O‘zbekiston prezidenti ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash bo‘yicha farmon imzoladi.

Farmon bilan uzoq yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, betakror isteʼdodi bilan xalq aqliy–maʼnaviy salohiyatini oshirishga, o‘z sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlanadi:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
- O‘ktam Aripov, fan arbobi, akademik, jarroh olim;
- Vali G‘afurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib;
- To‘xtasin Jalolov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, tarjimon;
- Vasil Qobulov, fan arbobi, akademik, kibernetik olim;
- Begali Qosimov, fan arbobi, jadidshunos olim;
- Quddus Muxamedov (Quddus Muhammadiy), O‘zbekiston xalq shoiri;
- Tursunali Parfiyev (Rauf Parfi), O‘zbekiston xalq shoiri;
- Murod Rajabov, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor;
- Alibek Rustamov (Alibek Rustamiy), akademik, adabiyotshunos olim;
- To‘ra Sulaymonov (To‘ra Sulaymon), O‘zbekiston xalq shoiri;
- Mamirjon To‘xtasinov, O‘zbekiston xalq artisti, xonanda;
- Muhriddin Holikov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
- Ibrohim Hamraboyev, fan arbobi, akademik, geolog olim;
- Muhammadjon Yusupov (Muhammad Yusuf), O‘zbekiston xalq shoiri.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Viloyat Akilova, O‘zbekiston xalq artisti, baletmeyster;
- Rimma Axmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi;
- Ismoil Vaxobov, O‘zbekiston xalq hofizi;
- Oxunjon Madaliyev, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
- Anarkul Nazarov (Anor Nazarov), O‘zbekiston sanʼat arbobi, kompozitor;
- Anvarjon Obitjonov (Anvar Obidjon), O‘zbekiston xalq shoiri.

“Do‘stlik” ordeni bilan
Baxodir Yuldashev, “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari.
Avvalroq mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida prezident farmoni imzolangani xabar qilingandi.
Izoh (0)