Yaqinda Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo Kubogining finalida o‘zbekistonlik ikki futbolchi — Nurbek Sarsenboyev hamda Miraziz Abdukarimov noyabr oyida Qatarda bo‘ladigan Jahon chempionatining dastlabki o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev mazkur vaziyat bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zolarining finalda olgan qizil kartochkalari Jahon chempionatida ta’sir qilishi mumkin. FIFA intizomiy kodeksiga ko‘ra, chetlatilish ortidan olingan diskvalifikatsiya keyingi musobaqaga o‘tkaziladi. Bu holatda futbolchilar JCH U-17 ga qadar o‘z yosh toifasidagi boshqa musobaqada ishtirok etmasa, diskvalifikatsiya mundialdagi ishtirokiga ta’sir qilishi mumkin. O‘tkazib yuboriladigan o‘yinlar soni OFK Tartib-intizom qo’mitasi tomonidan belgilanishi kerak.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi chempionlik bilan birga o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Ushbu turnir 2025-yilning 3-noyabridan 27-noyabriga qadar Qatar maydonlarida o‘tkaziladi.
Izoh (0)