko‘proq yoqyapti.

    “Bir umr bloger bo‘lib qolishni istamayman”

    Foto: “Daryo”

    “Ingliz tilini bilasiz, uning ustiga professional aktrisasiz, nega blogerlik qilib yuribsiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Haqiqatan ham, internetga vaynlar olish uchun to‘rt yil tahsil olmaganman. Ammo hozirgi aktyor va aktrisalarning boshqa iloji ham yo‘q. Chunki xashaki rejissyorlar ko‘payib ketgan. Agar ular ko‘rsatgan yo‘l bo‘ylab harakatlanadigan bo‘lsak, birorta tuzuk rol ijro etolmaymiz.

    Yolqin To‘ychiyev, Zulfiqor Musoqov yoki Ayub Shahobiddinov kabi rejissyorlar har yili film olavermaydi. Kinoning kulminatsiyasi nima ekanligini bilmaydigan rejissyorlar esa oyiga yangi serial olishni “uddalashyapti”. Bir umr bloger bo‘lib qolib ketishni istamayman. 30-40 yoshga kirganimda ham vaynlar olib yurish niyatim yo‘q. Ungacha jiddiyroq sohaning etagidan tutib, bir stolning egasi bo‘lishni istayman.

    “Pul ijoddan ustun emas”

    Foto: Instagram

    Pul hamma qatori menga ham kerak, ammo bu pulni ustun ko‘raman, deganim emas. Mana, yaqinda bir davlat filmiga taklif qilishdi. Gonorar summasini ham so‘ramay, suratga tushishga rozi bo‘ldim. Chunki aniq bilaman, davlat filmlaridagi kunlik gonorar 200-250 ming so‘m bo‘ladi. Suratga olish ishlari tog‘da bo‘lishini aytishdi. Ayni o‘sha vaqtda 2 000 AQSH dollarlik reklama taklif etishayotgan edi. Menejerim “Shuncha pulga reklama kelyapti”, deyishiga qaramay, film syomkasiga ketdim.

    Bir necha kunlik syomka uchun 1 million 900 ming so‘m olgan bo‘lsam ham, har holda to‘rt yil bejiz aktrisalikka o‘qimaganimni his qildim. Shunchaki rol ijro etishni istamayman, qiynalib ishlagim keladi. Afsuski, aksariyat rejissyorlar ishga nihoyatda yengil yondashadi.

    “Turmush o‘rtog‘im bilan Instagram’da tanishganmiz”

    Foto: Instagram

    Karantin paytida samarqandlik yigit Instagram orqali yozgan. Aslida bunday nomalar ko‘p kelardi, shu bois avvaliga eʼtibor bermaganman. “Men ham aktyorlikka qiziqaman, qanday kastinglar bo‘lyapti”, deb yozgandi, xolos. Keyinchalik bir-birimizga maslahat berib, do‘stga aylandik. Oxiri kasting sabab u inson Toshkentga keldi, ammo kastingsiz serialda suratga tushdi. Bu insonning mardligi va or-nomusi ustun ekanligi menda yaxshi taassurot uyg‘otgan.

    Qish kuni 10 kun Toshkentda pulsiz qolib ketgan, yordamimni esa qabul qilmagan. Shu bois ham uni hurmat qilganman. U paytlarda vaynlar suratga olmasdim, menga motivatsiya bergan ham shu inson bo‘ladi. To‘rt yil bir-birimizni sinab keyin oila qurdik.

    Xonzoda  Do‘stova o‘tgan yilning noyabr oyida o‘g‘il farzandli bo‘ldi. U turmush o‘rtog‘i bilan kelishgan holda farzandiga Muhammadyusuf deb ism qo‘ydi. 

    27 mart, 09:55   Izoh (0)   92455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Xonzoda Do‘stova#bloger#vayner

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: Qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    07.11.2021, 10:39

    Xonzoda Do‘stova Shohruh Xonga muxlisligi ortidan ingliz tilini o‘rganib IELTS’dan 7,5 ball olgani hamda vaynlar uni xalqqa tanitgani haqida

    21.11.2022, 14:59

    Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    03.01.2023, 09:53

    “Bollivud qiroli Shohruh Xonga bo‘lgan muhabbatim tufayli ingliz tilini o‘rgandim”. Vayner Xonzoda Do‘stova IELTS’dan 7,5 ball olgani haqida (video)  

    22.04.2023, 15:59

    Xonzoda Do‘stova davlat filmi uchun 2 ming dollarlik reklamadan voz kechgani va Sherali Jo‘rayev parodiyasi uchun tanbeh eshitgani haqida (video)

    23.04.2023, 15:25

    Instagram: Liftda qamalib qolgan aktrisa, 400 mln so‘mlik mashina olgan Maftuna Shokirova, Alisher Fayz bilan hamkorlikni tiklagan Parizoda

    04.08.2023, 22:06

    Instagram: Onasiga uch xonali uy sovg‘a qilgan Azoda, Valijon Shamsiyevni yomon ko‘radigan Xonzoda Do‘stova, Salimboyvachchaning uyida necha kishi ishlaydi?  

    15.11.2023, 22:15

    “Bukri bo‘lib qolishim mumkin edi” — mushtumzo‘r, ko‘rsatuv sabab taqiqqa uchragan va IELTSʼdan 7,5 olib vaynerlik qilayotgan Xonzoda Do‘stova 29 yoshda (foto)

    28.03.2024, 10:19

    Instagram: yangi uy xarid qilgan Xonzoda Do‘stova, “X factor”dan ketgan Lola, Kaniza umra safarida

    06.04.2024, 10:50

    Instagram: otasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan Chechenka, farzandli bo‘lgan Dili.me, Ozoda Nursaidovaga “Jiguli” hadya qilishdi

    29.04.2024, 08:49

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Asliddin Do‘stov, yangi mashina xarid qilgan Shohrux, gender party o‘tkazgan Oybek va Nigora

    17.05.2024, 22:25

    Instagram: Indira Miftahova oilasida og‘ir judolik, o‘zbek shou-biznesidagi yangi oila, sayohatdagi mashhurlar

    28.05.2024, 10:51

    Instagram: hovliga ko‘chadigan Shahzoda Muhammedova, uyini ta’mirlatayotgan Xonzoda Do‘stova, Istanbulda tekshiruvdan o‘tayotgan Malika Ravshanova 

    17.07.2024, 10:33

    Instagram: Oilaviy muammolardan qochib Turkiyaga ketgan Dildora Niyozova, to‘yda ustidan pul sochilgan Nargiza Azimova, aktrisaga hamkasblari uy sovg‘a qildi 

    29.07.2024, 22:55

    Instagram: Yulduz Usmonovaning “birrov” xizmati narxi qancha? Shahzoda Muhammedova YTHga uchradi, Xonzoda Do‘stova farzand kutmoqda 

    31.07.2024, 21:48

    Instagram: Ozoda Nursaidovaga uyushtirilgan syurpriz, Dildora Niyozova xonadonida xursandchilik, Erali Boyqobilovga kvartira sovg‘a qilishdi 

    09.10.2024, 11:26

    Instagram: Shahzoda Muhammedova “X-Faktor” hakamlarini hayratlantirdi, Xonzoda Do‘stova gender party o‘tkazdi, olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov uylandi

    30.10.2024, 12:45

    Instagram: Dubayga kelin bo‘layotgan Sitora Farmonova, ilk bor ona bo‘lgan Xonzoda Do‘stova, qiz bazmi o‘tkazgan Dilnoza Habibullayeva

    03.11.2024, 13:28

    2024-yilda ota-onalik baxtiga erishgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video) 

    31.12.2024, 15:59

    Instagram: Munisa Rizayeva oilasida xursandchilik, Ulug‘bek Qodirovdan yangi klip, Nilufar Sotiboldiyevadan noodatiy taklif

    25 mart, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.