• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiyaning eng serdaromad tiktokeri Rahim Abramov: Oyiga qancha daromad ko‘radi, pullarini nimaga sarflaydi? (video)

    Forbes rus tilida so‘zlashuvchi tiktokchilar daromadlarining birinchi reytingini tuzgani, birinchi o‘rinni 9,5 million nafar obunachiga ega o‘zbekistonlik 22 yoshli Rahim Abramov egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yilda uning TikTok’dan olgan daromadi 10,47 million rublni (136 ming dollar atrofida) tashkil qilgan. Abramov Forbes Digest’ga bergan intervyusida qayerda yashashi, daromadi asosan nimadan ekanligi haqida so‘zlab berdi.

    Foto: People Talk

    Foto: People Talk

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Abramovning yoshligi Sibir o‘lkasi Mogocha qishlog‘ida o‘tgan. O‘zi yashagan hududda boks va futbol bilan shug‘ullangan, keyin sport maktabida o‘qish uchun Chitaga ko‘chib kelgan. 16 yoshida 9-sinfni bitirgach, uni texnikumga qabul qilishmagani uchun kompyuterlarni dasturlash orqali topgan bir necha ming rubli bilan Moskvaga ko‘chib kelgan.

    Rahim Abramovning Fendi qo‘shig‘iga Rossiyadagi TikTok foydalanuvchilari tomonidan 3 milliondan ortiq klip suratga olingan va bu Rossiya segmenti uchun rekord hisoblanadi. Hozirda Moskva City’dagi pentxauslardan birida do‘stlari bilan yashab kelmoqda.

    “Olti yil oldin Moskvaga ko‘chib kelganman. Dastlab yotoqxonada, keyin kvartirada yashab yurdim. Orzum City’da yashash, ertalab uyg‘onganingda atrofni kuzatish qanchalik maroqli bo‘lishini his qilish edi. Bu meni ilhomlantiradi deb o‘ylardim. Ammo bu ham oddiy kvartirada yashashdek ekan, atrofdagi manzaralar ham jonga tegishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi”, — deydi bloger.

    Skrinshot: YouTube

    Skrinshot: YouTube

    Rahim boy oiladan chiqmagani, ota-onasi oddiy odamlar ekanini aytadi. Yoshligida Xitoyda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklarni chegara yaqinidagi bozordan arzon narxlarda olib, so‘ng markaziy bozorga olib borib sotishda ota-onasiga yordamlashgan. Bozorda savdo qilgan: “O‘sha paytlarda yaxshi pul to‘plaganman. Bir safar 12 yoshimda 11 ming rubl to‘plaganimda onam menga bersang, 3 oydan keyin 20 ming qilib qaytaraman, deb olib qo‘ygandi. Keyinroq pullarimni so‘raganimda maktab formangga, o‘quv qurollaringga ishlatdim deb qaytarib bermagandi. Hozir katta bo‘lgach, uni tushuna boshladim. O‘rnida bo‘lganimda men ham bermagan bo‘lardim (kuladi). Bolaligim yaxshi o‘tgan, do‘stlarim orasida ichadigan, chekadiganlari ko‘p edi. Menga ham taklif qilishardi. Lekin men rad qilardim. Musulmon bo‘lganim uchun ko‘p majburlashmasdi, buni to‘g‘ri qabul qilishardi”.

    Bloger hozirda alohida loyihalar bilan hamkorlik qilib, daromad oladi. O‘ziga yoqmagan mavzudagi reklamalarni, masalan, saylovga targ‘ibot ishlarini qilmaydi. Soxtalik bilinib turgani uchun bu narsalar obunachilarini undan sovitib yuborishi mumkin deb hisoblaydi. Faqat o‘ziga yoqadigan videolarni e’lon qiladi.

    Intervyu vaqtida u onasi hozir vatanida yashayotganini aytgan. Jurnalistning “O‘zbekistondami?”, degan savoliga “Yo‘q, men u yerda tug‘ilganman, xolos”, deb javob bergan. Umuman, bolalik vaqtlarini eslarkan O‘zbekiston haqida hech nima demagan.

    Hozirda TikTok yulduzi yashab kelayotgan Moskva City’dagi kvartiraning ijarasi oyiga 400 ming rublni (5200 dollar) tashkil etadi. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u hech qayerda ishlamasdan faqat dam olib yashashni xohlab qolsa, bugungi kunga qadar jamg‘argan mablag‘lari ushbu kvartirada yana 2 yillar atrofida yashashga yetadi. Ammo u hozirga qadar million dollar ishlab topmaganini ta’kidlagan.

    Skrinshot: YouTube

    Skrinshot: YouTube

    “Bu yo‘nalishdagi faoliyatimni dastlab vaynlar (qiziqarli qisqa roliklar) suratga olishdan boshlaganman. Operator yollashning iloji bo‘lmagani sabab kamerani shtativga qotirib, suratga tushardik. Keyin shtativni boshqa joyga o‘rnatib, rakursni o‘zgartirardim. Bir oyda yarim millionga yaqin obunachi yig‘ib qo‘ydim. Ishimni rivojlantirish uchun ota-onamdan 10 ming rubl qarz olgandim. Va bu bekorga ketmagan, ularni maqsadli sarfladim”, — deydi Rahim.

    Bloger bundan yil oldin — o‘zi mustaqil videoroliklar tayyorlashni boshlaganidan so‘ng, katta pul topa boshlagan.

    “Birinchi oyda 100 ming rubl ishlab topdim. Sekin-asta 200 ming rubl to‘plab, do‘stim bilan kamera sotib olgani bordik. Ilk millionimni 19 yoshimda topganman. O‘shanda adashmasam, Qozog‘istonga borib, eng qimmat mehmonxonada yashab, bir haftada 300 ming rubl sarflab kelgandik. Qo‘limda hech qachon pul turmagan, ularni doim ijod yo‘lida sarflab yuboraman. Hozir odamlar klip olish uchun ishlatayotgan pulini vayn yoki bir daqiqali rolik uchun ham sarflab yuboraveraman.

    Oldinlari oyiga 4-5 million rubl ishlab topgan bo‘lsa, keyin barchasi o‘zgardi. Barcha pullarimni musiqaga yo‘naltirdim. Turli anjomlar, studiya ijaraga oldim, jamoamga sarfladim”, — deydi u.

    Rahimning aytishicha, vaynlardan keladigan daromad bu reklama ingretsiyalari.

    Skrinshot: YouTube

    Skrinshot: YouTube

    “Hamma kapperlarni reklama qilishga tushib ketganida men ularni reklama qilmadim (Kapper — sport o‘yinlari natijalarini oldindan bashorat qilib, pul tikiladigan o‘yin). Bunga vijdonim yo‘l qo‘ymasdi. Chunki bularning barchasi yolg‘on ekanligini tushunardim. Ammo pul kerak bo‘lgani sabab boshqa bukmekerlik kontoralari bilan hamkorlik qilganman”, — deydi bloger.

    Reklamalar orqasidan ishlab topgan puliga xarid qilgan ko‘zga ko‘rinarli narsalari orasida Mercedes-Benz E-Class’iga kiruvchi model ham bo‘lib, uning narxi 5 million rubl atrofida (65 ming dollar).

    Rahim uzoq vaqtda TikTok’ning Rossiyadagi eng mashhur ayol foydalanuvchisi 21 yoshli Dina Sayeva bilan uchrashib yurgan. Uning 16,4 million nafar obunachilari bo‘lib, u 2019-yil davomida 4,93 million rubl daromad ko‘rgan.

    Skrinshot: YouTube

    Skrinshot: YouTube

    Rahim kelajakda katta loyihalar, yirik shartnomalarni amalga oshirish uchun hozirda turli klublar, konsertlarga bormaydi, katta miqdordagi reklamalarni olmaydi. TikTok’da buvisi bilan tushgan roligi 500 million marotaba tomosha qilingan. Rahim TikTok’da o‘zining qo‘shiqlari strimingidan, ya’ni uning musiqasi ostida joylangan har bir videodan daromad ko‘radi. Hozirda yashashi, studiyasi, jamoasidagilar maosh to‘lash orqali oyiga 2 million rubl sarflamoqda.

    Mavzuga doir:

    • Forbes birinchi marta eng ko‘p pul topadigan Tik Tok yulduzlari reytingini e’lon qildi
    • Forbes eng ko‘p pul ishlab topgan aktrisalar ro‘yxatini e’lon qildi. Sofiya Vergara reytingda birinchi deb topilgan

    17.10.2020, 12:06   Izoh (0)   78821
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Taksi” komediyasidagi Petra hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    17.10.2020, 10:32

    Turkiya o‘rmonida adashib qolgan aktrisalar, Zokir Ochildiyev o‘g‘lining to‘yidagi yulduzlar yog‘dusi. Instagram yangiliklari

    16.10.2020, 22:58

    Los-Anjelesda Billboard Music Award 2020 g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi (foto, video)

    16.10.2020, 17:42

    Instagram: 57 yoshni qarshilagan Mavluda Asalxo‘jayeva, “O‘g‘irlanmagan kelin”ning o‘zbekcha talqini, Umarjon Mahkamboyev xonadonidagi to‘y

    15.10.2020, 22:57

    “Elchining qizi” seriali yulduzi Engin Akyurekning tug‘ilgan kuniga muxlislari tomonidan noodatiy syurpriz tayyorlandi (foto)

    15.10.2020, 16:45

    Post uchun millionlar: Instagram’dagi reklamadan eng ko‘p pul ishlab topadigan bolalar (foto)

    15.10.2020, 15:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.