Namangan shahri markazidagi Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Samerteks gilamlari” do‘konida 28-iyun, сhorshanbaga o‘tar keсhasi yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Katta hududni qamrab olgan alanga tongga yaqin qiyinchilik bilan bartaraf etildi. Gilam sotuviga ixtisoslashgan yirik savdo nuqtasi butunlay yonib ketdi. Uning yonida joylashgan “Texnopark”ning do‘konga tutash hududlari ham yong‘indan zarar ko‘rdi.
Yong‘inga elektr qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Bu Namangan shahrida gilam do‘konlaridagi yong‘in bilan bog‘liq yaqin muddat mobaynidagi ikkinchi holat. Shu yil 16-fevral kuni “Samantep gilamlari” do‘konida ham katta yong‘in kelib chiqqandi.
Izoh (0)