O‘zbekistonda bir kg oshga ketadigan mahsulotlarning o‘rtacha narxi bo‘yicha statistika e’lon qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi kuzatuv natijalariga ko‘ra, hududlar kesimida bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha qiymati (2025-yil aprel oyi uchun):
- Qoraqalpog‘iston R. — 95 700 so‘m
- Andijon viloyati — 102 000 so‘m
- Buxoro viloyati — 105 500 so‘m
- Jizzax viloyati — 106 800 so‘m
- Qashqadaryo viloyati — 107 400 so‘m
- Navoiy viloyati — 106 400 so‘m
- Namangan viloyati — 106 500 so‘m
- Samarqand viloyati — 108 400 so‘m
- Surxondaryo viloyati — 106 900 so‘m
- Sirdaryo viloyati — 102 200 so‘m
- Toshkent viloyati — 108 900 so‘m
- Farg‘ona viloyati — 112 300 so‘m
- Xorazm viloyati — 102 600 so‘m
- Toshkent shahri — 112 500 so‘m
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
- kungaboqar yog‘i — 0,3 l
- piyoz — 300 gr
- mol go‘shti — 700 gr
- sabzi — 1 kg
- guruch — 1 kg
- no‘xat — 100 gr
- zira — 10 gr
- osh tuzi — 20 gr
Yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.
1 porsiya palov narxi qanday?
Osh markazlarida eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 35 700 so‘m bo‘lgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 23 000 so‘mdan sotilgan.
Umuman olganda mamlakat hududlarida 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 26 100 so‘m
- Andijon viloyati — 31 200 so‘m
- Buxoro viloyati — 33 900 so‘m
- Jizzax viloyati —28 800 so‘m
- Qashqadaryo viloyati — 30 700 so‘m
- Navoiy viloyati — 26 800 so‘m
- Samarqand viloyati — 30 500 so‘m
- Surxondaryo viloyati — 29 200 so‘m
- Sirdaryo viloyati — 25 700 so‘m
- Toshkent viloyati — 27 300 so‘m
- Farg‘ona viloyati — 26 600 so‘m
- Xorazm viloyati — 31 900 so‘m
“Palov indeksi” haqida
O‘zbekistonda eng ommaviy taom — osh narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiruvchi “Palov indeksi” 2020-yilning yanvaridan joriy etilgan. Ushbu ma’lumotlarni shakllantirishda respublikaning barcha hududlarida 1 kilogrammm palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqiladi. Shunga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalarida bir porsiya palovning o‘rtacha narxi belgilanadi.
Izoh (0)