• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Tojikiston

    “Birovning bo‘g‘zini kesgan bolam emas”: Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi

    Moskva viloyati Crocus City Hall’dagi teraktda gumonlanayotgan Tojikiston fuqarolaridan biri Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi jurnalistlar bilan suhbatda o‘g‘li aybsiz ekanini aytdi. Rudakiy tumanida yashovchi 32 yoshli Dalerjon teraktda ayblanayotgan to‘rt nafar asosiy shaxsdan biri hisoblanadi.

    Foto: Dalerjon Mirzoyev / “RIA Novosti”

    Qolgan ayblanuvchilar Saidakrami Rachabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovdir. So‘nggi ayblanuvchi endigina 20 yoshni qarshilaydi, Muhammadsobirning yaqinlari u ziyoli oilada ulg‘aygani, bunday ishga qo‘li bormasligini aytmoqda.

    AsiaPlus jurnalistlari Rudakiy tumani Loxur jamoati Galaxona qishlog‘ida joylashgan Mirzoyevlar xonadoniga borib, yaqinlari bilan suhbatlashdi.

    Foto: AsiaPlus

    Jurnalistlar tashrifidan (12-aprel) bir kun oldin rasmiylar Dalerjonning onasi 58 yoshli Gulrakat Mirzoyevani qayta so‘roqqa tutgan. Birinchi so‘roq o‘g‘li hibsga olinganidan keyin darhol o‘tkazilgan. Ikkinchi so‘roq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati teraktda gumonlanayotganlarni so‘roq qilayotgani aks etgan videoni e’lon qilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unda ayblanuvchilar koordinatorlari Sayfullo ismli shaxs bo‘lgani, bu ish uchun ularga 1 million rubl va’da qilinganini aytgan.

    Gulrakat Mirzoyeva jurnalistlar bilan suhbatni aynan shu videodan boshlagan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li rus tilini bilmaydi, lekin videoda u tayyor matnni o‘qib bergan.

    Ko‘p pul ishlab topmagan, Tojikistonga qaytishni rejalashtirgan

    Dalerjon 10 yoshga to‘lganida, 2001-yil oilasi Hisordan Galaxona qishlog‘iga ko‘chib o‘tgan. Ularning oilasida besh farzand – 4 o‘g‘il va bir qiz bor. Dalerjon uchinchi farzand.

    Qarindoshlarining aytishicha, u maktabni tugatgach, har yili Rossiyaga ketgan va 7-8 oy ishlagan, keyin qaytib kelib, yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullangan.

    2023-yilning 17-oktyabr kuni Dalerjon Novosibirsk shahriga ishlash uchun ketgan (onasi Dalerjon nima uchun oxir-oqibat Moskvaga ketganini tushunmaydi), u yerda haydovchi bo‘lib ishlagan, biroq ko‘p pul jo‘natmagan.

    “Oxirgi olti oy ichida 2-3 ming somoniy (2 milliondan salkam 3,5 mln so‘mgacha) yubordi. Agar yaxshi ishi bo‘lsa, pul jo‘natardi. Qishloqda yaxshiroq edi, ko‘proq pul topardi”, — deydi yaqinlari.

    17-mart kuni Dalerjon onasiga qo‘ng‘iroq qilib, 20-martdan boshlab hujjatlarining muddati tugashi, shu sababdan 25-sanagacha Tojikistonga qaytishini aytgan.

    “U tojikistonliklar chiqarib yuborilishi, agar u ham deportatsiya qilinsa, Rossiyaga qayta olmasligini aytdi. Agar vaziyat og‘ir bo‘lsa, qaytib kelib, shu yerda mashinangda (Tojikistonda) ishlaysan, dedim. U qaytib kelaman, deb javob berdi, lekin 22-mart kuni bu voqea sodir bo‘ldi”, — deydi Gulrakat Mirzoyeva.
    Foto: Gulrakat Mirzoyeva / AsiaPlus

    U boshqa gumonlanuvchilarning onalari singari, o‘g‘lining aybdorligiga ishonmaydi.

    “Ular bu ayblovni o‘g‘limni bo‘yniga qo‘yishdi. Birovning bo‘g‘zini kesgan qurolli odam mening bolam emas. Hujum qilganlar to‘ladan kelgan, bolam esa oriq. Ularning yurishi va harakatlari o‘g‘limga o‘xshamaydi. Mening o‘g‘lim hibsga olingandan keyin oyna ichida ko‘rsatildi, kaltaklangan, ko‘zlari qoraygan, qo‘llari bog‘langan, bo‘ynida esa sellofan bo‘lagi osilib qolgan”, — deydi Mirzoyeva.

     

    Dalerjonning otasi Barot Mirzoyev ham o‘g‘liga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi.

    “Uning bo‘yi uzun emas, qo‘lida avtomat ushlab turolmaydi, qanday qilib bunday ishlar qilardi? Uyga qaytaman dedi, kutayotgandik...”, — deydi Dalerjonning otasi.

    Teraktdan so‘ng Tojikiston rasmiylari Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi, ukasi, rafiqasi va qaynonasini bir haftaga yaqin so‘roq qilib, keyin qo‘yib yuborgan. Bu vaqt ichida ular rus tilida ham ariza yozgan, lekin Rossiya tergovchilari bilan hech qachon uchrashmagan.

    “Balki u aldangandir”

    Dalerjon 2017-yilda uylangan, hozirda to‘rt farzand – uch qiz va bir o‘g‘li, jumladan, 1 yoshga to‘lgan egizaklari bor. Voqeadan so‘ng xotinining sog‘lig‘i birdaniga yomonlashgan va u hozir ota-onasining uyida.

    Dalerjon o‘z qishlog‘idagi 17-maktabni tamomlagan. Ustozlarining aytishicha, o‘zi a’lochi bo‘lmasa-da, kelajakda hunar egallashi uchun hozir 10-sinfda o‘qiyotgan ukasining o‘qishiga e’tibor qaratgan.

    Maktab direktori Mahbuba Davletovaga ko‘ra, Dalerjon unga Rossiyadan bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib, ukasining o‘qishini so‘ragan va “agar ukam hurmatsizlik qilib, dars tayyorlamasa, ayting, bunga majburlayman”, deb ta’kidlagan.

    Foto: Mahbuba Davletova

    Davletovaning o‘zi Galaxona qishlog‘idan, Mirzoyevlar oilasini tanishi, ular yaxshi odamlar ekanini aytdi.

    Tarix fani o‘qituvchisi Muzaffar Yoqubov Dalerjon o‘rtamiyona o‘quvchi bo‘lgani, yurish-turishi yomon emasligi, o‘qituvchilarning gapiga quloq tutgani, intizomli ekanini bildirgan. Dalerjon jamoat ishlarida faol qatnashgani ta’kidlangan.

    Foto: Muzaffar Yoqubov / AsiaPlus
    “U shunday ish qilishini kutmagandik. Bunga qo‘li bormasdi, lekin odamlarni tushunib bo‘lmaydi. Balki bu ishni pul uchun qilgandir, balki aldangandir”, — deydi Yoqubov.

    G‘oyib bo‘lgan yoki ISHID safida: Dalerjonning akasi qayerda?

    Dalerjonning akalaridan biri 36 yoshli Ravshanjon 2016-yilda bedarak yo‘qolgan. Rasmiylar u Suriyaga ketgani va ISHID safiga qo‘shilganini aytmoqda, biroq rasmiy ma’lumot mavjud emas. Ravshanjonning qarindoshlari u terrorchilar safiga qo‘shilgani haqidagi gaplarga ishonmaydi.

    Gulrakat Mirzoyevaning aytishicha, g‘oyib bo‘lgunga qadar o‘g‘li Rossiya shaharlaridan birida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan. Shundan so‘ng u kasalxonada sil kasalligidan davolangan — jami 7 oy, kasalxonadan chiqishi bilanoq g‘oyib bo‘lgan.

    Foto: Barot Mirzoyev va Gulrakat Mirzoyeva

    Ota-onalarning aytishicha, Ravshanjon yo‘qolganidan keyin 8 yil davomida Dalerjon akasi bilan muloqotda bo‘lmagan. Tojikiston rasmiylari hozircha Ravshanjon Mirzoyev ISHID a’zosi ekanini rasman e’lon qilmagan. 

    “Uzoq bo‘lmaganida, Dalerjonni ko‘rgan bo‘lardik. Lekin biz nima qila olamiz? Hech narsa. Ularning taqdirini xudoga topshiramiz, toki ularning qalbiga rahm qilishsin va ularni ozod etishsin”, — deydi Dalerjonning onasi.
    Crocus’dagi terakt 22-mart kuni sodir bo‘lgan. “Piknik” guruhi konserti boshlanishidan biroz oldin avtomat bilan qurollangan to‘rt kishi konsert zaliga bostirib kirgan. Avvaliga odamlarga qarata o‘q uzishgan, keyin esa binoni ichkaridan yoqib yuborishgan. Hujum oqibatida 140 dan ortiq odam halok bo‘lgan, bir necha yuz kishi turli tan jarohat va talafotlar olgan. Teraktga aloqadorlikda ayblanib, bir necha Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan. ISHIDning Xuroson bo‘limi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Biroq Rossiya maxsus xizmatlari Ukrainani hujumga aloqadorlikda ayblagan. Rasman Ukraina teraktga aloqadorligini rad etadi.

    ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    23.04.2024, 12:59   Izoh (0)   27721
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Rossiyani aynan Crocus’da terakt bo‘lishidan ogohlantirgan — WP

    03.04.2024, 10:05

    Crocus City Hallʼga hujumda 6 nafar bola halok bo‘lgan — The Moscow Times

    03.04.2024, 17:45

    Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Crocus City Hallʼdagi teraktga aloqador yana 3 nafar shaxsni qo‘lga oldi

    04.04.2024, 19:55

    “Fransiya Crocus’dagi terakt bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega” — Makron

    05.04.2024, 16:38

    Crocus’dagi teraktda ayblanayotgan Tojikiston fuqarolarini so‘roq qilish jarayoni namoyish etildi (video)

    08.04.2024, 08:50

    Tojikiston Crocus City Hallʼga hujumda gumonlanganlarning qiynoqqa solinishini qoralab chiqdi

    13.04.2024, 08:42

    Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 

    16.04.2024, 16:00

    Crocus’da ishlagan barcha migrantlarning teraktga aloqadorligi tekshirilmoqda

    17.04.2024, 08:59

    Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi

    18.04.2024, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.