“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida “Kavasaki Frontale”ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

Ba’zida orzular kutishga majbur bo‘ladi. Bu jamoa bilan faxrlanaman va maydonda barcha bor kuchini berganini bilaman. Bizga ishonib, har qadamda qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga tashakkur. Sizning yordamingiz biz uchun ko‘p narsani anglatadi, deb yozdi Ronaldu X (avvalgi Twitter) sahifasida.
Ma’lumot uchun, 30-aprel kuni riyodliklar markazlashgan Osiyo Chempionlar Ligasining yarim finalida Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Osiyo Chempionlar Ligasi finali 3-may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Kavasaki Frontale” va “Al-Ahli” jamoalari kuch sinashadi.
Izoh (0)