• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yulduz Usmonovaning nazariga tushgan Malik uysiz yashagani, pulsizlikdan sevimli qo‘shig‘ini sotgani va uni mensimagan yulduzlar haqida

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan duet kuylash yosh o‘zbek xonandalarining orzusi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Malik ismli xonanda o‘zbek san’ati primadonnasi bilan bir nechta duetlarni kuyladi va shu orqali muxlislar nazariga tushdi. “Daryo” internet nashrining YouTube’dagi kanalida yosh xonanda bilan suhbat tashkil etildi. 

    Malik 10 yil avval xonanda bo‘lish umidida Toshkentga kelgani va homiy bo‘lmagani uchun boshqa sanʼatkorlarga qo‘shiq yozish bilan tirikchilik qilgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Toshkentga xonanda bo‘lish niyatida kelganman. Hayot majburiyatlari sabab qo‘shiq yozib, boshqa ijodkorlarga sotganman. Millioner insonning farzandi emasman, oilamiz kamtarona hayot kechirardi. Qishloqda chorva mollarini boqib, tirikchilik qilardik. Homiy topilmagandan keyin o‘zim uchun yozgan qo‘shiqlarni sotib, tirikchilik qilishga majbur bo‘lganman.
    Shu kungacha juda ko‘p mashhur xonandalar bilan hamkorlik qilganman. Ammo ularning hammasi ham nomimni aytib o‘tishni ep ko‘rmagan. Balki bu ijodkorlarning qizg‘onishi bilan bog‘liqdir. Eng alam qilgani — yozgan qo‘shig‘imni aytib, to‘ylarni “gullatib” yurgan paytida ham ko‘rishib qolsak, o‘zini ko‘rmaganga olib o‘tib ketadiganlar ham bo‘lgan, — deydi Malik.

    Xonanda va bastakor Malik o‘zi uchun yaratgan qo‘shig‘ini majburlikdan Imronga bergani, 100 AQSH dollari uchun talashib-tortishadigan xonandalar ko‘pligi haqida gapirib o‘tdi.

    — Imron ijro etgan “Seni hech kimga bermay sevaman” qo‘shig‘ini o‘zim uchun yozgandim. Chunki bu qo‘shiq o‘z muhabbatimga atalgan edi. Sheʼrini ham o‘zim yozganman. Ammo pul kerakligi uchun uni Imronga sotishga majbur bo‘lganman. Agar imkonim bo‘lganda, bu qo‘shiqni o‘zim ijro etgan bo‘lardim. Ammo rozi bo‘lib berganman, shuning uchun ham qo‘shiq juda omadli chiqdi. 
    Manzura, Mavluda Asalxo‘jayeva, Jasur Umirov, G‘aybulla Tursunov, Xadicha kabi ko‘plab sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilganman. Bastakor va shoirni qadrlaydiganlar juda ham ko‘p. Ammo yaratilgan bitta qo‘shiq ustida 100 AQSH dollari uchun talashib, klipida kamida 400-500 dollarlik kostyum-shim oladiganlar ham yo‘q emas. Agar qo‘shiq muvaffaqiyatli chiqmasa, eng zo‘r klip ham uni mashhur qilib berolmaydi. Shuning uchun, avvalo, shoir va bastakorni rozi qilish kerak, deb o‘ylayman.
    Shu kungacha qo‘shiq uchun eng katta gonorarni Yulduz Usmonovadan olganman. “Sevgi” qo‘shig‘ini sotib olishganda, xonandaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev qo‘limga pulni berib, “Rozimisan?” deb so‘ragandi. Bu men 10 yil ichida sotgan eng qimmat qo‘shig‘im bo‘ldi, — deydi xonanda Malik.

    Bir necha yil bastakor Shohjahon Ergashev sifatida ijod qilib, nega Malik taxallusini tanlaganiga izoh berdi.

    Foto: Instagram

    — Rostini aytsam, bu haqida gapirgim kelmaydi. Chunki bu ism yaxshi maʼno anglatmasligini bilganimdan keyin o‘zgartirishga qaror qilganman. Malik ismini tanlaganimni eshitib, Yulduz Usmonova ham xursand bo‘ldi. Bu hozirda shunchaki taxallusim emas, asl ismimdir, — deydi xonanda Malik.

    Xonanda poytaxtga kelganida moliyaviy qiyinchiliklarga uchragani, bir necha oy uysiz, studiyada yashashga majbur bo‘lgani haqida ham aytib o‘tdi.

    — Toshkentga kelganimda bu qishlog‘imiz emasligini va o‘zimizga tanish odamlar yo‘qligini anglaganman. Yaʼni Navoiyda biror mahalladoshga “Falonchi aka, sizning uyingizda yotib qolay”, desangiz, hech kim yo‘q demaydi. 
    Ijara bilan bog‘liq muammolarga juda ko‘p uchraganman. Hatto ijara pulini to‘lolmaganim uchun 7-8 oylab o‘zim ishlaydigan kichik studiyada yashashimga ham to‘g‘ri kelgan. Albatta, studiya uy emas, yashash uchun u yerda hech qanday sharoit yo‘q. Yigitlar bilan kelishib, kichikroq uyni ijaraga olganmiz. Pulni vaqtida berolmaganimiz uchun uy egasi ikki oydan keyin haydab yuborgan. Mashinam bor edi. Hatto undan uy, garderob sifatida foydalangan kunlarim ham ko‘p bo‘lgan. Eng qizig‘i, juda ko‘p xit qo‘shiqlar ana shunday qiyin sharoitda yaratilgan, — deydi xonanda Malik.

    Videoni to‘liq holda tomosha qiling.

    18.02.2023, 22:18   Izoh (0)   44091
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Og‘ir kasallikdan aziyat chekayotgan Gollivud yulduzi Bryus Uillisda yana bir xastalik aniqlandi

    18.02.2023, 21:21

    “Yosh o‘tishi bilan hammasi o‘zgaradi, lekin hayot davom etadi”. Monika Belluchchi tabiiy qarishni afzal ko‘rishini tan oldi

    18.02.2023, 15:52

    Bitta filmda rol o‘ynab, keyinchalik qadrdon do‘st bo‘lib qolgan Gollivud yulduzlari (foto)

    18.02.2023, 11:05

    Feruza Normatova ko‘z yoshlarini yashira olmadi, Dili.me “qovun tushirdi”: Janob Rasulning 30 ming dollarlik klipi taqdimotidan reportaj (video) 

    17.02.2023, 20:05

    80-yillar xitlaridan yangi qo‘shiqlargacha: Yulduz Usmonovaning yangi konsertidan reportaj (video)

    17.02.2023, 17:45

    “Yeyishga nonim qolmaganida ko‘rpa qavishni o‘rganganman”. Vazira Yunusova onasidan ayrilgani, turmush o‘rtog‘i qamalganidan keyin ko‘rgan qiyinchiliklari haqida (...

    17.02.2023, 16:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.