O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning qamoqdan ozod qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov buni rad etdi.

Uning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu ma’lumot asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Gulnora Karimovaga 2015-yil avgustida besh yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. O‘sha vaqtda unga nisbatan boshqa jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etayotgan edi. 2017-yilda 10 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan, keyinchalik jazo uy qamog‘iga almashtirilgandi. Jazoni o‘tash davrida sud tomonidan o‘rnatilgan cheklovlarni muntazam ravishda buzib, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagani uchun 2019-yilda yana qamoqqa qaytarilgandi.
2020-yilning mart oyida Gulnora Karimovaga sud hukmi bilan 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Jinoyat qonunchiligi normalariga muvofiq hamda bir necha jinoyat va hukmlar majmuyi bo‘yicha jazo tayinlanganini inobatga olgan holda jazo muddatini 2015-yil 21-avgustdan boshlab hisoblash belgilandi.
Izoh (0)