28 yoshli Noppadjit Min Sombunsata Tailandda kutilmaganda ijtimoiy tarmoqlar yulduzi va modellik biznesining yangi yuziga aylandi. Hammasi rossiyalik ko‘cha fotografi Semyon Rezchikov qizni ko‘cha supurayotganida videoga olib TikTokʼga joylaganidan boshlandi.

Min oddiy kiyimda ko‘chani supurib yurgan, lekin shu bilan birga ajoyib xarizmatik ko‘rinish bergan kadrlar internetda tez tarqaldi. Uning tabiiy go‘zalligi va jozibadorligi modellik agentliklarining eʼtiborini tortdi.
Ko‘cha supuruvchidan modellikgacha
Uning yangi faoliyatidagi birinchi qadam kult maqomiga ega bo‘lgan tailandlik “Iblisning sanʼati” qo‘rqinchli filmi obrazida suratga tushish bo‘ldi. Vizajistlar uning yuzini qo‘rqinchli, lekin maftunkor qilib bo‘yashdi va bu yana bir bor ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Hozir Min brendlar bilan hamkorlik qiladi va hatto tailandlik Nong Chatʼs Browit kosmetika kompaniyasining yuziga aylandi. Uning hikoyasi dunyo bo‘ylab minglab odamlarni ruhlantiradi va hayotni o‘zgartirish imkoniyati har qanday joydan kelishi mumkinligini isbotlaydi — hatto TikTokʼdagi tasodifiy videodan ham.
“Hech qachon hayotim bu qadar o‘zgarishini o‘ylamagandim. Men faqat o‘z ishimni qilayotgan edim, endi esa menda yangi narsani sinab ko‘rish imkoniyati bor”, dedi Min intervyusida.
Uning misoli ijtimoiy tarmoqlar va isteʼdodli fotograflar dunyoga yangi yulduzlarni qanday ochishi mumkinligini ko‘rsatadi.
“Kim biladi, balki keyingi mashhur shaxs hozirda ko‘chani supurib yuribdi yoki burchakdagi kafeda ishlayotgandir?”, deyiladi xabarda.

Izoh (0)