Badriddinov Ziyoviddin prezidentning tegishli qarori bilan Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori etib tasdiqlandi.

Tayinlovga qadar u 2019-yildan buyon O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi prezidentning 2025-yil 23-martdagi “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tashkil etilgandi.
Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Badriddinov Ziyoviddin o‘rniga O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruv raisi etib Asadulla Qayumov tayinlandi.
Izoh (0)