• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi maktab o‘quvchilarida sil aniqlandi: bu qanchalik xavfli?

    Poytaxtning Shayxontohur tumanidagi maktabning ikki nafar o‘quvchisida sil kasalligi aniqlangan va hozir ular Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasida davolanmoqda. Shuningdek, 3 nafar o‘quvchi va 1 nafar o‘qituvchida kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.

    Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 22 nafar o‘quvchi va maktabning 30 nafar o‘qituvchisi va oila aʼzolari rentgenografiya, diaskin test tekshiruvlaridan o‘tgan. Ular orasida kasallikni yuqtirib olganlar aniqlanmagan. Amaldagi tartibga ko‘ra ularda 6 oydan so‘ng qayta tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Foto: Internet

    Xo‘sh, yon-atrofimizda yurgan va o‘zining silga chalinganidan bexabar bemorlar bilan muloqotda bo‘lish qanchalik xavfli? Avtobusda, metroda bemor bilan yonma-yon ketganlarga kasallik yuqadimi? Sil yuqishidan himoyalanish yo‘llari bormi? “Daryo” shu va boshqa savollarga javoblarni bir maqolada jamladi.

    Sil qanday xastalik?

    Sil — yer yuzida eng ko‘p tarqalgan yuqumli va surunkali infeksion xastalik bo‘lib, u kasallik tayoqchalarining organizmga tushishi oqibatida rivojlanadi. Xastalik granulyomatoz reaksiyaning boshlanishi va organizm turli sistemalarining zararlanishi, har xil klinik alomatlari va patologanatomik ko‘rinishlar bilan kechadi.

    Sil tayoqchasi dastavval o‘pkani zararlaydi. Ayrim hollarda miya va miya qobig‘i, suyak, bo‘g‘in, jinsiy aʼzolar, ko‘z, ichak va boshqa aʼzolar sili ham kuzatiladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan maʼlumotlarga ko‘ra, yaqin 20-yil ichida yana 200 million kishi mazkur xavfli xastalikka chalinishi, 70 million kishi esa bu dard tufayli hayotdan ko‘z yumishi mumkin. Bemorlarning 75 foizini 20-40 yoshdagi kishilar, yaʼni mehnatga layoqatli erkaklar va tug‘ish yoshidagi ayollarni tashkil qiladi.

    Zamonaviy tibbiyot aksariyat sil kasalliklarini davolash imkoniga ega. Agar kasallikni aniqlash va davolash to‘g‘ri, qatʼiy nazorat ostida va to‘xtatib qo‘yilmasdan olib borilsa, bemor, albatta, sog‘ayib ketadi.

    Kasallik belgilari

    Silga chalingan insonlarda eng birinchi galda yo‘tal kuzatiladi. Shu bilan birga, quvvatsizlik, ko‘p terlash, ko‘krak qafasida og‘riq, ishtaha pasayishi, ozib ketish, tez charchash kabi holatlar ham bemorni bezovta qilishi mumkin.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bunday dard bilan og‘rigan odamlar ko‘pincha silning dastlabki belgilariga eʼtibor qilavermaydi va shifokorga murojaat etmasdan o‘zi mustaqil davolanishga urinadi. Biroq keyinchalik bu belgilar zo‘rayib, bemor qon aralash balg‘am tuflay boshlaydi. Bu esa xastalik ancha kuchayib ketganidan dalolat beradi.

    Yuqorida taʼkidlaganimizdek, doimiy yo‘tal — silga xos aniq belgidir. Agar yo‘tal ikki haftadan ko‘proqqa cho‘zilsa, u holda bemor darhol tibbiy muassasaga murojaat etishi va sil kasalligini aniqlashga doir ko‘rikka jalb etilishi lozim.

    Sil odamlarga qanday yuqadi?

    Mazkur xavfli kasallik. Virus dastavval kasallangan kishilarning o‘pkasida rivojlanadi va ko‘payadi. Bunda yallig‘lanish yuz beradi, keyinchalik to‘qima zararlana boshlaydi, parchalanish uchastkalari kovaklar (kavernalar) paydo bo‘ladi.

    Bu yerda millionlab bakteriyalar to‘planadi. Bemor yo‘talganda, aksa urganda, gaplashganda sil bakteriyalari havoga ajralib chiqadi. Bakteriyalar havoda bir necha soatgacha saqlanishi mumkin.

    Agar ochiq (yuqumli) shakldagi sil bilan kasallangan bemor shamollatilmagan xona (kvartira, ish joyi, kasalxona palatasi, transport)da uzoq vaqt o‘tkazgan bo‘lsa, shu yerdagi havoda aylanib yurgan bakteriyalarning soni shunchalik ko‘payib ketadiki, ular boshqa kishilarning nafas yo‘llariga osonlikcha o‘tadi. Bu silni yuqtirishning asosiy yo‘li bo‘lib, havo-tomchi usuli deb ataladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Demak, hech kim sil tayoqchalarining yuqishidan himoyalangan emas. Silni har qanday yoshda ham yuqtirish mumkin, ayniqsa, bolalar va kamquvvat kattalar uchun kasallik jiddiy xavf tug‘diradi.

    Bemor bilan muloqot qilganlar silga chalinadimi?

    Bakteriya sog‘lom odamga o‘tgach, o‘pka va boshqa aʼzolarga tushgan sil tayoqchalari sog‘lom to‘qimalardan alohida ajralib chiqib, ular atrofida zich qobiq (kapsula) paydo bo‘ladi. Kasallik tashuvchilar uning asl manbai bo‘lmaydi, yaʼni dardni yuqtirish hali bemor bo‘lish, degani emas.

    Maʼlumotlarga ko‘ra, sil bakteriyalarini yuqtirgan 90-95 foiz insonlar hayoti davomida biror marta ham sil bilan kasallanmaydi. 5-10 foizida esa sil bakteriyalari odam tanasida o‘z vaqtini kutib yotadi. Faqat immunitet pasaygandagina ular ishga kirishadi va organizmni kasallaydi.
    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ayrim hollarda, agar organizmning himoya kuchi kuchli bo‘lsa yoki bemor bilan uzoq vaqt muloqot qilinmasa, o‘pkaga tushgan bakteriyalar organizm hujayralari tomonidan zararsizlantiriladi va kasallik yuqmaydi.

    Kasallikka qanday qilib aniq tashxis qo‘yish mumkin?

    Balg‘amning mikroskopik tekshiruvini o‘tkazish silga tashxis qo‘yishning eng ishonchli va murakkab bo‘lmagan usuli sanaladi. Buning uchun tibbiyot xodimi nazoratida ertalabki balg‘am yig‘iladi. Yo‘taldan ajralgan moddaning ikki kun davomida yig‘ilgan muayyan miqdori tekshiriladi.

    Shuningdek, silni flyuorografiya va rentgenografiyadagi tasvir orqali ham aniqlash mumkin. Biroq bu usullar har doim ham kasallikni aniqlashga yordam bermaydi.

    Shu bilan birga, tuberkulin sinamasi, yaʼni “mantu” reaksiyasi orqali ham xastalikka tashxis qo‘yish mumkin. Mazkur usul zararsiz, ammo uning aniqlik darajasi ham u qadar yuqori emas.

    Bemorlarning to‘liq tuzalishi qancha vaqt oladi?

    Kasalikka chalingan bemorlar asosan silga qarshi dispanserlar orqali davolanadi. Agar bemor kasallik haddan ortiq zo‘rayib ketganidan keyin shifokorga murojaat qilgan bo‘lsa, davo muolajalari maxsus shifoxonalarda olib boriladi.

    Shifoxonalarda, albatta, rentgenologik, klinik, biokimyoviy, bakteriologik laboratoriyalar mavjud. Viloyat va Respublika tasarrufidagi shifoxonalarda esa immunologik, morfologik, radiologik tekshirish bo‘limlari tashkil etilgan. Qolaversa, shifo maskanlarida sil bemorlariga berilayotgan oziq-ovqatlar sifati va rejasiga alohida eʼtibor beriladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Sil bemorlarini davolashning ikkinchi bosqichi, oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda silga qarshi sanatoriylarda o‘tkaziladi. Shuni alohida aytish lozimki, silga chalingan bemor shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lishi, ayniqsa, tibbiyot xodimlari bemorning dori qabul qilish jarayonlarini doimiy ravishda kuzatib turishi kerak. Bu esa davolanishning muvaffaqiyatli borishini taʼminlovchi eng asosiy shartdir.

    Kasallikni davolash uchun kamida 6-8 oy muddat kerak. Faqat shundagina barcha sil bakteriyalarini butunlay yo‘qotish mumkin. Sil nazoratsiz, noto‘g‘ri davolanganda, u surunkali shaklga, baʼzi hollarda tuzalmaydigan kasallikka aylanadi. Shu bois, bemor davolanish jarayonlariga jiddiy eʼtibor qaratishi, shifokorlarning ko‘rsatmalariga qatʼiy amal qilishi zarur.

    Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

    Vrach-ftiziatr Mavjuda Usmanovaning aytishicha, sog‘lom hayot tarzi, odatiy gigiyena qoidalari, qulay yashash sharoiti kasallikdan himoyalanishga yordam beradi.

    Foto: “Daryo”

    Hammaga odat bo‘lib ulgurgan uyga kirishingiz bilan qo‘llarni yuvish, xonalarni shamollatish, badantarbiya qilish va qomatni saqlash.

    Silga qarshi BSJ vaksinasi (emlash) mavjud. U infeksiya yuqishidan himoya qilmaydi, lekin murakkab holatlarga qarshilik qilishda yordam beradi. Xususan, u sil meningitining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

    Emlash — og‘ir vaziyatlarning oldini oluvchi eng yaxshi usul, deydi mutaxassis.

    Shuningdek, quyidagi profilaktik tadbirlar ham tavsiya etiladi:

    • sil kasalligini aniqlash va davolash xizmatlari bepul amalga oshiriladi;
    • sil uzoq davom etadigan kasallik bo‘lib, davolash 6-8 oy muddatni talab etadi. Bu muddat davomida shifokor tavsiya etgan dorilarni qabul qilishda tanaffusga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak.
    • silga qarshi emlash (BSJ) tug‘ruqxonada chaqaloqni emlatish;
    • emlashning taʼsiri 5-7-yildan keyin kamayshini eʼtiborga olgan holda, har yili bir marotaba shifokor ko‘rigidan o‘tib turish;
    • yashash xonalarni tez-tez shamollatish;
    • xonalarga quyosh nuri tushib turishini taʼminlash;
    • xonalar, jihozlarning changini nam latta bilan artish;
    • o‘rin-ko‘rpa, yostiq kabi yuvish qiyin bo‘lgan buyumlarni oftobga qo‘yish;
    • kashandalik, ichkilikbozlik va giyohvandlik kabi illatlarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

    O‘lim ko‘rsatgichi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tuberkulyoz kasalligi bo‘yicha eʼlon qilgan yangi hisobotida dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari keskin oshgan.

    Unda qayd etilishicha, 2023-yili ushbu xastalik dunyo bo‘yicha 8,2 million kishida aniqlangan. Xavotirli jihati, bu 2022-yilga nisbatan 0,7 millionta ko‘p va 1995-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    2023-yilda sil yuqumli kasalliklardan o‘lim holatlarining asosiy omiliga aylanib, bu borada COVID-19 ni ortda qoldirdi. O‘tgan yili tuburkulyoz oqibatida 1,25 million kishi hayotdan ko‘z yumgan va bu ko‘rsatkich undan avvalgi yilga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsa-da, bemorlar soni taxminan 10,8 million nafarga oshgan, deyiladi hisobotda.

    Eng ko‘p kasallanish holatlari Hindiston (26 foiz), Indoneziya (10 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Filippin (6,8 foiz) va Pokiston (6,3 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

    JSST xulosasiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab tuberkulyozning dorilarga chidamli turlari keng tarqalishi “inqiroz omili”dir. O‘z navbatida, tashkilot mazkur yuqumli kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan besh asosiy omilni keltirib o‘tdi.

    Bular — to‘yib ovqatlanmaslik, OIV infeksiyasi, spirtli ichimliklar asoratlari bilan bog‘liq kasalliklar, chekish va qandli diabet.

    O‘zbekistonda tuberkulyozni davolash samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazilgan. Tuberkulyoz bilan kasallanish darajasi 1,5-2 barobar, o‘lim holatlari 6-8 barobar kamaygan.

    Sil bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Dunyoda har yili sil kasalligidan 1,4 milliondan ortiq odam vafot etadi. Eng yomoni, xastalik erta bosqichda aniqlanmasa, bemor yil davomida 10-15 kishiga bu xavfli infeksiyani yuqtirishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Shu sababli JSST 2035-yilgacha tuberkulyozdan o‘lim ko‘rsatkichlarini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.

    Tashkilot bolalar va o‘smirlar o‘rtasida mazkur xastalikni aniqlash va davolashga doir tavsiyalar bergan:

    • diagnostik testlar qamrovini kengaytirish va bu jarayonda kaminvaziv usullarni ko‘proq qo‘llash zarur;
    • bolalar va o‘smirlarda sil kasalligini aniqlash uchun dastlabki test sifatida molekulyar ekspress-diagnostikadan foydalanish lozim;
    • sil kasalligining dorilarga chidamliligi yuqori bo‘lmagan turlari bilan og‘rigan bolalar va o‘smirlarni davolash muddatini olti oydan to‘rt oyga, sil meningiti muolajasi davomiyligini esa 12 oydan olti oyga qisqartirish maqsadga muvofiq;
    • silning dori vositalariga chidamli turiga qarshi ikkita yangi preparat (bedakvilin va delamanid) endi barcha yoshdagi bolalarda foydalanish uchun tavsiya etiladi;
    • bolalar va o‘smirlarga o‘z yashash manzillariga yaqin hududda sil kasalligidan davolanish va tibbiy profilaktikadan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.

    Silning dorilarga chidamli turini davolash bo‘yicha JSST qo‘llanmasida:

    • tuberkulyozning dori vositalariga chidamli turi bilan xastalangan 12 va undan katta yoshdagi bemorlarga rifapentin, izoniazid, pirazinamid va moksifloksatsin preparatlaridan iborat 4 oylik muolaja sxemasi buyurilishi mumkin;
    • tuberkulyozning yengil formasi bilan og‘rigan 3 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga 4 oylik davolash rejimi qo‘llanilishi lozim;
    • Shu paytgacha amal qilib kelgan 6 oylik muolaja kursi ham muqobil variant sifatida qoldiriladi.

    JSSTning dorilarga chidamli bo‘lgan sil kasalligini davolash bo‘yicha avvalgi ko‘rsatmalari izoniazid, rifampitsin, etambutol va pirazinamiddan iborat 6 oylik rejimni o‘z ichiga olgan. O‘tgan davrda ushbu sxema bemorlarning 85 foizida samara berishi tasdiqlangan.

    25 yanvar, 20:09   Izoh (0)   8224
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sil#maktab#oʻquvchi#Toshkent#shifoxona#oʻquvchi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jamiyat bizni o‘ziga o‘gay sanaydi”. Shifokor aybi sabab eshitish qobiliyatini yo‘qotgan Toshkentdagi dizayner bilan suhbat

    07.10.2021, 08:21

    “G‘arb vijdoni”. O‘z san’atidan tashqarida yashay olmagan buyuk yozuvchi Alber Kamyu taqdiri

    07.11.2021, 15:49

    O‘zbekistondagi o‘qituvchilar va shifokorlarning necha foizi koronavirusga qarshi emlangani ma’lum qilindi

    06.11.2021, 22:54

    “Baxt azoblar orqali sotib olinadi”. Ishonch va muhabbatni hayotiy mezonga aylantirgan adib Fyodor Dostoyevskiy

    12.11.2021, 14:24

    O‘zbekistonda “tonirovka”ning taqiqlanishi, Shahrisabzning 1962-yilgi millioneri, Andijon tarixidagi eng vayronkor ikkinchi zilzila. O‘zbek matbuoti 20-mayda nimal...

    20.05.2022, 07:30

    AQSH O‘zbekiston qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 mln dollar ajratadi

    01.06.2022, 15:59

    Bedana tuxumining salomatlik uchun foydasi beqiyos, zarari-chi? 

    25.06.2023, 16:08

    “Nojo‘ya takliflar sabab ko‘p rollar nasib etmagan” — Zamira Beshimova istalgan yo‘l bilan mashhurlikka erishmoqchi bo‘lgan aktrisalar haqida gapirdi (video)

    29.08.2023, 11:02

    “Birovning bo‘g‘zini kesgan bolam emas”: Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi

    23.04.2024, 12:59

    Maftunkor Gollivud yulduzlari va ularning qizlari (foto) 

    27.08.2024, 12:40

    5-sentyabrdan 3-oktyabrgacha Toshkentda sovuq suv navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi

    22.08.2024, 18:59

    Karyerasining cho‘qqisida kinodan ketgan, hozirda osoyishta hayot kechirayotgan “Qor malikasi” — Natalya Klimovaning taqdiri qanday kechdi?

    03.10.2024, 09:55

    Qotil va firibgarlar oramizda: hayoti mashhur filmlarga asos bo‘lgan 4 nafar jinoyatchi hozirda qanday yashaydi?

    19.11.2024, 11:35

    Stress va depressiya “o‘chog‘i”ga aylanib qolgan shahar: Toshkent havosi ifloslanishining sabab va oqibatlari

    30.11.2024, 11:05

    O‘zbekistonda Janubiy Koreya modeli asosida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga tez yordam ko‘rsatish markazlari joriy etilishi mumkin

    22.12.2024, 19:05

    Og‘ir xastalikka chalingan, aktrisa bo‘lganidan afsuslangan “Qor malikasi” — Natalya Klimovaning taqdiri qanday kechdi?

    3 yanvar, 12:42

    “Qor malikasi” ertak-filmi aktyorlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    31.12.2024, 13:45

    O‘zbekistonda namoyish etilgan ilk koreys seriali — “Qalbim chechagi” seriali aktyorlari hayoti qanday kechgan? (foto, video)

    2 yanvar, 10:30

    Uy yumushlarini bajarishda sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan 6 ta xatolik

    24 yanvar, 21:00

    Toshkent maktablarida sil kasalligi tarqalgani aytilmoqda. Rasmiylar munosabat bildirdi

    24 yanvar, 11:34

    Toshkent maktablarida tarqalgan sil kasali, Samarqandda tez yordam mashinasini chorrahada kutishga majbur qilgan YPX xodimi, Toshkent viloyatida is gazidan vafot e...

    24 yanvar, 23:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lamin Yamal “Barselona” rahbariyatidan bir futbolchini transfer qilishni so‘radi

    Sport | 16 may, 14:06

    “Putin Ukraina bo‘yicha tinchlikdan qochayotgani uchun tovon to‘lashi kerak” — Kir Starmer

    Dunyo | 16 may, 13:26

    World Boxing. O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi finalda, 2 sportchi bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 16 may, 13:12

    Buxoroda ayol ekskavator bosib ketishidan halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 16 may, 12:52

    “Qabristonga borib, lahad ichiga tushib turaman” — aktrisa Vazira Yunusova

    Kino | 16 may, 12:50

    O‘zbekistonda 17—19-may kunlari sel kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 16 may, 12:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.