Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/8 finaliga 5-iyun, dushanba kuni qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, “Nasaf” “Buxoro”ga qarshi, “Paxtakor” esa “Dinamo”ga qarshi bahs olib boradi. “OKMK” esa “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, nimchorak final bahslari bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va 1—3-avgust kunlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Kubogi 1/8 final juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan:
- “OKMK” — “Lokomotiv”
- “Turon” — “Paxtakor-79”
- “Nasaf” — “Buxoro”
- “Bunyodkor” — “Surxon”
- “Olimpik” — “Andijon-SGS”
- “Orol” — “Navbahor”
- “Xorazm” — “Metallurg”
- “Dinamo” — “Paxtakor”
Izoh (0)