Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuv 26-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv teng o‘tdi. Mezbonlar tomonidan qator vaziyatlar yaratildi, mehmonlarda ham imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi.
O‘yin taqdirini esa birgina gol hal etdi. 44-daqiqada qo‘qonliklar vakili Shahzod Beshimov penaltidan gol urdi.
Ushbu g‘alaba bilan “Qo‘qon-1912” jamoasi 9 ochko to‘plagan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Xorazm” esa 7 ochko bilan 9-o‘ringa joylashdi.
Superliga
7-tur
26-aprel, shanba
“Qo‘qon-1912” — “Xorazm” 1:0
Gol: 1:0 — 44, Shahzod Beshimov.
“Qo‘qon-1912” – Azizxon Isoqov, Asliddin Toshtemirov, Alisher Salimov, Shota Gvazava, Baxtiyor Qosimov, Shahzod Beshimov (Javohir Husanov, 90+3), Shahzod Akramov, Muhammadanas Hasanov (Bahrom Abdurahimov, 84), Bekjon Jo‘raboyev (Jasur Xolto‘rayev, 90+3), Andro Giorgadze, Yegor Kondartyuk (Jasur Yoqubov, 80).
“Xorazm” – Sardor Qobuljonov, Dilshod Jo‘rayev, Xazrat Tursunqulov (Sanjar Shoahmedov, 79), Murod Bobojonov (Shahrom Samiyev, 67), Humoyunmirzo Iminov (Jasur Azimov, 79), Vladimir Bubanya, Ixtiyor Toshpo‘latov, Doston Tursunov, Sunnatulla Abdulajonov (Temur Ismailov, 67), Abror Xo‘sinov (Ilhom Alijonov, 39), Rustam Abduhamidov.
Ogohlantirishlar: Bekjon Jo‘raboyev (34), Rustamjon Abduhamidov (50), Ilhomjon Alijonov (63), Alisher Salimov (72), Dilshod Jo‘rayev (90+7).
Izoh (0)