Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Aktrisa Diana Yagofarova Yevropa bo‘ylab sayohatga otlandi. U kuzatuvchilariga Amsterdam shahridan ko‘rinish berdi.

Xonanda Malika Ravshanova to‘rtinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. U 28-aprel sanasida qiz farzandni dunyoga keltirgan.

Hamdam Sobirov ustozi Ilhom Farmonovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Rossiyalik taniqli shoumen Ivan Urgant Toshkentda chiqish qildi hamda yumorist Mirshakar Fayzulloyevning qiziqarli savollariga javob berdi.
Turk aktrisasi Fahriya Evjen o‘g‘illari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Aktrisa Muborak Abdullayeva arxiv suratini sahifasiga joylab, ortiqcha vazn bilan kurashayotganida ham hech qachon o‘zini boshqalar bilan solishtirmagani haqida yozib qoldirdi.

Aktrisa Shahlo Alijonova sahifasi uchun yangi fotosessiya tashkillashtirdi.

Instabloger, model Monika turmushga chiqdi, uning to‘yi Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)