• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda haj kvotasi so‘nggi yillarda 3 barobarga oshirilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekistonda haj kvotasi so‘nggi yillarda 3 barobarga oshirilgani ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati. 

    Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

    Ma’lum qilinishicha, 18-fevral kuni Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa tegishli mutassaddilar ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia qabul uchun minnatdorlik bildirib, mazkur tashrifdan maqsad O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada takomillashtirish, ayniqsa, haj va umra tadbirlarini tashkil etish sifatini oshirish, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilganini bildirdi. 

    Vazir Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi ulamolarning islom ma’rifatiga, jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini ta’kidlab, qadim madaniyat va bebaho asori-atiqalar yurti bo‘lgan O‘zbekistonga saudiyaliklarni ham ziyoratga targ‘ib etishda faol bo‘lishini aytib o‘tdi. 

    Muloqotda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi mamlakatda umra tadbirlarini namunali tashkil etish, ziyoratchilarga amallarni to‘liq, xavfsiz bajarishi uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning kafolatlangan xizmatlardan foydalanishini ta’minlash maqsadida umra tadbirini tashkil etish vakolati O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda 12 ta shirkatga berilganini aytdi. Haj va Umra ishlari bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.

    Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov yurtdoshlarimiz uchun haj kvotasi so‘nggi yillarda 3 barobarga oshirilib, har yili 15 ming nafar o‘zbekistonliklar hoji bo‘lgani, umra ziyoratchilari soni bir necha yuz mingni tashkil etayotgani, ularga bo‘lgan hurmat-e’tibor, shart-sharoitlar borgan sari yaxshilanib borayotganini e’tirof etdi. 

    Ikki davlat o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish, din ulamolari ishtirokida anjumanlar o‘tkazish, Saudiya Arabistoni fuqarolari O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Termiz kabi qadimiy shaharlariga ziyoratga kelishlarini tashkil etish kabi ishlarni rivojlantirish borasida taklif va mulohazalar aytib o‘tildi. 

    Tavfiq bin Favzon ar-Rabia O‘zbekiston tomonidan bildirilgan takliflarni atroflicha ko‘rib chiqib, ijobiy hal etishda bor imkoniyatni ishga solishini bildirdi.

    O‘zbekiston fuqarolari uchun haj kvotasi

    2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi. Bu yilgi haj mavsumi uchun kvota 12 mingdan 15 ming nafarga oshirilgani qayd etildi. Keyingi yillarda mamlakatdan haj safariga boruvchilar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan. Har bir ziyoratchiga to‘lov miqdori jamoatchilik kengashi qaroriga asosan 68 million 760 ming so‘m etib belgilagan edi.

    Mamlakatda oxirgi besh yilda haj ziyorati narxi 33,3 mln so‘mdan 74 mln so‘mga oshirilgan. Bu yilgi mavsum uchun narxlar hozircha aniq emas, lekin ziyoratchilardan 50 mln so‘mdan badal puli yig‘ish boshlangan.

    Besh yil avvalgi narxlar va kvotalar

    Oxirgi besh yil davomida Markaziy Osiyo davlatlarida haj ziyorati narxlari o‘zgarishi turlicha kechgan. 2020 va 2021-yillarda pandemiya bo‘lgan va xorijliklarga Saudiya Arabistoniga kirish taqiqlangan. 2022-yildan boshlab haj va umra ziyoratlari yana odatiy davom etib kelmoqda.

    2019-yilda O‘zbekistonda bir kishining hajga borib kelishi 33,3 mln so‘mdan (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 3879 dollar) tushgan, respublika uchun ajratilgan kvotalar soni 7200 ta edi. Qolgan qo‘shni davlatlarda narxlar quyidagicha bo‘lgan:

    • Tojikistonda 3 750 dollar (5 000 ta kvota);
    • Qozog‘istonda 4 000 dollar (3 200 ta kvota);
    • Qirg‘izistonda 3 000 dollar (5 510 ta kvota).

    Turkmaniston esa haj ziyorati uchun narxlar qancha ekani eʼlon qilmagan. Biroq ziyoratchilar soni haqida maʼlumotlar bor. Mamlakatdan 2019-yilda bor-yo‘g‘i 160 kishi haj amalini ado etgan.

    Narxlar keskin tebrangan yil

    O‘zbekistonda 2022-yilga kelib haj ziyorati narxi keskin (deyarli ikki baravar) oshgan va bir kishilik to‘lov 62 million 900 ming so‘m (o‘sha davr kursida 5 744 dollar) etib belgilangan (jami kvotalar soni esa 10 865 tani tashkil etgan). Bu o‘sha paytda Markaziy Osiyo davlatlari orqasidagi eng qimmat narx edi.

    Musulmonlar idorasi narx qimmatlashishiga Saudiya hukumati haj safariga doir qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy etgani, transport hamda boshqa qator xizmatlar qiymati keskin oshganini sabab qilib ko‘rsatgan.

    “O‘zbekiston tomoni Saudiya bilan olib borilgan uzoq muzokaralar natijasida ziyoratchilar uchun iqtisodiy paket narxiga lyuks darajasidagi xizmat ko‘rsatishga erishdi va to‘lov uchun o‘rta narxni belgiladi. Ayrim davlatlarda eng qimmat paketlar narxi 25 ming dollargacha etib belgilangan.

    O‘zbekistonlik ziyoratchilar joriy mavsumda birinchi marta Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” va “Kraun Plaza” mehmonxonalarida istiqomat qiladi. Makka shahrida esa “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasida yashaydi”, deya maʼlum qilgan idora.

    Shu bilan birga, tashkilot safar davomiyligi ayrim qo‘shni davlatlar ziyoratchilari singari 14–20 kun emas, 26 kun bo‘lishini qayd etgan. “Bu ham tabiiy ravishda narxlarga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi”, deya bayonot bergan masʼullar.

    Diniy ulamo Hasanxon Yahyo Abdulmajid ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida haj amalini 5–6 kun ichida yakunlash mumkinligini aytgan.

    “Baʼzi hojilarimiz hajga ertaroq borib, ertaroq qaytadi. Boshqalari kechroq borib, kechroq qaytadi. Bu jarayon tashkilotchilik masalasi bilan bog‘liq.

    Yaʼni O‘zbekistondan 10 000 odamni olib borib, ularni kutib olish, haj qildirib yana qaytib yurtga jo‘natish kabi xizmatlarga ko‘p vaqt ketadi. Shuning uchun guruhlar navbati bilan yuboriladi. Bordi-keldi taraddudlari tufayli hajda qolish ko‘proq bo‘ladi”, deydi mutaxassis.

    18 fevral, 21:35   Izoh (0)   20123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #haj#umra

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “Tottenhem”ning Savinyo bo‘yicha taklifiga rad javobini berdi

    Sport | 15 avgust, 11:01

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    “Isroil xalqaro jurnalistlarga G‘azoga kirishga ruxsat berishi lozim” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 10:55

    Meksika ko‘chalarida 4 ming dollarlik robot it sayr qilmoqda (video)

    Dunyo | 15 avgust, 10:43

    Buyuk Britaniyada chivin orqali yuqadigan kasallik holatlari ikki barobar ko‘paydi

    Dunyo | 15 avgust, 10:29

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.