Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Buxoro viloyati IIBning qator mulozimlari ishdan olindi.
-h5XCwEZc.avif)
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, quyidagilar egallab turgan lavozimidan ozod etildi:
- Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i,
- Buxoro viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob ma’lumotlar markazi boshlig‘i,
- Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i,
- G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i
- yana bir o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i,
- Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i.


Shuningdek, viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining ikki nafar o‘rinbosari, viloyat IIB kotibiyat boshlig‘i, G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va uning o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qo‘llandi.
Xabarda aytilishicha, respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida o‘rganishlar o‘tkazgan. Kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra, yuqoridagi xodimlar xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.
Izoh (0)