• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Turon qayer, Turkiston-chi? Markaziy Osiyomi yo O‘rta Osiyo: geografik atamalar ma’nosini bilasizmi?

    Kitoblar, ommaviy axborot vositalari, turli ma’lumot manbalarida uchraydigan joy nomlari ba’zan bizni chalg‘itadi, ikkilantirib qo‘yadi. Masalan, Markaziy Osiyomi yoki O‘rta Osiyo? Qay birini ishlatish kerak? Ularning farqi nimada? “Daryo” kolumnisti Orif Tolib ushbu maqolasida shu kabi joy nomlariga e’tibor qaratadi.

    Old Osiyo qayer, Kichik Osiyo-chi?

    Turli kitoblar va o‘quv qo‘llanmalarida bu ikki atamaga ko‘zingiz tushgandir. Old Osiyo deganda Osiyo qit’asining g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismi, ya’ni G‘arbiy Osiyo tushuniladi. Bu mintaqaga tabiiy jihatdan Kichik Osiyo, Arabiston, Sinay yarimorollari hamda ularga yondosh orol va hududlar kiritiladi.

    Old Osiyo atamasi o‘zbekchaga ruschadan o‘girilgan. Rus tiliga esa nemischa Vorderasien atamasining tarjimasi sifatida o‘zlashgan. Zamonaviy adabiyotlarda ko‘proq G‘arbiy Osiyo atamasi ishlatiladi.

    G‘arbiy Osiyoda BMTga a’zo 20 mamlakat to‘liq yoki qisman joylashgan, ularning 13 tasi arab davlati. Mintaqaning aholi soni bo‘yicha yirik davlatlari: Eron, Turkiya, Iroq, Saudiya Arabistoni va Yaman.

    Kichik Osiyo esa zamonaviy Turkiyaning asosiy qismini tashkil etadigan mintaqadir. Shu nomdagi yarimorol Qora, Marmar, Egey va O‘rta dengizlar hamda ularni birlashtirib turgan bo‘g‘ozlar bilan chegaralangan. Kichik Osiyoning boshqa bir nomi – Onado‘li. Turklar Anadolu deb ataydilar.

    Kichik Osiyo yoki Onado‘li bugun Turkiyaning Osiyo qismini anglatadi.

    Yaqin Sharq va O‘rta Sharq: farqi nimada?

    Yaqin Sharq va O‘rta Sharq atamalari turli davrlarda turlicha hududlarni anglatgan.

    O‘rta Sharq atamasini ilk bor 1850-yillarda Hindistondagi Britaniya ma’muriyati qo‘llagan. 1902-yili amerikalik olim Alfred Mahan bu atamani “Arabiston va Hindiston o‘rtasidagi hudud” ma’nosida ishlatadi va uning ommalashishiga zamin yaratadi.

    Yaqin Sharq atamasi ham inglizchada XIX asrda paydo bo‘lgan. G‘arb tadqiqotchilari Sharqni uch qismga bo‘lgan: Yaqin, O‘rta va Uzoq Sharq. Yaqin Sharq Usmonlilar sultonligi va Bolqonni, O‘rta Sharq esa Fors ko‘rfazi va Janubi-sharqiy Osiyo o‘rtasidagi hududni qamragan. Uzoq Sharq atamasi Tinch okeaniga tutash Osiyo mamlakatlari uchun ishlatilgan.

    Ikkinchi jahon urushi arafasida buyuk britaniyalik harbiylar O‘rta Sharq atamasini Yaqin va O‘rta Sharqning birgalikdagi hududi uchun qo‘llay boshladi. Keyinchalik bu ommalashdi.

    Usmonli sultonligi qulagach, ingliz tilida Yaqin Sharq birikmasi deyarli qo‘llanmay qo‘ydi, O‘rta Sharq esa hududdagi musulmon o‘lkalarni ifodalash uchun ishlatila boshladi.

    Undan keyingi davrlarda bu ikki atama turlicha hududlarni bildirdi va chalkashliklarga sabab bo‘ldi.

    O‘zbek tilida asosan Yaqin Sharq atamasi qo‘llanib keldi. Bunga esa sobiq Ittifoq davridagi asosiy muloqot tili – rus tilining tutumi sabab bo‘ldi. Chunki ruschada asosan Ближний Восток – Yaqin Sharq atamasi ishlatilgan. Bunda Osiyoning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy, Afrikaning shimoli-sharqiy qismidagi hududlar tushunilgan. Rus va o‘zbek tillarida ham O‘rta Sharq birikmasi qo‘llangan o‘rinlar bor, lekin juda kam. Ba’zan Yaqin va O‘rta Sharq shaklidagi variant ham uchrab qoladi.

    Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, O‘rta Sharq – Janubi-g‘arbiy Osiyoning Pokiston va Turkiya oralig‘idagi qismining shartli nomi.

    Bugun ingliz tilida Yaqin Sharq va O‘rta Sharq atamalari sinonim sifatida ishlatiladi.

    Atamalar ikki xilligi boshqa tillarda ham kuzatiladi. Olmon tilida har ikki atama qo‘llanadi, O‘rta Sharq ko‘proq inglizchadan tarjima qilingan matnlarda uchraydi. Bolgar, polyak, xorvat kabi slavyan tillarida asosan Yaqin Sharq, fransuz, shved, ispan, yunon va italyan kabi Yevropa tillarida esa O‘rta Sharq ko‘proq ishlatiladi. Mintaqadagi mamlakatlar tillarida, jumladan, arab, fors, turk va ibroniy kabi tillarda ham O‘rta Sharq atamasi afzal ko‘riladi.

    E’tiborli jihati: Yaqin Sharq atamasini ham, O‘rta Sharq atamasini ham yevropaliklar iste’molga kiritgan va bunda mintaqaning Yevropaga nisbatan joylashuvini nazarda tutgan.

    Bolqon va Fors ko‘rfazi mamlakatlari

    Siyosiy xabarlarni o‘qigan-eshitganda bu so‘zlarga duch kelgan bo‘lsangiz kerak. Xo‘sh, ular aynan qaysi hududlarni bildiradi?

    Bolqon davlatlari deganda Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar tushuniladi. Bolqon yarimoroli Janubi-sharqiy Yevropada. Asosan tog‘li hududlardan iborat. Bolqon yarimorolida Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Gretsiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya kabi davlatlar joylashgan. Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Ruminiya kabi mamlakatlar esa Bolqon yarimorolidan qisman yer olgan. Ba’zan Ruminiya to‘liq shaklda Bolqon yarimoroli tarkibida deb talqin qilinadi.

    Fors ko‘rfazi yoki Fors qo‘ltig‘i – Hind okeanida joylashgan, Eron va Saudiya Arabistoni qirg‘oqlari orasidagi ko‘rfazdir. Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn, Kuvayt, Iroq va Eron ko‘rfazning qirg‘oqbo‘yi mamlakatlaridir.

    Qo‘ltiq dunyoning juda ko‘p tillarida Fors ko‘rfazi deb yuritiladi. Arab mamlakatlari uni Arab ko‘rfazi deb ataydi, bu nom boshqa tillarga ham ko‘chib o‘tgan. Turklar esa unga Basra ko‘rfazi deb nom berganlar.

    Turon va Turkiston

    Turon atamasi turli manbalarda turlicha talqin qilingan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, tur elati dastlab “Avesto”da tilga olingan. Keyinchalik turlar Markaziy Osiyo dasht va tog‘ yerlarida yashovchi chorvador aholi deb tushunilgan. Ba’zi olimlar bu atama sak-massagetlarning dastlabki nomi deb hisoblagan. Sak va massagetlarga oid tarixiy yodgorliklar turli hududlardan topilgani inobatga olinsa, Turon atamasi O‘rta Osiyodan kengroq hududni anglatadi.

    Ba’zi tarixchi va o‘lkashunoslar Turon turklar, turkiy qabilalarning yurti degan ma’noni bildirganini, keyinchalik “Turkiston” tushunchasiga aylanganini ta’kidlaydi.

    Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 565-yili So‘g‘dni Turk xoqonligi egallagach, turlar yurti ma’nosidagi Turon turklar yurti Turkiston ma’nosida qo‘llana boshlagan.

    Markaziy Osiyoni ifodalovchi Turkiston atamasi VI–VII asr yozma manbalarida aks etgan.

    Turon va Turkiston atamalari o‘rta asr adabiyotlarida birday ishlatilavergan.

    Amir Temurning “Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz! Bizkim, millatlarning eng qadimi va ulug‘i – Turkning bosh bo‘g‘inimiz!” degan so‘zlari mashhur.

    Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, XIX asr o‘rtalaridagi Turkistonni shartli uch qismga bo‘lish mumkin:

    G‘arbiy Turkiston – hozirgi Qozog‘istonning janubiy qismi, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlari. Sharqiy Turkiston – Shinjon-Uyg‘ur muxtor rayoni. Afg‘on Turkistoni – Afg‘onistonning shimoliy qismi.

    Rossiya imperiyasi G‘arbiy Turkiston hududini bosib olgach, uning o‘rnida Turkiston general-gubernatorligini tuzadi. Tarixchi Shamsiddin Kamoliddinning yozishicha, keyinchalik hokimiyatni egallagan bolsheviklar mustaqil Turkistonni qayta tiklash g‘oyasi tug‘ilishidan xavfsirab 1924–1925-yillarda shoshilinch suratda “Turkiston xalqlarining milliy-davlat chegaralanishi” deb atalmish tadbirni o‘tkazgan. Natijada o‘sha paytda siyosiy ahamiyat kasb etgan Turkiston atamasi sun’iy ravishda iste’moldan chiqarilib, o‘rniga rasman O‘rta Osiyo geografik atamasi joriy qilingan.

    Chindan ham yagona Turkiston jadidlar harakatining g‘oyalaridan edi, Turkiston muxtoriyatining tuzilishi ana shu g‘oya yo‘lidagi katta bir qadam bo‘lgan. Sovetlar muxtoriyat bilan birga milliy davlatchilik g‘oyalariga ham zarba bergan.

    O‘rta Osiyomi yoki Markaziy Osiyo?

    Turli adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida bu ikki atamaga tez-tez duch kelamiz. Xo‘sh, ularning o‘xshash va farqli jihatlari nimada? O‘rta Osiyo atamasi nega kam qo‘llanyapti?

    Manbalarga ko‘ra, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo atamalari zamonaviy geografiya fani asoschilaridan biri, nemis geografi Fridrix Humbolt asarlari ta’sirida yuzaga kelgan.

    O‘rta Osiyo atamasining ommalashishiga sovet hokimiyati o‘tkazgan milliy-hududiy chegaralanish turtki berdi. O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni tuzilib, unga O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonning janubiy hududlari kiritildi. Qozog‘iston alohida iqtisodiy rayon sanalgani bois O‘rta Osiyo va Qozog‘iston birikmasi keng qo‘llandi. Shunday qilib, O‘rta Osiyo deyilganda mintaqadagi to‘rt mamlakat tushuniladigan bo‘ldi.

    Markaziy Osiyo atamasi turli yondashuvlarga ko‘ra turlicha hududlarni anglatadi. Masalan, UNESCO talqiniga ko‘ra, Mongoliya, shimoli-g‘arbiy Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiyaning Osiyo qismidagi sharqiy hududlar, Afg‘oniston, Hindistonning shimoli-g‘arbi, Pokistonning sharqiy qismlari, Eronning shimoli-sharqiy qismlari Markaziy Osiyoni tashkil etadi.

    Mashhur “Britannica” ensiklopediyasi esa O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo atamalarini bir xil ma’noda sharhlaydi: ularni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistondan iborat hudud hisoblaydi.

    1992 yili Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘rta Osiyo va Qozog‘iston atamasi o‘rniga Markaziy Osiyo atamasini ishlatishni ilgari suradi. Chunki bu atamada beshala respublika ham ifodalanar edi. 1993 yili Toshkentda o‘tgan sammitda ushbu taklif ma’qullanadi. Shundan buyon Markaziy Osiyo atamasi keng qo‘llana boshlaydi. Hozir ommaviy axborot vositalarida, siyosatchilar nutqlarida, xalqaro mintaqashunoslikda Markaziy Osiyo besh mamlakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Geografiya ilmida esa xuddi UNESCO talqini kabi kengroq hudud nazarda tutiladi.

    Chalkashlikning oldini olish uchun tadqiqotchilar keng ma’nodagi Markaziy Osiyo atamasi o‘rnida Ichki Osiyo (Inner Asia) atamasini qo‘llashni taklif qilyapti. Ammo bu atamaning ham turli talqinlari bor.

    Kavkazorti qayerda?

    Kitob va qo‘llanmalarda Kavkazorti, Kavkazorti mamlakatlari kabi iboralar tez-tez uchraydi.

    Kavkaz Yevropa va Osiyo qit’alari chegarasidagi mintaqadir. Kavkazorti esa Kavkazning Katta Kavkaz tizmasidan janubdagi qismi. Bu hududda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya joylashgan. Kavkazorti mamlakatlari deganda ayni shu davlatlar tushuniladi.

    Kavkazorti toponimi o‘rnida Janubiy Kavkaz, Transkavkaziya kabi atamalar ham ishlatiladi.

    13 yanvar, 19:45   Izoh (0)   20945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Turon#Turkiston#Kichik Osiyo#Yaqin Sharq#Kavkazorti#Fors ko‘rfazi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahrida jadval asosida suv o‘chirilishi rejalashtirilmoqda

    08.04.2018, 15:26

    Toshkentda 1-apreldan sovuq suv o‘chirilishi boshlanadi

    01.04.2019, 19:28

    Afg‘onistonda turkiy xalqlar huquqlarini himoya qiluvchi qurolli guruh tashkil topdi

    01.07.2022, 05:38

    O‘zbekistonda kobeyjing kartalari — bu nima, qanday ochish mumkin va qayerda foydalansa bo’ladi

    15.07.2022, 22:12

    O‘zbekistonda iyul oyidagi eng manfaatli avtokreditlar ma’lum bo‘ldi

    19.07.2022, 19:24

    2,8 foizdan 5,7 foizgacha: O‘zbekiston banklarida taklif etilayotgan dollardagi omonatlar haqida

    21.09.2022, 22:59

    “O‘zbekneftgaz”: Respublikaning turli hududlarida joylashgan 224 ta obyekt ochiq savdolarda xususiy mulkka sotishga tayyorlanmoqda

    20.01.2023, 20:05

    “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi 95 ta ko‘chmas mulk “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali ommaviy savdolarga chiqarildi 

    01.03.2023, 13:16

    Toshkentda jadval bo‘yicha sovuq suv o‘chiriladi

    28.04.2023, 14:45

    Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti o‘chiriladi

    20.05.2023, 10:50

    Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar besh kunga issiq suvdan uziladi

    09.09.2023, 15:25

    “Jasadlar chirib ketishi uchun xlor sepishgan”. O‘zbek xalqi asl o‘g‘lonlaridan judo bo‘lgan tun haqida

    04.10.2023, 19:08

    “Mukofot munosib egasiga berildi” — Azamat Ziyo O‘zbekiston prezidenti Turkiya oliy nishoni bilan taqdirlangani haqida

    10.06.2024, 17:11

    5-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Toshkentda sovuq suv navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi

    22.08.2024, 18:59

    O‘zbekistondagi ayrim BSK shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi

    15.11.2024, 19:53

    O‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi

    19.11.2024, 19:08

    O‘zbekistondagi 208 ta tuman va shaharlarda “Jadidlar izidan” to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

    30.11.2024, 15:50

    Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi

    02.12.2024, 19:36

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    03.12.2024, 17:48

    Yangi yil munosabati bilan Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi

    11.12.2024, 15:59

    McDonald’s’da idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda: Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbek shou-biznes vakillari (foto)

    2 yanvar, 14:35

    Tashkent City bog‘ida avtomobillar harakati 15 kunga cheklanadi

    25.12.2024, 19:20

    KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi

    27.12.2024, 19:35

    Shubhali tender: Xalq banki 625 mln so‘mlik tenderda g‘irromlik qilgan bo‘lishi mumkin

    30.12.2024, 18:18

    “Markaziy Osiyo — AQSH manfaatlarining kalit hududi”. Tramp mintaqaga qanday e’tibor qaratadi?

    31.12.2024, 18:03

    Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

    11 yanvar, 14:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.