• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    San’atdagi faoliyatini bir yo‘nalishda boshlab, boshqasida muvaffaqiyat qozongan o‘zbekistonlik mashhurlar

    O‘zbek shou-biznesida faoliyatini san’atning bir yo‘nalishida boshlagan va keyinroq boshqa yo‘nalishda mashhurlikka erishganlari talaygina. Quyida shu kabi san’atkorlar haqida so‘z yuritiladi.

    Zulayho Boyxonova

    Foto: Instagram /@zulayhoboyxonova

    O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova 1986-yilda institutni tugatgach, san’at olamidagi faoliyatini Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatrida boshlagan. U teatrda sahnalashtirilgan ko‘plab spektakllarda bosh rollarni o‘ynagan. Shundan keyin aktrisa xonandalikda ham o‘zini sinab ko‘radi va “Hay-hay” nomli taronasini ijro etgandan keyin mashhurlikka erishadi. Xonanda “Gar sog‘insam”, “Rashk”, “Dilimdagilar”, “Ko‘z tutarman” nomli taronalari bilan muxlislarning e’tiboriga tushgan.

    Munisa Rizayeva

    Foto: ”Yandeks.ru”

    Munisa Rizayeva san’tdagi karyerasini kinodan boshlagan. Uning debyuti 2010-yilda suratga olingan “Hijron” filmida bo‘lgan. Munisa “Hijron”dan so‘ng, “Salom Natasha”, “Aql va yurak”, “Hay-hay qizaloq” hamda “Bevalar” kinofilmlarida turli rollarni ijro etgan. Munisa 2011-yilda qo‘shiqchilikda o‘zini sinab ko‘rishga qaror qilgan hamda birinchi “Ayrilma yor” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislar e’tiboriga havola etadi. Ushbu qo‘shiq muxlislar tomonidan iliq qarshi olinib, u xonandaning tashrif qog‘oziga aylanadi.

    Xonanda bu taronasidan keyin ijodga yanada sho‘ng‘idi va ko‘plab taronalarni ijro etdi. Uning mashhurligi viloyatlar bo‘ylab konsert bera boshlaganidan keyin yanada ortdi. Munisa Rizayevaning ilk musiqiy albomi 2012-yilda chiqqan, 2014-yilda esa xonanda “E’tirof” milliy mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning “Alamim bor”, “Ovuna”, “Dil”, “Bo‘ldi yurak”, “Armon” va bir qancha taronalari muxlislarning qalbidan joy egallagan. Munisa Rizayeva Ziyoda, Shohruhxon, Shahzod Murodov, Botir Qodirov kabi o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari bilan duet kuylagan.

    Nilufar Usmonova

    Foto: “Yandeks.ru”

    Xonanda Nilufar Usmonova san’atdagi faoliyatini 1995-yilda aktrisalikdan boshlagan. Uning ilk debyuti “Bolajon” kinofilmida bo‘lgan va shundan keyin 2002-yilda suratga olingan “Muhabbat sinovlari” filmida suratga tushgan. Aktrisa o‘zini xonandalikda ham sinab ko‘rishni istaydi va keyinroq “Otajon”, “Yur”, “Bolam” nomli taronasini ijro etadi. Xonandalik yo‘nalishida ijod qilishni boshlagan Nilufar Usmonova aynan shu yo‘nalishda mashhurlikka erishadi. Xonandaning “Taslim bo‘ldim”, “Asraydi”, “Odamlar”, “Onam”, “Xatlar yozmayman”, “Kel ikkimiz” nomli taronalari muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

    Gafur

    Foto: Instagram /@gafur_lv

    Hozirgi kunda Rossiyada Gafur taxallusi ostida ijod qilayotgan xonanda Abdulg‘ofur Isaxonov san’at olamidagi faoliyatini o‘zbek kinofilmlarida boshlagan. Uning kinodagi ilk debyuti 12 yoshida, “Soy qo‘shig‘i” filmida bo‘lgan. Shundan keyin “Dadam betob”, “Novda”, “Elparvar” filmlarida suratga tushdi. Keyinroq Abdulg‘ofur musiqiy tanlovda qatnashish uchun Rossiyaga uchib ketadi. Ijodiy safar mobaynida RAAVA Music leybli asoschilari bilan tanishdi hamda birin-ketin xit qo‘shiqlarini muxlislar e’tiboriga havola eta boshladi. Uning “Lollipop” nomli taronasi rusiyzabon yoshlar tomonidan iliq qarshi olindi hamda ushbu qo‘shiq turli xit-paradlarda bir necha oy davomida birinchilikni egallab keldi. 

     

    Asal Shodiyeva

    Foto: “Yandeks.ru”

    Aktrisa Asal Shodiyeva san’atga kirib kelgan ilk yillarida “O‘zbekistonim” nomli taronani ijro etgan. U Uspenskiy nomidagi musiqaga ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olgan. Keyinchalik Asal Shodiyeva aktrisalik sohasida o‘zini sinab ko‘rdi va aynan shu yo‘nalishda mashhurlikka erishdi. U kino olamdagi faoliyati davomida 30 ga yaqin filmda suratga tushgan. “Uchar qiz” “Hay-hay qizaloq”, “Majnun”, “Poyga”, “Uylanish”, “Vahshiy”, “Qaysar oshiqlar” aktrisa ijodidagi muvaffaqqiyatli filmlar hisoblanadi. Hozirda farzandlari tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan Asal Shodiyeva xonandalikdagi ijodini ham davom ettirmoqda. Aktrisa kinodagi faoliyatida tanaffus e’lon qilganidan keyin “Soxta”, “Uchta so‘z” kabi taronalarini muxlislariga taqdim etdi.

    Malik

    Foto: Instagram /@malik_singer1

    Malik taxallusi bilan ijod qiluvchi Shohjahon Ergashev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan “Yor biyo” taronasini ijro etganidan keyin xonanda sifatida tanildi. Malik mashhurlikka erishmasidan oldin o‘zini aktyorlik sohasida sinab ko‘rgan. U Xadichaning bir nechta kliplarida suratga tushgan. Xonanda aktyorlikdan tashqari kompozitorlikda ham faoliyat yuritadi. U Yulduz Usmonovaning “Bu sevgi”, Xadichaning “Aldama”, “Kelma”, “Bevafo”, Alisher Zokirovning “Malikam”, Imronning “Hech kimga bermay sevaman” nomli taronalarining muallifi hisoblanadi.  

    22.02.2023, 13:40   Izoh (0)   17713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Burak O‘zchivit, Meryem Uzerli va faqat bitta roli bilan tomoshabinlarning yodida qolgan boshqa mashhur turk aktyorlari (foto)

    21.02.2023, 22:07

    Sahnada ulg‘aygan, ikki marta avariyaga uchragan va ketma-ket yaqinlaridan ayrilgan: Azim Mullaxonov 63 yoshda

    21.02.2023, 13:40

    Instagram: Yulduz Usmonovaga ko‘zi ojiz muxlisaning sovg‘asi, Dilnoza Kubayevaning umr yo‘ldoshi haqidagi savolga javobi, Gulsanam Mamazoitova xonadonida xursandch...

    20.02.2023, 22:15

    Xonanda Malik uchta institutdan yiqilgani, to‘ylarda pul tergani va Yulduz Usmonova bilan qanday tanishgani haqida (video)

    20.02.2023, 14:30

    “Oila boquvchisi roli menga o‘tib qoldi”. Xonanda Gulzoda Xudoynazarova hayot yo‘llarida yolg‘iz bo‘lish taqdiriga yozilgani haqida (video)

    20.02.2023, 10:33

    Instagram: Halima Ibragimovaga qimmatbaho mashina sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova, to‘yxona ochgan Dili.me, AQSHda ko‘ngilsiz hodisaga uchragan Munisa Rizayeva

    19.02.2023, 22:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.