Asadulla Qayumov O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq ushbu lavozimga o‘tishi munosabati bilan u Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Asadulla Qayumov ilk faoliyatini 2007-yil qo‘mitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017-yilga qadar bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari hamda boshqarma boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilgan. 2022—2025-yillarda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi.
Qo‘mita matbuot xizmatining bildirishicha, Asadulla Qayumov “Raqobat to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar hamda prezidentning, Vazirlar Mahkamasining bir qancha farmon va qarorlari qabul qilinishi va takomillashtirilishiga o‘z hissasini qo‘shgan.
Asadulla Qayumov 2019-yildan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Badriddinov Ziyoviddin o‘rnini egalladi.
Izoh (0)