• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Karyerasining cho‘qqisida kinodan ketgan, hozirda osoyishta hayot kechirayotgan “Qor malikasi” — Natalya Klimovaning taqdiri qanday kechdi?

    Natalya Klimova o‘zining qisqa muddatli kino faoliyati davomida atigi 10 ta filmda rol o‘ynagan. Uning “Qorqiz”, “Qor malikasi” va boshqa filmlardagi ajoyib rollari tomoshabinlar xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

    Ijodining boshlanishi

    Natalya Klimova (qizlik familiyasi — Malkina) 1938-yilda tug‘ilgan. Maktabni tugatgach, qurilish institutiga o‘qishga kiradi. Biroq birinchi kursdan so‘ng u aktrisa bo‘lishni xohlayotganini tushunadi. U hujjatlarini MXAT maktab-studiyasiga topshirib, barcha imtihonlardan o‘tadi. 1963-yilda Natalya o‘qishni tugatadi — shu yili “Ibtido va intiho” filmida o‘zining birinchi va shu bilan birga asosiy rolini o‘ynaydi.

    Otashin muhabbat

    Bir muncha vaqt aktrisa “Zamondosh” teatrida ishlagan, ammo o‘zi hayotining o‘sha davrini eslashni yoqtirmaydi. Natalya Ivanovna shunday deydi: “Zamondosh” dahshatli joy edi — xuddi bo‘rixona, unda aktyorlar bir-birini g‘ajib tashlashardi. U yerda nafrat va hasad hukmronlik qilardi”. U yerda faqat Vladimir Zamanskiy bilan birga ishlash yoqardi xolos.

    O‘sha vaqtlarda Vladimirning yashaydigan joyi yo‘q edi, shuning uchun u teatr omborxonasida tunab yuradi. Bir kuni Natalya Zamanskiy sovqotganini o‘ylab, unga qo‘lqop olib keladi, aktyor qizdan juda minnatdor edi, lekin evaziga hech narsa taklif qila olmaydi. Garchand Klimovaning e’tirof etishicha, ular bir ko‘rishdayoq sevib qolmagan bo‘lsalar-da, ularning ishqiy munosabatlari shu tariqa boshlanadi.

    4-kursda aktrisa homilador bo‘lib qoladi, lekin abort qildiradi, keyinchalik bu ishidan juda afsuslanadi. Natalya Ivanovna: “Ahmoqlik qildim...” der, Zamanskiy esa ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan holda: “Xudbinlik...” deydi.

    1962-yilda yashash joyi bo‘lmasa-da, yoshlar turmush quradi. Aytgancha, aktrisaning eri undan 12 yosh katta, ammo yoshdagi bunday farq aktyorlarning shaxsiy baxtini qurishiga to‘sqinlik qilmaydi.

    Natalya Klimovaning yulduzlik davri

    Kinodagi debyutidan bir yil o‘tgach, Natalya “O‘rtoq Arseniy” filmida rol ijro etadi. 1965-yilda u “Muhandis Garinning giperboloidi” filmida Zoya Monroz obrazini yaratadi, biroq bu rol na tomoshabinlar, na tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanadi. Shunga qaramay, filmning o‘zi Triestdagi Italiya kinofestivalida mukofotga sazovor bo‘ladi.

    1966-yil aktrisa uchun chinakam shuhrat keltirgan yil bo‘ladi. O‘sha paytda u ekranlarda aynan shu nomdagi filmda Qor malikasi rolida namoyon bo‘ladi. Aytish joizki, bugungi kunda ham tomoshabinlar bu filmni zavq bilan tomosha qilishadi.

    Shundan so‘ng erkaklar Natalyaga haddan tashqari ko‘p e’tibor bera boshlashadi. Bundan jahli chiqqan eri xotinini rashk qilib, janjal chiqaradi. 1970-yillarning o‘rtalarida Klimova Zamanskiyni tashlab, Igor Klimovga turmushga chiqadi. Biroq 2 yil o‘tgach, sobiq eri Vladimir bilan yarashadi, ammo ikkinchi erining familiyasida qoladi.

    Og‘ir kasallik

    Natalya Ivanovna ishtirokidagi so‘nggi film 1970-yilda chiqdi, shundan so‘ng u suratga tushishni to‘xtatadi. Aktrisa teatrdan ham ketadi. Biroq bularning barchasi Klimovaning o‘z ixtiyori bilan sodir bo‘lmaydi, chunki o‘sha davrda unga sil tashxisi qo‘yilgandi, bu esa uzoq muddatli davolanishni talab qilardi. Ayol tashqi dunyodan butunlay ajralib, o‘ziga kelguncha eri faol ishlashda davom etadi va 1989-yilda Xalq artisti unvonini oladi.

    90-yillarning boshiga kelib aktrisa butunlay sog‘ayadi. Aslida Klimova kasalligi tufayli kino va teatrdan voz kechganidan minnatdor edi, chunki Natalya ko‘pincha noto‘g‘ri yo‘l tanlaganidan afsuslanardi.

    Shahardan ko‘chib keyish va osoyishta hayot

    Oxir-oqibat er-xotin katta shahar tashvishlaridan charchaganliklarini tushunib, Muromga ko‘chib o‘tishadi. U yerdan 1998-yilda ular ilgari hammom bo‘lgan hovli sotib olib, hayotlarini yo‘lga qo‘yishadi. Ular bog‘ga olma va olcha ekib, sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanishdi.

    Aktyorlar shaxsiy hayotlarini ovoza qilmaslikni afzal ko‘radi. Klimova hozirda juda zaif bo‘lib qolgan eriga qaraydi. “Men tirikman, chunki meni Natalya Ivanovna sudrab yuribdi” deb tan oladi Zamanskiy. Muromda bu juftlikka katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi va har doim ularga yordam berishga tayyor turishadi.

    Natalya Ivanovna o‘zining aktrisalik faoliyatini eslashni yoqtirmaydi. Klimovaning fikricha, aktyorlik kasbida odam ko‘p narsadan voz kechishga va hatto o‘z tabiatiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan yo‘l tutishga majbur bo‘ladi.

    Er-xotin juda kamtarona hayot kechiradi, ammo hamma narsa yetarli ekanligini ta’kidlashadi. Bu yil Natalya Ivanovna 86 yoshga, Vladimir Petrovich esa 98 yoshga to‘ldi. Aktrisa turmush o‘rtog‘ini yo‘qotishdan juda qo‘rqadi — “Yolg‘iz qolishim mumkinligi haqidagi fikr men uchun chidab bo‘lmas darajada og‘ir”. deydi u.

    03.10.2024, 09:55   Izoh (0)   28053
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Qor malikasi#sovet aktyorlari

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “Qor malikasi” Yangi yil myuzikli namoyish etiladi

    28.11.2016, 11:15

    “Qor malikasi”: Yangi yilga ertak bilan

    19.12.2017, 11:00

    “Ayoz bobo”, “Qor malikasi” kabi mashhur filmlardagi aktyor bolalarning hozirgi ko‘rinishi (foto)

    11.09.2020, 14:34

    “Qor malikasi” 55 yoshda: Filmdagi Gerda, Kay va qaroqchi qizning taqdiri qanday kechdi?

    01.12.2021, 21:38

    Instagram: O‘zi tarqatgan mish-mishga izoh bergan Sharof Muqimov, “Qalpoq”chilardan “Qor malikasi” filmiga parodiya, turmush o‘rtog‘ining suratini ko‘rsatgan Zarin...

    27.12.2021, 22:59

    Suratga olish jarayonida qahramonlaridan kam bo‘lmagan sinovlardan o‘tgan mashhur sovet aktyorlari (foto)

    22.12.2022, 10:24

    Kasallik, teatr, bevaqt o‘lim: “Qor malikasi” ertak-filmi aktyorlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    04.01.2023, 18:30

    Mashhur obrazlari uchun kam haq to‘langan sovet aktyorlari  

    12.02.2023, 15:23

    “Ayoz bobo”, “Qor malikasi” kabi mashhur filmlardagi aktyor bolalar hozir qanday ko‘rinishda? (foto) 

    11.12.2023, 12:30

    Jahon kinosining marvaridiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    12.12.2023, 09:18

    Yelim, bo‘yoq, hatto benzin: grim tufayli tashqi ko‘rinishiga zarar yetgan sovet aktyorlari (foto)

    07.03.2024, 11:50

    Mashhurlik olib kelgan obrazlarini yoqtirmagan sovet aktyorlari (foto)

    16.04.2024, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.