• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Og‘ir xastalikka chalingan, aktrisa bo‘lganidan afsuslangan “Qor malikasi” — Natalya Klimovaning taqdiri qanday kechdi?

    Natalya Klimova o‘zining qisqa muddatli kino faoliyati davomida atigi 10 ta filmda rol o‘ynagan. Uning “Qorqiz”, “Qor malikasi” va boshqa filmlardagi ajoyib rollari tomoshabinlar xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

    Ijodining boshlanishi

    Natalya Klimova (qizlik familiyasi — Malkina) 1938-yilda tug‘ilgan. Maktabni tugatgach, qurilish institutiga o‘qishga kiradi. Biroq birinchi kursdan so‘ng u aktrisa bo‘lishni xohlayotganini tushunadi. U hujjatlarini MXAT maktab-studiyasiga topshirib, barcha imtihonlardan o‘tadi. 1963-yilda Natalya o‘qishni tugatadi — shu yili “Ibtido va intiho” filmida o‘zining birinchi va shu bilan birga asosiy rolini o‘ynaydi.

    Otashin muhabbat

    Bir muncha vaqt aktrisa “Zamondosh” teatrida ishlagan, ammo o‘zi hayotining o‘sha davrini eslashni yoqtirmaydi. Natalya Ivanovna shunday deydi: “Zamondosh” dahshatli joy edi — xuddi bo‘rixona, unda aktyorlar bir-birini g‘ajib tashlashardi. U yerda nafrat va hasad hukmronlik qilardi”. U yerda faqat Vladimir Zamanskiy bilan birga ishlash yoqardi xolos.

    O‘sha vaqtlarda Vladimirning yashaydigan joyi yo‘q edi, shuning uchun u teatr omborxonasida tunab yuradi. Bir kuni Natalya Zamanskiy sovqotganini o‘ylab, unga qo‘lqop olib keladi, aktyor qizdan juda minnatdor edi, lekin evaziga hech narsa taklif qila olmaydi. Garchand Klimovaning e’tirof etishicha, ular bir ko‘rishdayoq sevib qolmagan bo‘lsalar-da, ularning ishqiy munosabatlari shu tariqa boshlanadi.

    4-kursda aktrisa homilador bo‘lib qoladi, lekin abort qildiradi, keyinchalik bu ishidan juda afsuslanadi. Natalya Ivanovna: “Ahmoqlik qildim...” der, Zamanskiy esa ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan holda: “Xudbinlik...” deydi.

    1962-yilda yashash joyi bo‘lmasa-da, yoshlar turmush quradi. Aytgancha, aktrisaning eri undan 12 yosh katta, ammo yoshdagi bunday farq aktyorlarning shaxsiy baxtini qurishiga to‘sqinlik qilmaydi.

    Natalya Klimovaning yulduzlik davri

    Kinodagi debyutidan bir yil o‘tgach, Natalya “O‘rtoq Arseniy” filmida rol ijro etadi. 1965-yilda u “Muhandis Garinning giperboloidi” filmida Zoya Monroz obrazini yaratadi, biroq bu rol na tomoshabinlar, na tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanadi. Shunga qaramay, filmning o‘zi Triestdagi Italiya kinofestivalida mukofotga sazovor bo‘ladi.

    1966-yil aktrisa uchun chinakam shuhrat keltirgan yil bo‘ladi. O‘sha paytda u ekranlarda aynan shu nomdagi filmda Qor malikasi rolida namoyon bo‘ladi. Aytish joizki, bugungi kunda ham tomoshabinlar bu filmni zavq bilan tomosha qilishadi.

    Shundan so‘ng erkaklar Natalyaga haddan tashqari ko‘p e’tibor bera boshlashadi. Bundan jahli chiqqan eri xotinini rashk qilib, janjal chiqaradi. 1970-yillarning o‘rtalarida Klimova Zamanskiyni tashlab, Igor Klimovga turmushga chiqadi. Biroq 2 yil o‘tgach, sobiq eri Vladimir bilan yarashadi, ammo ikkinchi erining familiyasida qoladi.

    Og‘ir kasallik

    Natalya Ivanovna ishtirokidagi so‘nggi film 1970-yilda chiqdi, shundan so‘ng u suratga tushishni to‘xtatadi. Aktrisa teatrdan ham ketadi. Biroq bularning barchasi Klimovaning o‘z ixtiyori bilan sodir bo‘lmaydi, chunki o‘sha davrda unga sil tashxisi qo‘yilgandi, bu esa uzoq muddatli davolanishni talab qilardi. Ayol tashqi dunyodan butunlay ajralib, o‘ziga kelguncha eri faol ishlashda davom etadi va 1989-yilda Xalq artisti unvonini oladi.

    90-yillarning boshiga kelib aktrisa butunlay sog‘ayadi. Aslida Klimova kasalligi tufayli kino va teatrdan voz kechganidan minnatdor edi, chunki Natalya ko‘pincha noto‘g‘ri yo‘l tanlaganidan afsuslanardi.

    Shahardan ko‘chib kelish va osoyishta hayot

    Oxir-oqibat er-xotin katta shahar tashvishlaridan charchaganliklarini tushunib, Muromga ko‘chib o‘tishadi. U yerdan 1998-yilda ular ilgari hammom bo‘lgan hovlini sotib olib, hayotlarini yo‘lga qo‘yishadi. Ular bog‘ga mevali daraxtlar ekib, sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanishadi.

    Aktyorlar shaxsiy hayotlarini ovoza qilmaslikni afzal ko‘radi. Klimova hozirda juda zaif bo‘lib qolgan eriga g‘amxo‘rlik qiladi. “Men tirikman, chunki meni Natalya Ivanovna sudrab yuribdi” deb tan oladi Zamanskiy. Muromda bu juftlikka katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi va har doim ularga yordam berishga tayyor turishadi.

    Natalya Ivanovna o‘zining aktrisalik faoliyatini eslashni yoqtirmaydi. Klimovaning fikricha, aktyorlik kasbida odam ko‘p narsadan voz kechishga va hatto o‘z tabiatiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan yo‘l tutishga majbur bo‘ladi.

    Er-xotin juda kamtarona hayot kechiradi, ammo hamma narsa yetarli ekanligini ta’kidlashadi. 2024-yilda Natalya Ivanovna 86 yoshga, Vladimir Petrovich esa 98 yoshga to‘ldi. Aktrisa turmush o‘rtog‘ini yo‘qotishdan juda qo‘rqadi — “Yolg‘iz qolishim mumkinligi haqidagi fikr men uchun chidab bo‘lmas darajada og‘ir”, deydi u.

    3 yanvar, 12:42   Izoh (0)   13136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sovet filmlari#“Qor malikasi”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ayoz bobo” filmidagi yoqimtoy aktrisa — Natalya Sedixning hayoti qanday kechdi?

    11.01.2021, 19:42

    “Ayoz bobo” ertak-filmi aktyorlarining taqdiri qanday kechdi (foto)

    23.01.2021, 10:43

    Bag‘dodda hammayoq tinch: “Olovuddinning sehrli chirog‘i” filmidagi bosh qahramonlar bugun qanday ko‘rinishda? (foto)

    03.12.2021, 13:39

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    03.01.2022, 16:42

    Suratga olish jarayonida qahramonlaridan kam bo‘lmagan sinovlardan o‘tgan mashhur sovet aktyorlari (foto)

    22.12.2022, 10:24

    Yil hisoboti: 2022-yilning eng kassabop filmlari

    23.12.2022, 10:55

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    31.12.2022, 16:48

    Yerga sochilgan 6 tonna apelsin: “Cheburashka” filmi qanday suratga olingan?

    13.01.2023, 20:47

    “Kavkaz asirasi”, “Brilliant qo‘l”, “Gugurtga ketib”:  Leonid Gaydayning qayta-qayta tomosha qilsak-da, zeriktirmaydigan klassik filmlari

    01.02.2023, 21:43

    AQSHning “ko‘rinmas” kuchi: Amerika sirlarini oshkor etgan asar haqida

    12.10.2023, 20:40

    “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining xalqaro va milliy OAVda yoritilishi

    12.10.2023, 20:04

    Chingachguk 84 yoshda: Eng mashhur “sovet hindusi” Goyko Mitichning taqdiri qanday kechgan?  

    15.01.2024, 15:50

    “U o‘lishni xohlardi, unga intilardi, u haqda orzu qilardi”. Taqdiri fojiali yakunlangan sovet kinosining mashhur aktyorlari

    10.02.2024, 16:40

    “Zita va Gita” filmi qanday suratga olingan: suratga olish maydonchasidan kadrlar va film haqidagi 13 ta qiziqarli fakt

    02.03.2024, 11:50

    Sevimli ertaklarimizdan boshqa rollarda tanib olish qiyin bo‘lgan sovet aktyor va aktrisalari

    07.08.2024, 13:29

    Yillar o‘tsa ham Hindistonning eng talabgir aktyori bo‘lib qolgan Amitabh Bachchan hozirda nimalar bilan band?

    22.10.2024, 11:30

    SSSR kinoprokatining mutlaq yetakchisi “Yeseniya” filmining bosh qahramoni  50 yildan so‘ng qanday ko‘rinishda? 

    06.11.2024, 21:25

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    11.12.2024, 16:50

    Avgustda olingan qahraton qish, yerto‘ladagi hammom: Sovet filmlari qanday suratga olingani haqida ko‘pchilik bilmaydigan faktlar

    17.12.2024, 14:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Misrga 35 milliard dollarlik tabiiy gaz sotadi

    Dunyo | 7 avgust, 16:22

    O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 16:18

    “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 7 avgust, 16:07

    Fransiya memorial yodgorlik yonida sigaret tutatgan erkakning fuqaroligini bekor qildi

    Dunyo | 7 avgust, 16:05

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    Layfstayl | 7 avgust, 15:57

    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

    Reklama | 7 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:45

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:13

    Xitoy chivinlar tarqatayotgan virusga qarshi dronlarni ishga soldi

    Dunyo | 7 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.