So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Madaniyat

    Firdavs Abduholiqov: Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekfilm”ga tashrifi, efirlarda turk seriallarining kamayishi va “O‘zbekkino”ga nisbatan tanqidlar haqida

    23.11.2020, 10:25 17028

    O‘zbekiston Prezidenti 20-noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasining zamonaviy qiyofa kasb etgan yangi binosi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev kinematografiya vakillari bilan uchrashuvda o‘zbek kinosini yanada rivojlantirishga taalluqli o‘zining bir qator taklif va fikrlarini ham bildirgandi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov o‘zbek kino san’ati uchun tarixiy kun sifatida baholanayotgan mazkur uchrashuvdan so‘ng qanday ishlar amalga oshirilishiga qiziqib, “O‘zbekkino” Milliy agentligi direktori Firdavs Abduholiqovga bir qancha savollar bilan yuzlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Mamlakat rahbarining kino ijodkorlar bilan uchrashuvi hamda soha rivojiga oid takliflari borasida fikrlaringiz qanday?

    — Prezidentimizning tashrifi “O‘zbekkino” uchun, o‘zbek kino san’ati uchun oltin va tarixiy kun bo‘ldi. Chunki yillar davomida tashlandiq holatda bo‘lgan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi binosi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangidan ishga tushirildi. Hozir biroz hayajondaman, sababi bu juda ko‘plab kino ijodkorlarning orzu-havasi edi. Biz mana shu kunni kutgandik. Nega? Chunki bu binoning o‘zi tarixiy inshoot. Uning qurilganiga 60 yildan oshdi. Bu yerda buyuk ijodkorlar ishlagan, dunyoga mashhur kino asarlar yaratilgan. “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tashkil qilinganiga bu yil 95 yil to‘ldi. Agar “Markaziy Osiyoda kinoning vatani qayerda?”, deb so‘rashsa, albatta, O‘zbekiston deyishadi. Buni hamma biladi. Negaki 1910-yilda birinchi o‘zbek operatori Xudoyberdi Devonov qo‘lida kamera ko‘tarib, ilk kadrlarni suratga olgan.

    Tarixiy kun deyishimning yana bir sababi shuki, Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilgan ikkita suratga olish pavilyoni ishga tushirildi. Shuningdek, ikkita studiya ham yaratdik. Bu sharoitlar o‘zbek kinosining barcha vakillari: rejissorlar, texnik xodimlar, pardozchilar uchun juda katta turtki bo‘ladi, zavqlanib ijod qilish va kino sohasi rivojiga hissa qo‘shish imkonini beradi. Mamlakat rahbari “Bu yerga xushxabarlar bilan keldim”, deya barchaning ko‘nglini ko‘tardi. Buzilib ketgan “Kinochilar uyi”ni qayta tiklash, kinoarboblar uchun ikkita ko‘p qavatli uylar qurish, Kinoakademiya tashkil etish, texnikalar bazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Suhbatimiz juda samimiy va yaxshi kayfiyatda o‘tdi. Bundan tashqari, “Toshkent” kinofestivalini ham qayta tiklash haqida so‘z yuritganida, bu yangilik qarsaklar bilan kutib olindi. Bu nafaqat o‘zbek kinosi, balki san’atsevar yurtdoshlarimiz uchun ham quvonchli xabar bo‘lgani, shubhasiz.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    -— Uchrashuvda davlat rahbari “O‘zbek tomoshabini faqat chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak”, degan fikrlarni ham bildirdi. Xo‘sh, agentlik bu mulohazalardan so‘ng qanday loyihalar ustida ish olib borishni rejalashtirmoqda?

    — Prezidentimiz milliy seriallarni ishlab chiqish va ko‘paytirish, mana shu yo‘nalishda nodavlat telekanallarga yordam berish bo‘yicha ancha avval topshiriq bergan edi. To‘g‘ri, xususiy telekanallar mazkur yo‘nalishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Lekin tan olish ham kerakki, bugun xorij seriallari efirlarda ko‘payib ketgan. Buni barchamiz ko‘rib turibmiz, tomoshabinlardan o‘rinli savollar kelib tushmoqda. Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasidan kelib chiqqan holda nodavlat telekanallar bilan hamkorlikda o‘nlab loyihalarni tayyorladik. Ayni vaqtda 12 ta serial yaratish ustida ishlar ketmoqda.

    Ushbu loyihalarni amalga oshirish jarayonida agentligimiz ham, albatta, yaqindan ko‘maklashadi. Birinchi navbatda, “O‘zbekfilm”ning yangi ochilgan pavilyonlarida o‘qituvchilar va shifokorlar haqidagi seriallarni suratga olinishiga sharoit yaratib beramiz. Bundan tashqari, har bitta seriya uchun davlat budjeti hisobidan “O‘zbekkino” 15 million so‘mdan pul beradigan bo‘ldi. Xarajatning 50 foizi, ya’ni 15 million so‘m esa nodavlat telekanal hisobidan qoplanadi. Maqsadimiz — shu yo‘l orqali o‘sha serial saviyasini ko‘tarish. Nazarimda, milliy seriallarni yaratish umummilliy ish. Misol uchun, shifokorlarga bag‘ishlab ishlanadigan serial bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi, soha mutaxassislari va albatta, tomoshabinlar, jamoatchilik ham o‘z takliflarini bildirishi lozim.

    — Demak, siz ta’kidlab o‘tgan 12 ta serial suratga olinib, telekanallar orqali ommaga namoyish etilgach, efirlarda turk, koreys seriallari soni ancha kamayadi. Shundaymi?

    —Albatta. Chunki biz respublika aholisining aksariyati tomosha qiladigan to‘rtta nodavlat telekanallar bilan uchtadan serial yaratish bo‘yicha kelishuvga erishganmiz. Ikki, uch oy ichida 12 ta serialni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Uzog‘i bilan 2021-yilning ilk davridan namoyish qilish boshlanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

     — Saviyali seriallar olish uchun puxta ssenariylar yozishga ikki oy qisqa muddat emasmi?

    — Har qanday teleasarning sifati avvalo, ssenariyga bog‘liq. Yaxshi ssenariy bo‘lmasa, mahsulot ham puxta chiqmaydi. Biz seriallarni olish masalasi bo‘yicha harakatni avgust oyidayoq boshlab yuborganmiz. To‘g‘risini aytish kerak, har bir nodavlat telekanalning o‘zida zaxira ssenariylar ham bor edi. O‘tgan vaqt mobaynida ssenaristlar, ekspertlarni taklif etgan holda o‘sha ssenariylarni yanada boyitishga harakat qildik. Seriallar ommaga havola etilganidan so‘ng ularga nisbatan muxlis va mutaxassislar tomonidan ijobiy yoki tanqid fikrlar bildirilishi tabiiy holat. Ammo bu biz uchun birinchi katta qadam. Bu borada hali katta tajribaga ega emasmiz. Sekin-asta xususiy telekanallar, kino ijodkorlar va “O‘zbekkino” mutasaddilari bir yoqadan bosh chiqarib, sifatli seriallar tasvirga tushiramiz. Qisqasi, birlashib, faqat oldinga intilamiz, orqaga yo‘l yo‘q.

    — Sizningcha, “O‘zbekkino”ga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarning nisbatan kamayishiga qancha vaqt kerak bo‘ladi?

    — Faoliyatimizga nisbatan ijobiy fikrlar ham, tanqidiy munosabatlar ham bo‘ladi. Tanqidiy fikrlar haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi navbatda bugun kino ijodkorlarni birlashtirishimiz kerak. Chunki ular shuncha yil davomida ham raqobat, ham sharoit nuqtayi nazardan tarqoq holatda bo‘lishgan, turli muammolar paydo bo‘lgan. “O‘zbekfilm”ning yangi binosi va bugungi tarixiy kun (21-noyabr nazarda tutilmoqda – tahr.) kino ijodkorlarni yanada birlashtiradi, bir-biri bilan muloqot qilib, tajriba almashishiga, do‘stlikka, hamjihatlikka va albatta, tanqidlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Birgalikda juda katta vazifalarni amalga oshiramiz.

    — Samimiy suhbat uchun katta rahmat!

    Mavzuga doir:

    • “O‘zbek tomoshabini chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak”. Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekfilm”da kinochilar bilan uchrashdi
    • Shavkat Mirziyoyev maktablarga Shukur Burhonov, Lutfixonim Sarimsoqova, Hamza Umarov kabi aktyorlar nomini berishni taklif qildi
    • Foto: Ta’mirdan chiqqan “O‘zbekfilm”
    • 100 dan ortiq kinoijodkor “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov ustidan Abdulla Aripovga shikoyat qildi
    • O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kinoijodkorlar bilan uchrashdi
    • 2017—2019-yillarda kino sohasida 17 milliard so‘mlik mablag‘ noto‘g‘ri sarflangani ma’lum bo‘ldi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Atletiko” muxlislari derbi oldidan “Real” muxlisi bo‘lgan qora tanli ayolga hujum uyushtirib, uni haqorat qildi

    Bugun, 01:10

    Putinning 90-yillardagi ta’tilidan arxiv kadr namoyish qilindi (video)

    Kecha, 23:55

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    Kecha, 23:35

    “Rossiya-Belarus rejasi o‘xshamadi”: Polsha Belarusni chegarani buzib o‘tishga urinishda aybladi (video)

    Kecha, 23:25

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    Kecha, 22:43

    APL. “Arsenal” London derbisida “Tottenhem” bilan durang o‘ynadi, “Liverpul” ishonchli g‘alabaga erishdi, “Chelsi” o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Kecha, 22:30

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    Kecha, 22:25

    Qirg‘izistonda pensiya jamg‘armalari oltinga investitsiya qilinishi mumkin

    Kecha, 22:18

    Superliga. “Bunyodkor” safarda “Nasaf”ni mag‘lub etdi, “Paxtakor” “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 22:01

    Pokistonga xavfsizlik masalalarida yordam bera olamiz — “Tolibon”

    Kecha, 21:20

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    09:00 / 24.09.2023

    “Bolalar haqqiga qilinayotgan xiyonat”. Samarqanddagi bog‘chada bolalar ovqatidan go‘sht kam chiqqani aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirildi

    11:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?