Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuv 2-may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda “Xorazm” jamoasi Qarshining “Nasaf”ini qabul qildi. Uchrashuvda tezkor gol urildi. 12-daqiqada Alibek Davronov hisobni ochdi.
O‘yinda mehmonlar nisbatan ustunlikka ega bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham mezbonlar o‘yinda o‘z so‘zini ayta oldi. 78-daqiqaga kelib Abror Xo‘sinov hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuv shu hisob bilan tugadi. Ushbu durang bilan qarshiliklar 18 ochko bilan hamon peshqadam bo‘lib turibdi. Xorazmliklar esa 8 ochko bilan 10-pog‘onani egallagan.
Izoh (0)