• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    2022-yilda hayotdan ko‘z yumgan o‘zbek san’ati vakillari (foto)

    2022-yil kim uchundir unutilmas, quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi, kimlardir uchun sinovli keldi, yana kimlardir esa bu yorug‘ olamni tark etdi. Yo‘qotilgan insonlar orasida san’at va madaniyat sohasida sermahsul ijod qilib, muxlislari qalbidan joy olgan mashhurlar ham bisyor.

    Sanobar Matmurodova 

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sanobar Matmurodova 11-yanvar sanasida bu yorug‘ olamni tark etdi.

    Xalq ardog‘idagi xonanda Sanobar Matmurodova 1968-yilda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitovaga shogird tushgan.

    Xonanda 1994-yilda Samarqand davlat universitetining musiqa fakultetida tahsil olgan va shundan keyin O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyat bo‘linmasida ish faoliyatini olib borgan. Sanobar Matmurodova “Akajon”, “Onam derman”, “San garak” kabi bir qator qo‘shiqlari o‘zbek xalqi tomonidan sevib tinglanadi.

    Foto: O‘zbekiston madaniyat vazirligi

    Foto: O‘zbekiston madaniyat vazirligi

    Sharof Boshbekov 

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati”ordeni sohibi, taniqli dramaturg, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sharof Boshbekov 2022-yilning 26-yanvar kuni olamdan o‘tdi.

    Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani G‘ubir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutini tamomlagan. Uning “Temir xotin” komediyasi nafaqat respublikada, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qo‘yildi.  Adib drama va kinoqissalardan iborat “Tanlangan asralar” kitobi uchun 2021-yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

    Sharof Boshbekov 1996-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2001-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

    Foto: Yozuvchilar uyushmasi

    Foto: Yozuvchilar uyushmasi

    Viloyat Oqilova

    O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova 2-fevral kuni 84 yoshida vafot etdi.

    Viloyat Oqilova 1937-yil 12-oktabrda Samarqand viloyatida, O‘zbekiston xalq artisti Isoxor Oqilov oilasida tug‘ilgan. 1958—1994-yillarda O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida raqqosa, baletmeyster, 1994—1996-yillarda “Turkiston” saroyida, 1996-yildan O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatida baletmeyster bo‘lgan.

    Raqqosa sifatidagi faoliyati davomida “Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Tojik go‘zali”, “Pomir raqsi”, “Afg‘oncha”, “Dilrabo”, “Shodiyona” kabi bir qancha raqslarni ijro etgan.

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    Jo‘raxon Po‘latov 

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jo‘raxon Po‘latov 16-fevral kuni 88 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.

    Jo‘raxon Po‘latov 1934 yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan. U askiya sohasida sermahsul ijod qilgan. Askiyachi uzoq yillar madaniyat sohasining turli yo‘nalishlarida, xususan, Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida faoliyat yuritdi.

    <strong>Foto: Madaniyat vazirligi</strong>

    Foto: Madaniyat vazirligi

    To‘ti Yusupova 

    O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 2022-yilning 15-mart sanasida 86 yoshida vafot etdi.

    Ma’lumot uchun, To‘ti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957-yildan o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.

    To‘ti Yusupova 1994-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Maryam Ixtiyorova 

    O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 22-mart kuni bu yorug‘ olamni tark etdi.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 1939-yil Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida dunyoga kelgan. 1959-yildan bugunga qadar Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri aktrisasi sifatida faoliyat yuritgan.  1997-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Lutfulla Sa’dullayev 

    O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10-aprel kuni vafot etdi.

    Lutfulla Sa’dullayev 1940-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963—2007-yillarda Respublika yosh tomoshabinlar teatri, Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrlarida aktyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.

    Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esda qolarli rollar ijro etadi. Lutfulla Sa’dullayev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “O‘kinch”, “Meni kechir” nomli kitoblarini nashrdan chiqargan.

    Foto:Instagram / @ muqaddas_sadullayeva

    Foto:Instagram / @ muqaddas_sadullayeva

    Ravshan Namozov 

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov 2022-yilning 24-sentabr sanasida bu yorug‘ olamni tark etdi.

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov 1961-yilning 10-iyulida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlab, otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovlardan saboq olgan. U faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan.

    U 1985-yil Germaniya o‘tkazilgan “Yoshlar festivalida” va 1989-yili Olmaota shahrida tashkil etilgan “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991-yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Davron G‘oyipov 

    O‘zbekistonlik taniqli rok-pop yulduzi Davron G‘oyipov 7-oktabr kuni, o‘z tug‘ilgan kunida vafot etdi.

    Davron G‘oyipov 1961-yil 7-oktabrda tug‘ilgan. Maktabni bitirganidan keyin 1978-yilda u “Yalla” guruhiga bas gitarachi sifatida taklif qilinadi. 1980-yilda Davron G‘oyipov boshchiligida O‘zbekistondagi ilk rok guruhi — “Original” tuziladi. 1980-yillar boshlarida ijro etilgan “Bu nima bu?” qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Qo‘shiq asosida keyinroq film ishlangan va bosh rolni Davron G‘oyipov ijro etgan.

    Bundan tashqari “Qaydasan”, “Kerak emas shahlo ko‘zlaring”, “Otkritoye okno” kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngillaridan joy olgan.

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    Haydar Muhammad 

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir va dramaturg, “Do‘stlik” ordeni sohibi Haydar Muhammad 9-oktabr kuni 86 yoshida yorug‘ olamni tark etdi.

    Haydar Muhammad 1936-yili Toshkentda tug‘ilgan. 1966-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining kechki filologiya bo‘limini tugatgan. 1965—1976-yillarda O‘zbekiston teleradiosida muharrir, 1976—1980-yillarda Madaniyat ishlari vazirligida mas’ul vazifalarni bajargan. Ko‘p yillar Hamza nomli Akademik drama teatrida adabiy emakdosh vazifasida xizmat qilgan.

    Dramaturg tarjimasida ozarbayjon dramaturgi Anorning “Zanjir yoki qiyofalar” (Muqimiy teatri), turkman dramaturgi H. Muxtorning “Nevarali kelin” (Samarqanddagi H. Olimjon nomli teatr), boshqird dramaturgi Farid Bogdanovning “Tungi mehmon” (Hamza nomli o‘zbek Davlat akademik drama teatri) kabi asarlari o‘zbek sahnasiga chiqqan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Jasur Rafiqov 

    “Ummon” guruhining sobiq xonandasi 14-noyabr kuni saraton kasalligidan vafot etdi.

    Ma’lumot uchun, xonanda Jasur Rafiqov 1991-yilning 30-sentabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U bolalikdan birga voyaga yetgan do‘stlari Zohid Risqiyev va Shohrux bilan “Ummon” guruhida ijod qilib ko‘plab xit taronalarni ijro etgan.

    Guruh 2007-yilda “Sokin tun” nomli taronasini ommaga taqdim etgandan keyin mashhurlikka erishdi. “Ummon” guruhining “Qanday unutding”, “Yo‘q”, “Boylik”, “Do‘st”, “Kim deya” taronalari va boshqa ko‘plab musiqalari millionlab muxlislarning qalbidan joy oldi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Mavzuga doir:

    • 2021-yilda vafot etgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati vakillari (foto).
    • 2020-yilda vafot etgan madaniyat va san’at sohasi vakillari (foto).
    • “Aslida Alloh uni o‘ziga chaqirgandi”. Instagram’da Jasur Rafiqov xotirlanmoqda.

    31.12.2022, 18:58   Izoh (0)   41015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    31.12.2022, 16:48

    2022-yilda farzandli bo‘lgan shou-biznes vakillari (foto)

    31.12.2022, 14:51

    2022-yilda o‘z baxtini topib, oila qurgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    31.12.2022, 12:50

    Bayramona kayfiyat ulashuvchi Yangi yil haqidagi 5 ta film

    31.12.2022, 10:49

    Instagram: Onasini Umra safaridan kutib olgan Ziyoda, Hosila Rahimova Yangi yilni Nyu-Yorkda qarshi oladi, Manzura hijobini yechgani haqidagi mish-mishlarga izoh b...

    30.12.2022, 23:05

    Chiqindixonadan topib olgan chaqaloqni o‘z farzandidek voyaga yetkazgan Mithun Chakraborti haqida

    30.12.2022, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.