• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Qora bozor” sabab qochoqqa aylangan, Ozoda Nursaidova bilan arazlashgan va o‘ldiga chiqarilgan Halima Ibragimova 44 yoshda (foto, video)

    Komik aktrisa Halima Ibragimovaning rollaridan ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuvlari ko‘proq bahslarga sabab bo‘ladi. Agar shartaki va janjalkash Halimaxon Ibrohimovaning hayot va ijodiga qiziqsangiz, albatta, quyidagi maʼlumotlarni o‘qing.

    “Prokuror bo‘laman, derdim”

    Aktrisa Halima Ibragimova 1979-yili Ubaydulla va Munira Ibragimovalar oilasida uchinchi qiz farzand bo‘lib dunyoga kelgan. Aktrisa bolaligini faqat shirin xotiralar bilan eslaydi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Bolaligim juda ajoyib o‘tgan. Rahmatli otamning mahalla-ko‘yda hurmati baland edi. Ubaydulla akaning qiziman, desam hamma tanirdi. Chunki otam yuqori lavozimda ishlagan, qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydigan, sahiy inson bo‘lgan. Onam esa to‘rt qizining tarbiyasi bilan band edi. Otam hamisha ko‘nglimizga qarar, og‘zimizdan chiqqanini muhayyo qilardi. Onam esa aksincha, nihoyatda qattiqqo‘l va hamma qizidan uy ishlarini qilishni talab qiladigan ayol edi. Otam kechasi ko‘chada yurishimizni istamasdi, soat oltidan keyin hech kim ko‘chaga chiqmasdi.

    Bolaligimda sanʼatga umuman qiziqish bo‘lmagan, prokuror bo‘laman deb niyat qilardim. Shu sabab uch marta huquqshunoslik kollejiga ham o‘qishga topshirganman. Ammo qabul qilishmagan, — deydi aktrisa.

    “16 yoshimda otamdan ayrildim”

    Aktrisa otasining o‘limi bilan bog‘liq voqealarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Skrin

    — Otam rahmatli 16 yoshimda yurak xurujidan vafot etgan. O‘shanda otam endigina 42 yoshni qarshilagandi. Otam yaxshi pul topadigan inson bo‘lgan. Ammo topganini jamg‘arib qo‘ymay, odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘rardi. Zinadan yiqilib tushgani haqida xabar keldi. Keyin bilsak, o‘shanda birinchi infarktni boshdan kechirgan ekan. Oradan ko‘p o‘tmay, yana tobi qochdi. Kasalxonaga birga borganman, otam qo‘limda jon bergan, — deydi aktrisa.

    “Bozorda tirikchilik qilishga majbur bo‘ldim”

    Oilaning moliyaviy ahvoli sabab aktrisa ishlashga majbur bo‘lgani haqida gapirishdan uyalmaydi.

    Foto: Skrin

    — Otam davrida oilamiz moliyaviy jihatdan umuman qiynalmagan. Katta yeb, katta ichishga o‘rganib qolganimiz uchun otamning vafotidan keyin ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Otamning o‘limidan keyin singlim bir bolasi bilan ota uyimizga qaytib keldi. Uch ayol uydamiz, yosh bolaning ham o‘ziga yarasha harajatlari bor. O‘ylab-o‘ylab, oxiri “qora bozor”da tirikchilik qilishga majbur bo‘ldim. Chunki vaziyat shu darajaga yetgandiki, ro‘zg‘or uchun uydagi texnika yoki mebellarni sotishni boshlagandik. Sarmoyaga kiritadigan mablag‘im bo‘lmagani uchun boshqalarga ishchi edim. Yaʼni kunlik ishim uchun haq olardim. Undan keyin yetti yil mobaynida “Farhod” bozorida ishlaganman. Bozor meni tarbiyalab, hayot maktabini o‘rgatgan, desam ham bo‘ladi, — deydi Halima Ibragimova.

    “Avval feʼlim bunday emasdi”

    Aktrisa asabiy bo‘lib qolishiga atrofdagilar sababchi bo‘lgani haqida ham aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Baʼzan asabiylashib, og‘ir gapirib yuborishimni bilaman. Men ham onamning qornidan shunday tug‘ilmaganman. O‘zgarishimga odamlarning o‘zi sababchi bo‘lgan. Bozorda haqqimni talab qilib, baqir-chaqir qilmasam, non topolmasligimni tushunganimdan keyin o‘zgarganman. Bozor katta maydon, unda faqat kuchlilar non topadi. Ishlashni boshlaganimdan keyin oilamizning moliyaviy ahvoli ancha yaxshilangan. Ammo olti yildan keyin onam ham yurak xuruji bilan kasalxonada vafot etgan. Onamdan 22 yoshimda yetim qolganman, — deydi aktrisa.

    “Shukurullo Isroilov to‘yda ko‘rib, qo‘ng‘iroq qilgan”

    Aktrisa sanʼatga qiziqqani va Shukurullo Isroilov bilan tanishuvini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Sanʼatkor bo‘lishimda Shukurullo Isroilovning o‘rni katta. Shu boisdan ham u insonni ustozim deb bilaman. Bir kuni to‘yga borganmiz, xizmatga Shukurullo aka kelgan. Qizlar bilan hazil-huzul qilib raqsga tushganman. Harakatlarimni Shukurullo Isroilov kuzatib o‘tirgan ekan. O‘shanda gala-konsertga tayyorgarlik ko‘rishayotgan bo‘lgan. Xullas, to‘yning egasiga qo‘ng‘iroq qilib, mening raqamimni olgan. “Konsertga chiqasanmi?” deganida qo‘rqqanman. Ammo o‘sha paytdagi ruhiy holatimda nimanidir o‘zgartirishim kerak edi. Rozi bo‘lganman, eng qizig‘i, tomoshamiz barchaga manzur bo‘lgan. Ana shundan keyin institutga hujjat topshirganman va Drama aktyorligi bo‘limida tahsil olganman, — deydi aktrisa.

    “Turmushga chiqish ko‘nglimga sig‘magan”

    Aktrisa oilaviy sharoiti sabab vaqtida turmushga chiqolmagani, ammo bundan afsuslanmasligini aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Yashirmayman, bir marta 22 yoshimda sovchi kelgan. Ammo rad javobini berganman. Chunki u paytda turmushga chiqish haqida o‘ylab ham ko‘rolmasdim. Onam og‘ir kasal, singlim bilan navbatma-navbat uxlamay onamning oldida o‘tirardik. Shu sabab oila qurish xayolimga ham kelmagan.

    Ota-onamning o‘limidan keyin siqilib qolganman. Atrofimdagi insonlarning bari yigitlar edi. Chunki bolalikdan qizlar bilan chiqishmayman. Ular bilan diskotekalarga borardim, sochlarimni ham ulardek kestirib yurardim. 28 yoshimda esa menga oila qurish taklifini berishdi. Avvaligi ustimdan kulyapti deb o‘yladim, — deydi aktrisa.

    “Turmush o‘rtog‘imni ko‘rib, yosh bola-ku, deganman”

    Aktrisa nega o‘zidan 7 yosh kichik yigit bilan oila qurgani va to‘ydan avvalgi “shartnoma”lar haqida quyidagilarni gapiradi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Turmush o‘rtog‘im katta opamning qo‘shnisi bo‘lgan. O‘g‘il to‘y qilamiz deb uyni taʼmirlatayotganimizda pochcham hasharga olib kelgan. Avvaliga pochcham “Senga uylanmoqchi”, deganida “Ustimdan kulyapsizmi, hali yosh bola-ku”, deganman. Chunki u paytda men 28 yoshda, turmush o‘rtog‘im esa 21 yoshda bo‘lgan. Keyin qaynonam sovchilikka kelgan. “Baribir oila qurib, farzandli bo‘lishing kerak”, deyishganidan keyin oila qurganman. “Halima eri bilan 10 yilga shartnoma tuzgan, puliga uylangan”, degan gap-so‘zlar mutlaqo asossiz. Bu insonni boshimga musibat tushganida ham sinaganman. Oldimda do‘stlarim qolmaganda, u inson qo‘llab-quvvatlagan, — deydi aktrisa.

    “Qaynonamga rostini aytganman”

    Aktrisa o‘z-o‘zini turmushga bergani va uning feʼl-atvorini qaynona va qaynotasi qanday qabul qilgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — 28 yoshimda o‘zimni o‘zgartirishim qiyin edi. Shu bois turmush o‘rtog‘imga “borimcha qabul qilolasizmi?” deganman. Soxtalikni yomon ko‘raman, atrofdagilarning ko‘ziga boshqacha bo‘lib ko‘rinolmayman. Turmush o‘rtog‘imni sizlay olmaganman, qaynonamga ham ertalab vaqtli turolmasligimni avvaldan aytganman. Hatto qaynonam rahmatliga “sizni oyijon deyolmayman”, deganim ham esimda.

    Turmush o‘rtog‘im og‘ir-bosiq, feʼl-atvorimiz bir-biridan keskin farq qiladi. Undan sabrni o‘rgandim, — deydi aktrisa.

    “Uch oyda bolali bo‘ldi”

    Komik aktrisa bir paytlar xonanda Ozoda Nursaidova bilan yaqin bo‘lgan. Munosabatlari birdan sovuqlashishining sababini aktrisa quyidagicha izohlaydi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Birga ishlaganmiz, u insonning sanʼatini hurmat qilaman. Ammo birgina gapi ko‘nglimga og‘ir botgan, shuni kechirolmayman. To‘ydan keyin ancha vaqtgacha homilador bo‘lolmaganman. Yashirmayman, shifokorlar ozmasang, farzandli bo‘lolmaysan, deyishgan. Tinimsiz davolanib yurganim haqida aytgandim. Undan keyin homilador bo‘ldim, ammo bu haqda opa-singlimdan boshqa hech kimga aytmadim. Bu irim-sirim emas, shunchaki erta quvonib qo‘ymay, degandim. 30 yoshga to‘lishim munosabati bilan yubiley qildim, undan keyin qishda farzandli bo‘lib, martda beshik to‘yi qildik. “Tug‘ilgan kunida kelasi yil beshik to‘yiga kelaylik, degandik, uch oydan keyin bolali bo‘ldi”, deb mikrofonda gapirgani ko‘nglimga og‘ir botgan. To‘la ayollarda homiladorlik sezilmaydi, keyin qachon farzandli bo‘lishim haqida hammaga aytishga majbur emasman-ku. Shu gapdan keyin aloqalarni yig‘ishtirishga qaror qilganman, — deydi aktrisa.

    “Ozoda Nursaidovaning singlisi deb bilisharkan”

    Aktrisa ayni kunlarda Yulduz Usmonova bilan birga. Ikki xonandaning nizoga borishida uning ham hissasi bormi?

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Ancha vaqt o‘tib, jiyanimning to‘yini qiladigan bo‘ldik. Challari marosimiga Yulduz Usmonovani chaqirishni niyat qilgandik. Hamma qatori maʼmur bilan bog‘lanib, pulini kelishib, to‘yga taklif qilganman. Faqat telefonda Shukurullo Isroilov bilan konsertlarga chiqadigan aktrisa ekanligimni aytganman, xolos. Eng qizig‘i, ular meni Ozoda Nursaidovaning singlisi deb bilisharkan. Yulduz opani kutib olishga chiqqanimda, muxlisi ekanligimni aytganman. Tanishuvimiz juda oddiy kechgan. Ayrimlar o‘ylagandek, ikki xonandaning nizoga borishida mening hissam yo‘q. Men haqiqatan ham Yulduz Usmonovaning muxlisi bo‘lganman, Ozoda Nursaidovaning sanʼatini ham hurmat qilganman, shu xolos, — deydi aktrisa Halima Ibragimova.

    “Bola asrab olmoqchi bo‘lgandim”

    Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa qizini asrab olgani haqida ham mish-mishlar tarqalgandi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Ikki farzandimni ham o‘zim dunyoga keltirganman. Bunga faqat shukrona keltiraman. Ammo haqiqatan ham qiz farzand asrab olmoqchi bo‘lganman. Uzoqroq tanishimiz beshinchi farzandga homilador bo‘lgan, eri esa qandaydir jinoyati sabab qamalib qolgan. Ayol beshta bola bilan ijra uyda yashardi. Xullas, u bolani kimgadir berib, ishlash niyati borligini eshitib, yordam qilmoqchi bo‘lganman. Ayol ham, erkak ham bolani berishga rozi bo‘lgan. Bolani uyimga olib kelib, unga alohida xona tayyorlaganman, enaga yollaganman. Mehrim tushib qolgan, uni haqiqatan o‘z bolamdek qabul qilganman. Ammo hamma hujjatlar tayyor bo‘lganida er-xotin aynib qolishgan. O‘ylab qarasam, ularning avvaldan bolani berish niyatlari bo‘lmagan, shunchaki biroz dam olmoqchi bo‘lgan, — deydi aktrisa.

    “O‘limim haqida eshitganda...”

    Aktrisa jinoiy javobgarlikka tortilgani, ozodlikdan mahrum etilgani va vafot etgani haqidagi xabarlar 2013-yili yashin tezligida tarqalgan. Aktrisa o‘sha yili boshiga qanday musibat tushganini quyidagicha izohlaydi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Oilaviy tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanamiz. Opa-singillarimning faoliyati pul ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Xullas, ular reydga tushib qolgan va hammasini tergovga olib ketishgan. Bu xabarni eshitganimda qo‘rqib ketganman, bolalarimni olib yashirinishga majbur bo‘lganman. Men ota uyimda yashayman, opalarim ham shu uyda ro‘yhatda turishadi. Shu bois uyimizda tintuvlar bo‘lgan. O‘sha paytda kimning do‘st ekanligini bilib olganmiz. Chunki ko‘pchilik o‘zidan itargan, xuddiki biz bilan aloqa qilsa, boshiga bir kulfat tushadigandek tutgan. Eng yomoni, mening o‘lganim haqidagi xabarni opa-singillarim eshitganda shok holatiga tushishgan. Oilamizda aylablanganlar bo‘ldi, ammo men sudlanganim yo‘q. Opa-singlim oilasi bag‘riga qaytgunicha 11 ta bolaga qaraganman. Bolalarning “qachon qaytishadi, ertaga kelishadimi?” degan savollari dilimni xun qilardi, — deydi aktrisa.

    “Mard bo‘lsa, yuzimga gapirsin”

    Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari bilan ko‘p nizoga borishi va buning uchun bir necha marta jazolangani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Men ham odamman, menda ham ko‘ngil bor. Ijtimoiy tarmoqlarga “semiz” deb shunchalik haqoratli so‘zni yozishadiki, chidab bo‘lmaydi. Go‘yoki men qomatimning qandayligini bilmayman, u menga gapirib beryapti (kulib). Tug‘ilganimdan beri shu qomat bilan yashayman, bizning oilada ozg‘in insonning o‘zi bo‘lmagan. Keyin turmush o‘rtog‘im va bolalarimni haqoratlab yozishlariga chidolmayman. Mard bo‘lsa, yuzimga gapirsin, — deydi aktrisa.

    “Maʼmur Xolmedovning gapiga chidolmadim”

    Aktrisa Maʼmur Xolmedovni urib, yuzida jarohat qoldirgani va musht tushirishga usta ekanligi haqida gapirdi.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — Nimadandir jahlim chiqsa, chidab turolmayman. Konsert paytida Avaz Oxunga, Botirxon Imomxo‘jayevga va Maʼmur Xolmedovga musht tushirganman. Ahad Qayumning yegan kaltagi esa hammaga maʼlum. To‘g‘risi, Maʼmurni urganimga afsuslanaman, chunki yuzida shiram qolib ketgan. Xullas, voqea mana bunday bo‘lgan. Maʼmurning mashinasi yo‘q edi, har doim repititsiyadan keyin “qaysi yo‘ldan yurasiz?” deb so‘rardi. Puli bor, ammo mashina haydashga qiziqmasdi. Botir, Maʼmur va men repititsiyadan keyin fastfud yemoqchi bo‘lganmiz. U qahva tayyorlaydigan mashinani ko‘rsatib, o‘shandan olmoqchi ekanligini aytib qolgan. “Ahmoq, shuncha pulga shunaqa mashina olasanmi, undan ko‘ra to‘rt g‘ildirakligini olsang bo‘lmaydimi?” deb urishib ketganman. Jahl bilan yuziga musht tushirganimda, yuzi yorilib qon chiqqan, — deydi aktrisa.

    “Pul berib kinoda tushmayman”

    Aktrisa bir necha yildirki, filmlarda suratga tushmaydi. Buning sababini quyidagicha izohladi.

    Foto: Sputnik

    — Takliflar ko‘p bo‘ldi. Ammo qomatim va feʼlimdan foydalanib, faqat shunday rollar berishlaridan charchadim. Yaxshi rollar berishlarini istayman. Bunday rollar ham bo‘ldi, ammo taklif qilgan rejissor filmiga homiylik qilishimdan umidvor bo‘ladi. Bir nechtasi “Buncha bersangiz, mana bu rol sizniki”, dedi. Toshingni ter, men pul berib rol ijro etadigan aktrisa emasman, deb haydab soldim. Shu bois yaqin orada birorta filmda suratga tushganim yo‘q. Bir nechta bizneslarimga investitsiya kiritganman, ijtimoiy tarmoqlardan ham haq olaman. Xullas, pul berib rol ijro etish kerak emas, — deydi aktrisa.

    28.10.2023, 19:23   Izoh (0)   101982
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolaligida ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlagan, pul uchun san’atni tanlagan va to‘ydagi janjallarda pishgan Elmurod Haqnazarov 37 yoshda (foto, video)

    24.10.2023, 15:09

    “Turmush o‘rtog‘im qamalganda qo‘limda chaqalog‘im bilan qolganman”. Bozorda ishlagan va san’atdagi omadini uzoq kutgan aktrisa Vazira Yunusova 59 yoshda (foto, vi...

    27.10.2023, 12:02

    Juliya Roberts — 55 yoshda: qattiqqo‘l o‘gay otasi, veterinar bo‘lish orzusi va 25 mln dollar gonorar olgan roli haqida

    28.10.2023, 09:51

    Foto: Jennifer Lopesning Kaliforniyada joylashgan hashamatli uyi 34 mln dollarga sotildi

    28.10.2023, 16:58

    Instagram: Davron Kabulov xonadonida bayram, Munisa Rizayeva mashinasini sotmoqda, Jasur Umirov ilk marta ota bo‘ladi

    27.10.2023, 22:15

    Bir daqiqa uchun 100 dollar: xonanda Madonna o‘z raqqoslarini kechikish odati uchun qanday jazolashi haqida

    27.10.2023, 14:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.