• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “tonirovka”ning taqiqlanishi, Shahrisabzning 1962-yilgi millioneri, Andijon tarixidagi eng vayronkor ikkinchi zilzila. O‘zbek matbuoti 20-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 20-may, juma

    “Badriddinovchilar ishi”ni ko‘rib chiqayotgan sud hay’atiga “Yangi Farg‘ona” gazetasi va uning ishchi-dehqon muxbirlaridan telegramma kelgan. Unda, jumladan, shunday deyiladi: “‘Yangi Farg‘ona’ gazetasining kollektivi va ishchi-dehqon muxbirlari proletar sudidan qora guruh Cho‘qayevning aksilinqilobiy qoldig‘i — qosimovchilarga, Badriddinov, Ahmedov va sheriklariga eng oliy jazo berilishini talab qiladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    “Badriddinovchilar sudi”ning navbatdagi tafsilotlari bilan quyida tanishish mumkin:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    So‘nggi kunlarda jahonning diqqat markazida turgan voqea — Hindistondagi diniy nizolar. Bombeydagi musulmonlar va hindilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 70 kishi halok bo‘lgani aytiladi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    Germaniyada “Hitler partiyasining tashqi siyosat programmasiga doir yashirin bir hujjat” e’lon qilingan. Ushbu programmada, jumladan, “Sho‘ro Ittifoqi bilan aloqani uzish” to‘g‘risida band bor.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    Toshkentning 1932-yilgi madaniy hayoti haqida: “Xiva” kinoteatrining yozgi zalida “Mulen Ruj” nomli chet el filmi qo‘yiladi. E’londa “16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomoshaga kirgizilmasligi” alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Qayd etish joiz, Amerikaning o‘zida ham “Mulen Ruj”ning (2001-yilda suratga olingan) eng yangisini 13 yoshdan kichik bolalar ko‘rishi tavsiya etilmaydi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 20-may sonidan lavha

    60 yil avval. 20-may, yakshanba

    1962-yil 19-may kuni SSSR Pioner tashkiloti tashkil etilganiga 40 yil to‘lgan. Shu munosabat bilan, Ittifoqning boshqa respublikalari poytaxtida bo‘lgani singari, Toshkentda ham bayram tantanalari bo‘lib o‘tgan. Unda toshkentlik maktab o‘quvchisi Natasha Sultonova O‘zbekiston yetakchisi Sharof Rashidovga “O‘zbekiston yosh leninchilarining pioner ikki yilligi qanday bajarilgani to‘g‘risidagi raportini” topshirgan. Shundan so‘ng “bir qancha o‘quvchilar minbarga chiqib, respublika partiya, sovet va jamoat tashkilotlarining rahbarlari, mehmonlarning bo‘yniga qizil galstuklar taqqan”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    Gazetaning shu sonida e’lon qilingan muhim xabarlardan biri — Amu-Qorako‘l kanalining birinchi navbati ishga tushirilgan:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    Sovetcha ibrat: “Bir kishi ikki kishining ishini qilyapti”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    1962-yilda haqiqiy ma’noda millionerga aylana olgan Shahrisabzdagi kushxona rahbari haqida fosh etuvchi qisqa material (buni 1980-yillarda uyushtirilgan “Paxta ishi”ga juda o‘xshash bo‘lgani bois, “Go‘sht ishi” desa ham bo‘ladi).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 20-may sonidan lavha

    30 yil avval. 20-may, chorshanba

    15-may kuni, Toshkentda MDH sammiti o‘tayotgan vaqtda zilzila yuz bergani, o‘shanda Islom Karimov majlisdagi qolgan hamkasblarini tinchlantirgani haqida avval yozilgandi. Islom Karimovning bunday harakat qilishiga zarurat tug‘ilgani bejiz emas — zilzila shu qadar vahimali va kuchli bo‘lganki, uning epitsentri Andijon katta zarar ko‘rgan.

    “Izboskan rayonidagi Tillaboyev, Yusupov, Telman, Oxunboboyev nomli, ‘Sharq yulduzi’, ‘Komsomol’ jamoa xo‘jaliklarida, ‘Oktabr 50 yilligi’ davlat xo‘jaligida yoqqan kuchli yomg‘ir jala-selga aylanib ketdi. Ko‘m-ko‘k yashnab turgan ekin maydonlari sathini suv qopladi. Oradan 6—7 soat o‘tgach, xuddi shu xo‘jaliklar hududi yo‘nalishida qattiq yer silkindi. Seysmologlarning qayd etishicha, uning quvvati 6—7 ballni tashkil etdi. Tarixiy manbalarga qaraganda, Andijonda bunday zilzila 1902-yildan so‘ng bo‘lmagan”, — deb yozadi “Xalq so‘zi” gazetasi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Birgina Izboskan tumanining o‘zida 18 mingdan ortiq bino turli darajada talofat ko‘rgan. “Viloyatning Paxtaobod, Andijon, Izboskan rayonlarida, umuman, viloyatda yerosti silkinishi deyarli har kuni qayd etilyapti. Odamlar tunni palatkalar, yog‘och so‘rilarda o‘tkazyapti. Maktablarning boshlang‘ich sinflarida mashg‘ulotlar 23-maygacha to‘xtatildi. Ishlab chiqarish korxonalarida dastlabki ikki kun davomida ish bo‘lmadi”, — deyiladi gazeta axborotida.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    19-may kuni hodisa joyiga prezident Islom Karimov kelgan. “O‘zbekiston ovozi”ning yozishicha, “Prezident Madaniyat qishlog‘ida Bektoshevlar xonadonida bo‘ldi. U yerda uch xo‘jalik istiqomat qiladi. Bu xonadon uy-joylari ham zilziladan jiddiy shikastlangandi. Prezident oila boshlig‘i bilan suhbatlashib, hukumat zilziladan zarar ko‘rgan barcha oilalarga, jumladan, Bektoshevlarga ham yangi uy qurib berishini, iqtisodiy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. Kishilarning omon qolganligi — katta baxt... Zilzila sodir bo‘lgan qishloq o‘rnida gazlashtirilgan, ichimlik suvi bilan ta’minlangan zamonaviy qo‘rg‘on barpo etiladi... Baxtimiz shuki, bu yerda odamlar nobud bo‘lmagan, dedi prezident”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Mamlakatdagi tabiiy ofatlar shu bilan cheklanib qolmagan. Samarqandda kuchli yog‘ingarchilik va do‘l sabab sel kelishi kuzatilgan, hodisa oqibati kamida uch kishi — bir ota ikki qizi bilan birgalikda halok bo‘lgan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Bekoboddagi sel toshqinlari oqibatida 32 ta xonadon va to‘rtta ko‘prik vayron bo‘lgan. “Shoshilinch ko‘rilgan ehtiyot choralari tufayli odamlar hayoti saqlab qolindi”, — deyiladi “Xalq so‘zi” xabarida.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    O‘zbekistonning bosh ko‘rgazmasi (hozirgi “O‘zekspomarkaz”)ning “Paxtachilik” pavilyonida Janubiy Koreyannig Samsung kompaniyasi “o‘zining rang-barang nafis buyumlarini o‘zbek ishbilarmonlarining diqqatiga havola etgan”. Ko‘rgazmaga prezident Islom Karimov bosh vazir Abdulhoshim Mutalov, tashqi ishlar vaziri Ubaydulla Abdurazzoqov va Toshkent hokimi Adhambek Fozilbekov hamrohligida tashrif buyurgan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Prezident haqida yana bir xabar — u o‘tgan hafta davomida Ro‘zi Nazarni ham qabul qilgan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    O‘zbekiston parlamentining Boysun, Qumqo‘rg‘on va Leninyo‘li (hozirgi Qiziriq) tumanlarining bir qism yerlari hisobidan Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish haqida qarori e’lon qilingan (bu tuman 2010-yil dekabrida tugatiladi, 2019-yil oktabrida esa qayta tiklanadi).

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    1992-yil 1-iyundan O‘zbekiston hududida yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari amal qila boshlashi kerak. Soha mas’ullari “Xalq so‘zi” muxbiri bilan bo‘lajak yangilanishlar haqida suhbatlasharkan, jumladan, shunday deydi: “Avtomobil oynalarini qoraytirib olganlarni ko‘p uchratamiz. Yangi qonunga ko‘ra, notabiiy oynalardan foydalanish taqiqlanadi”.

    Aynan shu qoidalar bilan bir vaqtda takroriy qoidabuzarliklar uchun og‘irroq jazolarni belgilovchi qonun ham qabul qilingan. Jurnalistning “Qoidabuzarlikning takrorlanishini qanday qayd etish mumkin?”, degan savoliga berilgan javob bunday: “Buning uchun bundan uch yil muqaddam bekor etilgan haydovchi guvohnomasining taloni qaytadan joriy etiladi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Qashshoqlar kasalligi” sarlavhasi ostida berilgan davra suhbatidan ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekistonda sil dardchiligiga yo‘liqish yuqori darajaga chiqib ketgan”, masalan, birgina “Samarqand viloyatida silga chalinganlar har yili o‘rtacha 4700 nafar atrofida bo‘lmoqda”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Dunyoda nima gap? Qrim parlamenti yarimorolning mustaqilligi to‘g‘risidagi hujjatni bekor qilish haqida qaror chiqargan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Nursulton Nazarboyev esa AQShda. U Chevron korporatsiyasi bilan kelgusi 40 yil davomida Qozog‘istonga 80 milliard dollar keltirishi mumkin bo‘lgan shartnoma imzolagan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Afg‘onistonda yana kelishmovchiliklar: “Mo‘jodiddiy isyonkor Hikmatyordan Kobuldagi boshqa mujohidlarga qarshi jangovar harakat boshlaganligi uchun kechirim so‘rashni talab qildi. Shundagina u hozirgi ma’muriyatda qatnashishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Hikmatyor bu talabni qabul qilgan, boshqa ma’lumotlarda aytilishicha, bu talabni qat’iy rad etib, uni haqoratomuz talab deb atagan. U mamlakat rahbariyatidagi hozirgi hokimiyat taqsimotidan norozi bo‘lib, yana 14 yilgacha fuqaro urushini davom ettirish bilan do‘q qilganligi haqida ham xabar olindi”. Baxtga qarshi, urush yana 29 yil davom etdi, balki hozir ham “to‘xtadi” deb bo‘lmas.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 20-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Qashqadaryolik 2 yoshli qori, O‘zbekiston—Ukraina do‘stligini saqlab qolishga harakat, “SSSRni tiklashga urinish ahmoqona niyatdir”. O‘zbek matbuoti 19-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Yasama yomg‘ir yog‘dirish institutining kashfiyoti, 1992-yilgi Taraqqiyot strategiyasi, “birorta ham sigir qisir qolmasligi lozim!”. O‘zbek matbuoti 18-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Xotinboz brigadir, maishatbozlikdan bo‘shamaydigan rais, jurnalistni hojatxona tozalashga majburlashda ayblangan prokuror. O‘zbek matbuoti 17-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    20.05.2022, 07:30   Izoh (0)   62267
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.