Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov nega maydonga tushmayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi City Xtra nashri xabar berdi.

Ispaniyalik mutaxassis “Vulverhemton”ga qarshi bahs oldidan o‘zbekistonlik futbolchi haqida gapirdi:
“Bornmut”ga qarshi bahsda Husanovda sariq kartochka bor edi. Shu bois tavakkal qilishni istamadim va uni zaxiraga olishga qaror qildim. Jamoa o‘sha bahsda chap qanotda biroz faolroq harakat qilishi talab etilardi. Shunda O’Rayli qanotga o‘tdi, Yoshko Gvardiol esa markazga ko‘chdi. O‘sha paytda Niko bunchalik ko‘p maydonga tushadi, deb o‘ylamagan edim, lekin u ishonchni oqladi.
Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, Nunyes, O’Rayli va Gvardiol birgalikda barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoaviy harakatlar ham yaxshi ketmoqda. Sababi shu. Bu shuni ko‘rsatadiki, hech kimning asosiy tarkibdagi o‘rni kafolatlanmagan, lekin futbolchilar ertaga maydonga tushmayman, deb ham o‘ylamasligi kerak, deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” bugun, 2-may kuni “Vulverhemton”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Izoh (0)