AQSHda bir necha kun oldin farzandini dunyoga keltirgan gvatemalalik ayol bolasi bilan hibsda saqlanmoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ona va bola sud muhokamasini kutib, immigratsiya va bojxona politsiyasi nazoratida saqlanmoqda. 4-may kuni homiladorligining sakkizinchi oyida bo‘lgan ayol AQSH va Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. U bojxona va chegara xizmati xodimlari tomonidan ushlanib, kasalxonaga yotqizilgan.
Ayol shifoxonada “nazorat ostida” tug‘ruqni amalga oshirgan. Shundan so‘ng immigratsiya va bojxona politsiyasi nazoratiga topshirilgan. Mutaxassislar fikricha, ayol deportatsiya qilinadi va uning farzandi ham u bilan birga jo‘natiladi.
Gvatemalaliklar qishloq xo‘jaligida mavsumiy ishlar bilan band bo‘ladi. Vatanlarida ish topish imkoniyatining yo‘qligi o‘n minglab gvatemalalikni shimolga, Qo‘shma Shtatlarga yo‘l olishga majbur qilmoqda.
Tramp ma’muriyati o‘z farmoni bilan tug‘ilish huquqi asosidagi fuqarolikka — mamlakatda va uning hududlarida tug‘ilgan deyarli har qanday shaxsga beriladigan avtomatik AQSH fuqaroligiga chek qo‘yishga uringan. Aks holda, gvatemalalik onaning yangi tug‘ilgan farzandi bu huquqqa ega bo‘lardi.
Izoh (0)