• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Xonanda Malik uchta institutdan yiqilgani, to‘ylarda pul tergani va Yulduz Usmonova bilan qanday tanishgani haqida (video)

    “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida yosh xonanda Malik bilan suhbat tashkil etildi. Yulduz Usmonova bilan kuylagan duetlari bilan mashhurlikka erishgan Malik futbolchi bo‘lish orzusi amalga oshmagani, bir necha bor institut imtihonlaridan “yiqilgani” va Yulduz Usmonova bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi.

    — Bolaligimdan nafaqat sanʼatga, balki futbolga ham qiziqishim yuqori bo‘lgan. Chapaqay bo‘lsam ham olg‘ir hujumchi edim. Maktab termasida yaxshi o‘ynaganim uchun tuman termasiga ham taklif etishgan. Ammo sanʼat va futbolni birdek olib ketolmasligimni o‘ylab, ikkisidan birini tanlashimga to‘g‘ri kelgan. Bir paytlar futbolchi bo‘lishni chin dildan orzu qilgandim. Sanʼatkor bo‘lish haqidagi qarorim dadamga yoqmagan. U kishi muhandis bo‘lgani uchun shu sohani egallashimni istardi.

    Birinchi yili Navoiy davlat konchilik institutiga hujjat topshirdim. Eng past ball to‘plab, kirish imtihonidan “yiqildim”. Undan keyin arxitektura va politexnika institutlariga hujjat topshirdim. Mana shunday keyin dadam sanʼat institutiga hujjat topshirishimga qarshi bo‘lmadi.

    Bir urinishdayoq sanʼat institutiga qabul qilindim. Angladimki, inson o‘zi istagan ishni qilsa unga hammasi oson bo‘ladi, — deydi xonanda Malik. 

    Xonanda talabalik paytida ham ishlashga majbur bo‘lgani, ustoz sanʼatkorlar bilan to‘y-hashamlarga borganda ularga havas qilgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Toshkentga kelganimda ko‘p qiyin kunlarni boshdan o‘tkazganman. U paytlari Toshkentda hovli va challar marosimlarini o‘tkazish rosa avj olgan paytlar edi. Muxtor aka Saida Rametova bilan to‘ylarga borardi. Men ham ularning jamoasi bilan to‘ylarga borib, pul teruvchilik vazifasini bajarardim. Undan keyin Sharof Muqimov bilan to‘ylarga bordim. Pul terib yoki sozandalarning asbob-uskunalarini tashib pul topgan kunlarimni hech qachon unutmayman. Mashhur sanʼatkorlarga havas qilib, shunday kunlarga erishishni orzu qilganman, — deydi xonanda Malik. 

    Bastakor Malik Jasur Umirovga “Atirgul” qo‘shig‘i yoqib qolgani va uni 500 AQSh dollarigi evaziga sotgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Arxitektura institutiga kirolmagan yilim sobiq Mirzo Ulug‘bek bog‘ida karoeke xonada ishlardim. Ertalabdan borib qo‘shiq kuylardim, mijozlar kelsa ularga musiqa qo‘yib berardim. Fahriddin degan yigit oldimga kelib yurardi. Taqdir taqozosi bilan u Jasur Umirovga maʼmur bo‘ldi. O‘sha paytda unga “Atirgul” degan qo‘shiqni eshittirgan ekanman. “O‘sha qo‘shiqni hech kimga bermadingizmi siz bilan bitta odam uchrashmoqchi”, dedi. Qo‘shiqlarim yozilgan diskni har doim kurtkamning ichki cho‘ntagida saqlardim. Ho‘p deb kelishilgan joyga bordim. Borsam yonimga Jasur Umirov keldi. Xonandaga qo‘shiq maʼqul bo‘lib, 500 AQSh dollari berdi. Bu men qo‘limga olgan ilk katta gonorar edi, — deydi xonanda Malik. 

    Malik O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan qanday tanishgani va unga yozib bergan ilk qo‘shig‘i haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @malik_singer1

     

    — Hamdam Sobirov bilan bir necha yillik qadrdonmiz. U bilan Moskvaga konsert bergani borganimizda Iskandar ismli aka bilan tanishib qolganmiz. Suhbat paytida bastakor ekanligim va ko‘plab xonandalar bilan hamkorlik qilishim haqida aytib qolganman. U Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan yaqin ekan. “Opaga ham yaxshi qo‘shiq yozing, tavsiya qilib kuramiz”, dedi. Yulduz Usmonovaga qo‘shiq yozaman degan o‘y hayolimdan ketmadi. Shoir Abdusaid Salomiy bilan birga “Sevgi” degan qo‘shiqni yozdik. Kechki soat birda uni Iskandar akaga yubordik. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay telefonim jiringladi va Otabek degan yigit bilan bog‘lanishimni aytdi. Yulduz Usmonova maʼmuri Otabek aka bilan gaplashganimda uyga kelishimni va opa men bilan suhbatlashmoqchi ekanligini aytdi. Otabek aka darvoza yonida kutib olib, juda omadli ekanligimni aytdi. Hayajonim ikki hissa oshib ichkariga kirsam, Yulduz Usmonova jamoasi bilan konsertga tayyorgarlik ko‘rayotgan ekan.

    “Sevgi” qo‘shig‘imni eshitib, “Yana qanday qo‘shiqlaring bor”, dedi. “Yor biyo”ni eshittirsam “Hech qayerdan o‘g‘irlamagansan-a?” dedi. “Sevgi”ni yakka holda, “Yor biyo”ni esa duet tarzida aytishni eshitganda, hayajonim ikki hissa oshdi. 
    Chunki qishloqda qo‘llarim qovarib, jo‘xori poyasi qo‘limni kesib yuborgan paytida primadonna bilan duet kuylash hayolimga ham kelmagandi, — deydi xonanda Malik.

    Suhbatni to‘liq holda “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    20.02.2023, 14:30   Izoh (0)   24071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yulduz Usmonovaning nazariga tushgan Malik uysiz yashagani, pulsizlikdan sevimli qo‘shig‘ini sotgani va uni mensimagan yulduzlar haqida

    18.02.2023, 22:18

    “Oila boquvchisi roli menga o‘tib qoldi”. Xonanda Gulzoda Xudoynazarova hayot yo‘llarida yolg‘iz bo‘lish taqdiriga yozilgani haqida (video)

    20.02.2023, 10:33

    Instagram: Halima Ibragimovaga qimmatbaho mashina sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova, to‘yxona ochgan Dili.me, AQSHda ko‘ngilsiz hodisaga uchragan Munisa Rizayeva

    19.02.2023, 22:55

    2 mln dollarlik kelin ko‘ylak: Gollivud yulduzlarining eng dabdabali to‘ylari (foto) 

    19.02.2023, 13:32

    Og‘ir kasallikdan aziyat chekayotgan Gollivud yulduzi Bryus Uillisda yana bir xastalik aniqlandi

    18.02.2023, 21:21

    “Yosh o‘tishi bilan hammasi o‘zgaradi, lekin hayot davom etadi”. Monika Belluchchi tabiiy qarishni afzal ko‘rishini tan oldi

    18.02.2023, 15:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.