• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Alsgeymer, saraton va avtohalokat. Salomatligidagi muammolar sabab ijodida tanaffus kuzatilgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    Salomatlik inson uchun bebaho ne’mat. U yo‘qotilganida hech qanday quvonch insonga tatimaydi. Ayrim hollarda kasalliklar kishini sevimli ishidan voz kechishga ham majbur qiladi.

     Zaharlanish

    Xonanda Oyxon Eshonxonova og‘ir xastalikni boshdan o‘tkazgan. U ovqatdan zaharlanish oqibatida uzoq vaqt tanasidagi toksinlar bilan “kurashgan”. Hatto bir necha bor murakkab jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirgan.

    Foto: Instagram /@oypopuk_eshanhonova

    “Immunitetim nihoyatda past. Shu bois farzandlarim sog‘lig‘imga jiddiy e’tibor berishadi. Kundalik ovqatlanish ratsionim ham hamisha e’tiborda, - deydi xonanda. – Sport bilan muntazam shug‘ullanaman va tabiiy usullarda immunitetimni ko‘tarishga harakat qilaman. Chunki dori-darmondan charchaganman”.

    Ichak chirishi

    “Kipriklari uzun qiz” deya katta sahnaga chiqqan Azizbek Bekmurodov ham og‘ir dardni boshdan kechirgan. 2016-yili to‘satdan tobi qochgan xonandada ingichka ichak bilan bog‘liq jiddiy xastalik aniqlangan. Xonanda ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan. Ammo jarohat ichak bilan bog‘liq bo‘lgani uchun shifokorlar bir muddat qo‘shiq kuylamaslikni tavsiya qilishgan.

    Foto: Aziz Bekmurodovning shaxsiy arxividan

    “Ingichka ichagimning 2 metri chirish jarayonida ekan. Tomog‘imdan ovqat ham o‘tmay qoldi, oylab to‘shakka mixlanganimni-ku, tasvirlab berolmayman”.

    Alsgeymer

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jumadulla Rametov bu yil 68 yoshni qarshilaydi. Afsuski, aktyorda Alsgeymer kasalligi aniqlangan. Shu bois u doimiy davolanishda.

    Foto: Instagram

    — Dadam ma’lum vaqt xotirasini yo‘qotadi. Bu vaqtda qilgan ishlarini sizga aytib bera olmayman. Doktorlar tashxis qo‘yishganiga 2 yil bo‘ldi. Kasallik asabdan keldi, boshida ko‘p narsani unutib, hojatxonani ham topolmay qoldi, — deydi Aziz Rametov.

    Limfoma

    Ayni damda AQSHda istiqomat qiladigan aktyor Bahrom Matchonovda  2006-yili limfoma kasalligi aniqlangan.

    Foto: “Daryo”

    — AQShga kelganimda deyarli ingliz tilini bilmasdim. Xorijda yashash, odamlariga moslashishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Oradan to‘rt yil o‘tib, menda limfoma xastaligi aniqlandi. Juda tez vazn yo‘qotdim. Charchoq, holsizlik, ko‘p terlash, og‘riqlar...

    Dard qanchalik og‘ir bo‘lmasin odam o‘zini qo‘lga olishi, ruhan sinmasligi kerak. Bu xastalik bilan bir-ikkita tanishim ham davolangan. Shu bois, ruhiyatimni cho‘ktirmadim. Amerikalik shifokorlarga ming rahmat, garchi hujjatlarim bo‘lmasa-da, ijtimoiy himoya xodimlarining yordami sabab, bepul davolandim.

    “Men kasalman!” degan fikr miyaga o‘rnashib qolsa, tanadagi og‘riqlar yanada zo‘rayadi. Shu bois, kasallik aniqlangan taqdirda ham “Men sog‘lomman, kasallik meni yengolmaydi”, deb o‘z-o‘zini ishontirish sog‘ayishning eng mukammal davosi hisoblanadi, — deydi aktyor intervyularining birida.

    Hozirgi kunda uning salomatligi mirmuncha yaxshi va u o‘tgan yili Yolqin To‘ychiyev rejissorligida suratga olingan “Evrilish” filmida suratga tushdi.

    Jigar saratoni

    Aktrisa Ra’no Shodiyevada jigar saratoni kasalligi aniqlangan. U uzoq vaqtdan buyon muntazam davolanmoqda va bir nechta jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirdi.

    Foto: Instagram

    — Jigarimning 60 foizini olib tashlashdi va sog‘lomini qoldirishdi. Jigar — bu o‘sadigan a’zo. Xudo xohlasa, olib tashlangan o‘sha foizi bir yil davomida yana ham o‘sib, joyiga tushadi. Oson amaliyot bo‘lmadi, juda qiyin, mashaqqatli. Jigarning o‘zi 300 ta funksiyani bajaradi. Unda qon tomirlari ko‘p. Shuning hammasini joy-joyiga tikib, amalga oshirish kerak”, — deydi Ra’no Shodiyeva.

    Ovoz yo‘qolishi

    Foto: Skrin

    “Sohibqironim” qo‘shig‘i bilan muxlislar e’tiboriga tushgan xonanda Oybek Hamroqulov ham bir necha yil ijodiy tanaffus qilgan. Bunga ovozining yo‘qolishi sabab bo‘lgan. Ba’zilar bunga dushmanchiliklar ham sabab bo‘lganligini taxmin qilishadi. Hozir xonanda kichik tadbirlarda ishtirok etadi, ammo ijodida avvalgidek jo‘shqinlik sezilmayapti.

    Oshqozon-ichak tizimidagi muammolar

    Foto: Instagram / @abdulla_akbarov_official

    So‘z ustasi Abdulla Akbarov ham uzoq vaqt sahnalarda ko‘rinmay qoldi. Uning oshqozon-ichak tizimida jiddiy kasallik aniqlanib, uzoq vaqt davolandi. Hozir jismoniy quvvati yetgancha xalq xizmatida bo‘lishga harakat qiladi.

    Avtohalokatdan keyingi jarohatlar

    Foto: Instagram

    “Ummon” guruhining sobiq solisti Zohid Risqiyev avtohalokatdan so‘ng ikkinchi yirik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. 8 oy avval unga shifokorlar nafas olishga yordam beruvchi trubka o‘rnatishgandi. Salomatligi ancha tiklangach, uni olib tashlash amaliyoti o‘tkazilgan. Xonandaning turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqovaning aytishicha, Zohid faqatgina olti oydan keyingina qo‘shiq kuylay oladi.



    Asilbek Amanulloh

    “Boylama” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda mashhurlik cho‘qqisiga erishgan paytda og‘ir kasallikka chalinganini ko‘pchilik bilmasa kerak. 

    Foto: Yandex

     

    “2007-yilda og‘ir kasallikka chalindim. Undan qutilish uchun 3-4 yil vaqt ketdi. Tibbiyotda bu kasallik — “fobiyali nevroz” deb ataladi. Hech narsa yoqmay qoldi, odamlar orasiga qo‘shilgim kelmay qoldi. Xayolingizga faqat yomon fikrlar keladi. Tanishlarim seni o‘qitvorishgan, ichingga jin kirgan deyishgan. Odamlar 3 yil tinimsiz shunaqa deyaversa bunga o‘zingiz ham ishonib qolar ekansiz. Lekin kasalligimni baribir shifokorlar davoladi”, — deydi Asilbek.

    04.09.2023, 12:48   Izoh (0)   30008
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saraton — hammasi tamom, degani emas: Onkologik kasalliklarni yengishga muvaffaq bo‘lgan mashhur shaxslar

    08.03.2022, 18:49

    “Xo‘rozni so‘ygandek so‘yishardi”. Aktrisa Odina To‘xtasinova saraton kasalligi sabab 13 marotaba jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazganini gapirib berdi (vid...

    23.03.2022, 22:36

    2 mln dollarlik paypoq: Maykl Jeksonning qimmatbaho liboslari, avtograflari va kristallar bilan bezatilgan limuzini hozirda kimlarga tegishli?

    04.09.2023, 10:34

    Instagram: Munisa Rizayevaning hindcha to‘yidan reportaj, qiziga qimmatbaho mashina sovg‘a qilgan Dilfuza Ismoilova, Alisher Uzoqovni umraga jo‘natayotgan Liil Xur...

    01.09.2023, 22:33

    “Opa-singillar” serialidagi Nasiba — Nargiza Sharmetova ijodidagi tanaffus sabablari hamda 4 yil deganda farzandli bo‘lgani haqida gapirdi (video) 

    01.09.2023, 13:41

    Bankdagi hisob-raqamida millionlab dollarlar bo‘lishiga qaramay kamtarona hayot kechiradigan mashhur insonlar (foto)

    31.08.2023, 15:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.