• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bir kunda kelgan mashhurlik, mudhish avtohalokat va ikki oylik koma: Xonanda Zohid Risqiyevning hayot va ijod yo‘li haqida

    “Ummon” guruhi asoschisi va yakkaxoni Zohid Risqiyev 20-mart kuni 35 yoshni qarshi oldi. O‘z vaqtida xit qo‘shiqlari bilan minglab muxlislarni stadionlarga yig‘a olgan guruh afsuski, bugungi kunda faoliyat yuritmaydi. Guruh xonandalaridan biri Jasur Rafiqov xastalik tufayli vafot etdi, Zohid esa avtohalokat tufayli ma’lum muddat ijodiy tanaffus qildi. Shohrux esa ayni paytda o‘z biznesiga ega. 

    Foto: Instagram /@zohidmusicfl

    Zohid Risqiyev butunlay san’atdan yiroq xonadonda tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, bolalikdan musiqa yozishga, qo‘shiq aytishga qiziqqan. Ko‘pchilik uni 2007-yilda ijodni boshlagan deb biladi. Ammo u 13-14 yoshidan boshlab qo‘shiqlarining xomaki variantini yaratib, magnitofonda qo‘shiqlar yozib yurgan. Oilada yolg‘iz o‘g‘il farzand bo‘lgan Zohidning kun kelib, san’atkor bo‘lishini hech kim kutmagandi. 

    Foto: Instagram /@zohidmusicfl

     

    Zohid Risqiyev ham osonlikcha san’atkor bo‘lgani yo‘q. Shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklar qaysidir ma’noda ijodkor bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ne ajab. Ma’lumotlarga ko‘ra, onasi unga homiladorlik paytida kelishmovchilik sabab otasi ularni tashlab ketgan. Keyinchalik ona o‘g‘li bilan oila qurgan va qizlik bo‘lgan.

    “Ummon” guruhi vakillarining bari bolalikdan qadrdon bo‘lishgan. Hatto, ular bog‘chaga ham birga borib, maktabda ham yaqin do‘stlar bo‘lishgan. Zohid Risqiyev guruhning tuzilishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab bergandi:

    Foto: Instagram /@zohidmusicfl

     

    — O‘sha yillari maktab tadbirlarida qo‘shiq kuylash urfda edi. Jasur va Shohrux ham qo‘shiqlar aytib, tadbirlarda faol bo‘lib yurishardi. Uyimda kompyuter va ovoz yozadigan apparatlar bor edi. Jasurga qo‘shiq yozdim, undan keyin Shohrux iltimos qildi. Keyin hammamiz birga qo‘shiq aytsak-chi, deganman. Ammo hech qachon guruh tizish fikri bo‘lmagan, degandi intervyuda.

    Do‘stlar maktabni tamomlab, poytaxtdagi turli kasb-hunar kollejlariga kirishadi. Ular orasida faqatgina Jasur Rafiqov Toshkent madaniyat kollejiga o‘qishga kiradi. Ijodga mehri baland Zohid esa onasining talabi bilan politexnika kollejiga hujjat topshiradi. Ammo o‘qishni yakunlab, diplom olish nasib etmagan. Ko‘p qoldirilgan darslar sabab, Zohid Rizqiyev talabalar safidan chiqarilgan.

    Foto: Instagram / @_zohid_ummon

    Bo‘lajak xonanda darslarda faol bo‘lmasa-da, texnikani yaxshi tushunardi. Unga kompyuter tuzatish, dastur yozish qiyinchilik tug‘dirmasdi. Shu bois ham ko‘pchilik uni kompyuter ustasi deb bilardi. Bundan tashqari, Zohid Risqiyev she’r yozish va musiqa bastalashni tinimsiz mashq qilardi.

    “Ummon” yigitlarining hech birida san’atkor bo‘laman degan qat’iy qaror bo‘lmagan. Jasur Rafiqovning onasi “Daryo”ga bergan intervyusida guruh tashkil etilgan kunlar haqida gapirib bergandi. 

    Foto: Instagram /@zohidmusicfl

    — Qo‘shiqlarning barini Zohidning uyida yaratishardi. Bular shunchaki havaskor bo‘lib qo‘shiq aytib yurishardi. Bir kuni oldimga keldi-da: “Ona duo qiling, biz to‘yga ketyapmiz”, dedi. “Sizlarni to‘yda kim ham eshitardi”, deb rosa kuldim. U paytlari Jasur ko‘proq qo‘shiqning rep joylarini ijro etardi. Bu yo‘nalish bizga yangilik bo‘lgani uchunmi ularning qo‘shiq aytishini hech jiddiy qabul qilmasdim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay “Bekobodda konsert beramiz”, deb qolishdi. Yana hayron bo‘ldim. Keyin bilsam qo‘shiqlari telefon orqali tarqalib, yoshlar orasida tanilishgan ekan, deydi onasi Noila Rafiqova.

    Yigitlar avvaliga guruhni “Jazo” deb nomlashgan. Ammo bu nom ko‘pchilikka manzur bo‘lmagan, yaqin tanishlari ham e’tiroz bildirishgan “Ummon” nomini tanlashgan. “Sokin tun” qo‘shig‘i yaratilganidan keyin roppa-rosa bir yil o‘tib, yigitlarga kutilmagan mashhurlik olib kelgan. Ammo qizig‘i, ular qo‘shiqni ommalashtirish uchun hech qanday xarajat qilishmagan. Qo‘shiq avvaliga shunchaki “qaroqchi” disklarda, undan keyin telefonlarda tarqalgan. Guruh odamlar orasidagi ommalashgach, muxlislar talabiga ko‘ra qo‘shiqlari radioda yangragan.

    — Zohid qo‘shiq yozardi, Jasur gapga usta bo‘lgani uchun tashkiliy ishlarga, intervyularga javob berardi. Men esa klip suratga olinishi kerak bo‘lsa moliyaviy tomonlarni hal qilardi. Pul tikmasdim, shunchaki daromad kelguniga qadar mablag‘ topardim. To‘y yoki konsertlardan mablag‘ topganimizdan keyin xarajatlarni qoplardik, deydi Shohrux Isamuhammedov.

    Foto: Instagram / @_zohid_ummon

    “Ummon” guruhi kutilmagan omadga erishgan deyish mumkin. Chunki ijodini 2007-yilda boshlagan yigitlar 2010-yildan yakkaxon konsert dasturini berishni boshlashdi. Ikki-uch yil “Turkiston” san’at saroyida berilgan konsert, 2015-yildan boshlab “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida taqdim etildi. Albatta, bunga talabning yuqoriligi sabab bo‘lgan. 

    Yigitlarning boshqa guruhlardan farqli jihati shundaki ular o‘ziga xos harakatlarni bajarib, qo‘shiq kuylashardi. Buning uchun esa raqs mashg‘ulotlariga borib, professional raqqosdan saboq olishardi.
    Zohid Risqiyevning tashqi ko‘rinishi va qo‘shiq kuylash uslubi qiziqchilar tomonidan ko‘p marta tanqid ostiga olingan. Ammo Shohrux Isamuhammedovning aytishicha, Zohid bunga umuman e’tibor bermasdi.

    Foto: Instagram / @_zohid_ummon


    — “Million” konsertiga taklif etganida bir yil borgan, keyin umuman bormagan. Unga bunday narsalar yoqmaydi. Ba’zan hazillarni oshirib yuborishsa, jahlim chiqib ketardi. Ammo Zohid bunga e’tibor bermay, tinchgina ijodini qilaverardi. Tinimsiz qo‘shiq yozib, uni bizga eshittirardi, deydi Shohrux Isamuhammedov.

    Zohid Risqiyev faqatgina “Ummon” uchun emas, balki boshqa xonandalar uchun ham qo‘shiq yozgan. Xususan, Lola uning yaratgan bir nechta qo‘shiqlarni kuylagan.

    Foto: Instagram

    “Ummon” nafaqat san’at saroylarida balki stadionlarda konsert berish borasida ham peshqadam edi. Ular O‘zbekiston viloyatlaridan tortib qo‘shni respublika stadionlarini ham o‘z muxlislari bilan to‘ldirolgan. Ularning konserti raqqosa va qiziqchilarsiz ham anshlag bo‘lardi. Ammo kutilmaganda Zohid Risqiyev guruhdan ajralib chiqishga qaror qildi. Bu Jasur va Shohrux uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. 

    — Ularning orasini buzishdi. Albatta, sovuqchilik tushishiga birinchi galda pul sabab bo‘ldi. Keyin u aytmagan gapni bunisiga aytdi, deyishganidan keyin uch do‘stning munosabatlariga putur yetdi, deydi Jasur Rafiqovning onasi Noila Rafiqova “Daryo”ga bergan intervyusida.

    Shohrux Isamuhammedov intervyulardan birida guruh bo‘linishi qanday yuz bergani haqida to‘xtalgan:

    Foto: Instagram /@zohidmusicfl

    — Munosabatlarimiz hech qachon yomonlashmagan. Faqatgina Zohid “Hammamiz yakka yoki men alohida, sizlar guruh bo‘lib ijod qilib ko‘raylik. Bu ham san’atda bir yurish bo‘ladi”, degan deydi u.

    2018-yilning yozidagi guruh parchalandi. Zohid Rizqiyev yakka ijod qilishga qaror qildi. Shohrux va Jasur esa “Ummon” guruhini saqlab qolmoqchi bo‘ldi. Ammo ikki yil o‘tar-o‘tmas Jasur Rafiqov san’atni tark etgani va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi. 

    Foto: Instagram / @artikova_komola

    Qizlarning yoqimtoyi bo‘lgan Zohid Risqiyev turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova bilan to‘yda tanishib qolgan. Ular 2020-yilda oila qurishdi. Afsuski, 2022-yilning 29-sentyabr kuni Zohid Risqiyev shaxsiy avtomobilida dahshatli falokatga uchradi. Ikki oydan ortiq vaqt mobaynida komada yotgan ijodkor haligacha erkin yura olmaydi, qo‘llarini bemalol harakatlantira olmaydi. Xonandaning rafiqasi Kamola Instagram sahifasiga uning fizioterapiya muolajalarini olayotgani aks etgan videolarni tez-tez joylab turadi. 



    Zohid va Kamola bugungi kunda bir o‘g‘il va bir qiz farzandning ota-onasi. 

    Foto: Instagram
    20 mart, 19:50   Izoh (0)   59784
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ummon#Zohid Risqiyev#Jasur Rafiqov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hayot bizni sinovga tashladi”. Sobiq “Ummon” guruhining xonandasi Jasur Rafiqovning saratonga chalingani aytilmoqda

    06.10.2022, 14:55

    “To‘shakka mixlanib qolganiga bir yilcha bo‘lgandi”. Jasur Rafiqovning o‘limiga qanday kasallik sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berildi (video)

    14.11.2022, 21:25

    Instagram: Yulduz Turdiyevaning turmush o‘rtog‘iga sovg‘asi, unashtirilgan Intizor Tojiboyeva, ehson tarqatgan Bahora Arslonova

    27.11.2022, 22:41

    Instagram: Jasur Umirovning kuyovnavkar marosimi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Afruza, “Ippodrom”dagi sotuvchilarni boplagan Xosiyat Husanova

    02.12.2022, 22:54

    2022-yilda hayotdan ko‘z yumgan o‘zbek san’ati vakillari (foto)

    31.12.2022, 18:58

    Kollejdan haydalgan, bolalikdagi do‘stlari bilan mashhurlikka erishgan, ikki oy komada yotgan Zohid Risqiyev 33 yoshda (foto, video)

    23.03.2023, 13:39

    Instagram: Toshkent ko‘chalarida “er izlayotgan” Maryam Tillayeva, rafiqasining tug‘ilgan kunini nishonlagan Ilhom Farmonov, operatsiya qilingan Zohid Risqiyev

    25.08.2023, 22:15

    Instagram: To‘yda qo‘shiq aytayotib uxlab qolgan Nargiza Azimova, farzandli bo‘lgan Ganya Usmonova, Liil Xurramovning yangi uyiga sayohat

    29.08.2023, 22:25

    Alsgeymer, saraton va avtohalokat. Salomatligidagi muammolar sabab ijodida tanaffus kuzatilgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    04.09.2023, 12:48

    Instagram: Yangi uyidagi hashamatli garderobini ko‘rsatgan Munisa Rizayeva, yangi mashinali bo‘lgan Durdona Qurbonova, Dildora Niyozovaga atalgan syurpriz 

    15.09.2023, 22:10

    O‘zbek shou-biznesi vakillarining mashhurlikda o‘zlaridan qolishmaydigan rafiqalari (foto) 

    11.10.2023, 14:47

    Instagram: Madonnaning konsertiga tushgan Lola, nevarali bo‘lgan Ra’no Zokirova, yangi mashina xarid qilgan “Ummon”chi Shohrux

    18.10.2023, 22:15

    Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Jahongir Otajonov, yurishga harakat qilayotgan Zohid Risqiyev, yangi uyga ko‘chgan Afsona

    24.12.2023, 22:53

    Instagram: 68 ming dollarga mashina olgan Maryam Tillayeva, ikkinchi bor ota bo‘ladigan Zohid Risqiyev, Kumush Razzoqova hozir qayerda?

    22.03.2024, 05:55

    Instagram: Munisa Rizayeva singlisini uzatdi, Ozodbek Nazarbekov nevarali bo‘ldi, Shahnoz san’atga qaytmoqda 

    13.04.2024, 22:10

    Instagram: Abdulla Qurbonov oilasida to‘y, Zohid Risqiyev qizini tug‘uruqxonadan olib chiqdi, Saida Saidbekova operatsiyani boshdan kechirdi 

    22.08.2024, 10:45

    “Ustim tirik, ichim o‘likday edi”. Kamola Ortiqova Zohid Risqiyevning avariyadan avval ikkinchi marta uylanmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi 

    10.10.2024, 11:50

    Turon qayer, Turkiston-chi? Markaziy Osiyomi yo O‘rta Osiyo: geografik atamalar ma’nosini bilasizmi?

    13 yanvar, 19:45

    “Hozir yuragim bo‘m-bo‘sh”. Yulduz Rajabova Emre Kiviljim bilan munosabatlari va Gollivud filmidagi roli haqida so‘zlab berdi 

    21 yanvar, 14:48

    AQSH Hindistondan Rossiya neft tankerlarini bir oy ichida bo‘shatishni talab qildi 

    25 yanvar, 18:53

    Saudiya Arabistoni Trampning iltimosiga qaramay neft narxini keskin oshirdi 

    7 fevral, 08:42

    Sharq malikalari: to‘yida eng go‘zal obrazda namoyon bo‘lgan mashhur arab kelinlari (foto)

    12 fevral, 15:58

    AFP: Trampning G‘azodagi rejasi bo‘yicha arab sammiti 21-fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi 

    17 fevral, 20:40

    Aprel oyida O‘zbekiston—Ummon hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi

    24 fevral, 18:01

    “O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida iqtisodiy diplomatiya rivojlanib, ishbilarmonlik aloqalari faollashmoqda” – siyosiy fanlar doktori Sayfiddin Jo‘rayev

    24 fevral, 21:08

    Farg‘onada o‘pirilib tushgan yo‘l, Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan 19 yoshli qiz, importi keskin kamaygan yengil avtomobillar: 24-fevralning eng muhim xabarlari...

    24 fevral, 23:10

    Ramazon oyi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakat rahbarlari, hukumatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda

    1 mart, 20:25

    Qaysi shaharlarda ro‘za eng uzoq va eng qisqa davom etadi?

    4 mart, 13:15

    Instagram: Asal Shodiyeva qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Yulduz Usmonova yangi biznes boshladi, umra safaridagi mashhurlar

    12 mart, 10:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.