• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    “Qora qor”, “Sug‘ur kuni”, “Ertadan keyin”: qahraton qish haqidagi filmlar

    Kuni kecha birinchi qor ham yog‘di, yaqindagina to‘kilgan kuzgi barglar qirov bilan qoplandi, bu esa Yangi yil yaqinlashayotganini anglatadi. Qahraton qishni sog‘inganlar uchun eng “sovuq” filmlarni taqdim etamiz.

    “Sug‘ur kuni”

    Syujet markazida Sug‘ur kuni sharafiga har yili o‘tkaziladigan festivalni yoritish uchun to‘rtinchi marta yo‘lga chiqqan va vaqt zanjiriga tushib qolgan ob-havo boshlovchisi Fil (Bill Myurrey) turadi. Qahramon yana va yana o‘sha zerikarli, hech narsaga arzimaydigan kunni boshdan kechirishi kerak. Nevrolog va psixiatr ham Filga yordam bera olmaydi va shunda u vaziyatdan foydalanib, ilgari jur’ati yetmagan harakatlarni amalga oshirishga qaror qiladi. 

    Rejissyor Xarold Remisning mazkur filmi Denni Rubinning hikoyasi asosida suratga olingan bo‘lib, u o‘z navbatida Uilyam Din Xauellsning “Har kuni Rojdestvo har kuni” asaridan ilhomlangan. Film Bill Myurreyning aktyorlik uslubiga xos kinoya va abadiy hayot masalalari bo‘ladimi yoki sarkazm bilan parallel bo‘ladimi, juda murakkab falsafiy mavzularni komediya sifatida taqdim etishi tufayli kult filmga aylandi.

    “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi”

    Mishel Gondrining ajoyib romantik filmida xotiralar inson shaxsining asosi sifatida muhokama qilinadi. Tartibsiz hikoya, qishki plyajlar va muz bilan qoplangan daryolar ishqibozlari uchun ideal film. Filmda Jim Kerri va Keyt Uinslet o‘z ampluasiga mutlaqo xos bo‘lmagan qahramonlarni o‘ynagan. Uinslet Klementina roli uchun “Oskar”, “Oltin globus” va Britaniya kino akademiyasi mukofotiga nomzod bo‘lgan.

    Avliyo Valentin kunida zerikarli va oddiy hayot kechiradigan g‘amgin va sokin Joel o‘z-o‘zidan ishni tashlab, Montokka borishga qaror qiladi. Sovuq qish kunida u sho‘x-shaddod Klementinaga duch keladi, u darhol yigitni o‘ziga maftun qiladi. Tez orada ma’lum bo‘ladiki, qahramonlar nafaqat bir-birlarini bilishadi, balki bir necha yil birga yashagan ham. Ammo keyinchalik Klementina Joelni xotirasidan o‘chirish uchun shubhali “Lakuna” tashkilotiga murojaat qilishga qaror qilgan.

    “Qora qor”

    Yakutiyalik rejissyor Stepan Burnashev tomonidan suratga olingan ekstremal sharoitlarda omon qolish haqidagi qayg‘uli triller. Burnashev “Qora qor” filmini o‘z ssenariysi bo‘yicha suratga olgan, shuningdek, filmga o‘zi prodyuserlik qilgan. Film Yevropaga kinofestivalida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

    “Qora qor” real voqealarga asoslangan. Yo‘l ishchisi Gosha uzoq Yakutiya qishloqlarida qalbaki spirtli ichimliklar sotishdan daromad oladi. Mahalliy aholi tobora qaramlik girdobiga botib bormoqda, ko‘pchilik oxirgi narsasini ham shishaga almashtirishga tayyor. Bunday biznes Goshani bezovta qilmaydi. Bir kuni navbatdagi reys vaqtida yuk mashinasi bepoyon muz sahrosi o‘rtasida qolib ketadi. Bundan tashqari, Goshaning o‘ng qo‘li jarohatlanadi. Qahramon qahraton qishining avjida qor va o‘zi bilan yolg‘iz qoladi.

    “Ertadan keyin”

    Insoniyat yillar davomida ekologik muammolarga ko‘z yumib keladi, ozon qatlamini yo‘q qiladi va tabiiy muvozanatni buzadi. Paleoklimatolog Jek Xoll (Dennis Kuayd) BMTning Dehlidagi konferensiyasida siyosatchilarni yaqinlashib kelayotgan iqlim inqirozi haqida ogohlantirishga urinadi, ammo uni aqldan ozgan deb hisoblashadi va olimning dalillarini jiddiy qabul qilishmaydi. Falokat Jek bashorat qilganidan ancha oldin boshlanadi: iqlim o‘zgarishi hammaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘la boshlaydi — sayyoraga yangi muzlik davri yaqinlashmoqda. Bu orada Jekning o‘g‘li Sem (Jeyk Jillenxol) do‘stlari bilan Nyu Yorkda qolib ketadi, shaharni misli ko‘rilmagan qor bo‘roni qoplaydi. Jek Nyu Yorkka yetib borish va o‘g‘lini qutqarish uchun hamma narsaga tayyor.

    Film Art Bell va Uitli Striberning “Kelajakdagi global bo‘ron” ilmiy-fantastik kitobiga asoslangan. Filmga Roland Emmerix rejissyorlik qilgan, u kino tarixiga “Oy qulashi”, “Mustaqillik kuni” va “2012-yil” kabi yirik halokatli filmlar ijodkori sifatida kirgan.

    “Porlash”

    Jek Torrens (Jek Nikolson) “Overluk” mehmonxonasiga nazoratchi bo‘lib ishga joylashadi. Mehmonxona qoyali tog‘larning baland qismidagi xushmanzara joyda joylashgan, lekin qishda unga boradigan yo‘lni qor qoplaydi, shuning uchun u bahor kelguncha yopiladi. Jek uchun bu mukammal ish, chunki u o‘z kitobini yozib tugatishga va nihoyat, oilasining moddiy ahvolini yaxshilashga umid qilmoqda. Uning oilasi — xotini Vendi (Shelli Dyuvall) va o‘g‘li Denni qishlash uchun u bilan birga ketishadi, ular uchovlari bir necha oy tashqi dunyodan izolyatsiyada bo‘lishlari kerak. Mehmonxona boshqaruvchisi bu oson bo‘lmasligini aytadi, chunki avvalgi nazoratchi aqldan ozgan va butun oilasini o‘ldirgan. Jek bilan Vendi uning so‘zlariga jiddiy munosabatda bo‘lishmaydi, biroq tez orada Denni o‘zini g‘alati tutayotganini payqab qolishadi va mehmonxonada yolg‘iz emasliklarini gumon qilishadi.

    Mazkur film “Yomon rejissyor” va “Yomon aktrisa” nominatsiyalarida “Oltin malina” antipremiyasiga nomzod bo‘lgan Stenli Kubrikning yagona filmi hisoblanadi. Hatto Stiven Kingga ham asarning ekranlashtirilishi yoqmaydi, chunki u asl nusxadan katta farq qiladi. Shunga qaramay, vaqt o‘tishi bilan filmga bo‘lgan munosabat o‘zgardi va bugungi kunda u barcha davrlarning eng buyuk horrorlari ro‘yxatida turadi.

    “Omon qolgan”

    Alexandro Gonsalesning Inyarritu rejissyorlik qilgan mazkur film uchun operator Emmanuel Lyubetski “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bosh rolni ijro etgan Leonardo Di Kaprio ham o‘zining birinchi “Oskar”ini aynan shu film tufayli qo‘lga kiritgan. Buning uchun u ot jasadining ichiga kirgan, xom jigar yegan, muzdek daryoda suzishdan va suratga olish maydonchasida doimiy ravishda sovqotishdan keyin son-sanoqsiz shamollashlarga duchor bo‘lgan.

    XIX asr, Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismi. Trapper Xyu Glassga (Di Kaprio) grizzli ayig‘i hujum qiladi va unga og‘ir jarohatlar yetkazadi. Yaqindagina hujumdan omon qolgan va arikara hindulari tomonidan vayron qilingan Glass otryadi qo‘lga kiritilgan teri qoldiqlari bilan eng yaqin qal’aga boradi. Guruh a’zolari yarador Glassni o‘zlari bilan olib ketishga qaror qilishadi, ammo ulardan biri Jon S. Fitsjerald (Tom Xardi) bunga rozi bo‘lmaydi, chunki bunday yuk butun otryadni sekinlashtiradi. Fitsjeraldga u o‘lmaguncha Glass bilan birga bo‘lish va munosib ravishda dafn etish topshiriladi, ammo Jon yarador ovchi tezroq o‘lishi uchun uni yolg‘iz qoldiradi. Ammo Glass o‘lmoqchi emas, u qal’aga yetib olish va sotqindan qasos olish uchun qishki o‘rmon bo‘ylab yuzlab kilometr yo‘lni yolg‘iz bosib o‘tishi kerak.

    “Kichik ayollar”

    Yaqinda o‘zining yangi “Barbi” xiti bilan kino sanoatini hayratga solgan Greta Gervigning samimiy va hayotbaxsh filmi. “Kichik ayollar” Luiza Mey Olkottning xuddi shu nomdagi avtobiografik romaniga moslashtirilgan bo‘lib, unda balog‘atga yetish va ayollar ozodligi mavzulari ko‘tariladi.

    Film voqealari Amerikada fuqarolar urushi avj olgan paytda sodir bo‘ladi. Oila boshlig‘i March konfederatlarga qarshi urushga ketgan, uning rafiqasi Marmi (Lora Dyorn) va to‘rt qizi esa qiynalib yashashadi. Shunga qaramay, oila tushkunlikka tushmaydi — kambag‘al qo‘shnilarga yordam beradi, Rojdestvo bayrami va quvnoq tomoshalar uyushtiradi. Qizlarning har biri umid bilan yashaydi: Jo (Sirsha Ronan) romanlar yozishni orzu qiladi, Emi (Florens Pyu) Parijga ko‘chib borib, rassom bo‘lishni istaydi, Meg (Emma Uotson) turmush qurishga tayyorgarlik ko‘radi, pianinochi Eliza (Elayza Skanlen) esa shunchaki urushning tugashi va oilasi doimo birga bo‘lishini xohlaydi.

    12.12.2024, 09:45   Izoh (0)   9529
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar#Yangi yil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    “Matritsa” filmi 25 yoshda: Neo, Triniti va filmdagi boshqa qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    27.09.2024, 10:45

    Seriallardagi obrazlari bilan tanilgan bo‘lsa-da, katta kinoda o‘z o‘rnini topolmagan Gollivud aktyorlari (foto) 

    27.09.2024, 11:55

    Eng ko‘p “o‘ladigan” aktyor: mashhur filmlardagi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan g‘ayrioddiy holatlar

    03.10.2024, 15:40

    Hanuzgacha “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari

    17.10.2024, 14:50

    Jan-Klod Van Damm 64 yoshda: mashhur aktyor qaysi rusumdagi avtomobillarni boshqaradi? (foto)

    21.10.2024, 14:11

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori kim ekani ma'lum qilindi 

    07.11.2024, 18:49

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Sher o‘rgatuvchi, illyuzionist, karate ustasi: ko‘pchilik bilmagan ajoyib iste’dodga ega Gollivud aktyorlari

    11.11.2024, 15:57

    Qotil va firibgarlar oramizda: hayoti mashhur filmlarga asos bo‘lgan 4 nafar jinoyatchi hozirda qanday yashaydi?

    19.11.2024, 11:35

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    “Jeki Channi ota-onasi 200 dollarga sotmoqchi bo‘lgan”. Jahon yulduzlarining qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari

    19.11.2024, 16:10

    Bred Pitt, Sheron Stoun va san’at asarlarini yaratuvchi boshqa mashhurlar (foto)

    21.11.2024, 10:25

    Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar 

    23.11.2024, 12:30

    Uch va undan ortiq tillarda erkin so‘zlashadigan Gollivud yulduzlari

    22.11.2024, 19:42

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Kinodagi eng katta gonorarlar: Gollivud aktyorlarining eng ko‘p daromad keltirgan rollari

    28.11.2024, 17:41

    “Sumerki”, “Temir odam” va boshqa mashhur filmlarda ijro etgan rollarini unutgan 6 ta aktyor

    02.12.2024, 15:59

    Faqat katta ekranlarda: hech qachon televideniyeda ishlamagan Gollivud aktyorlari

    28.11.2024, 10:35

    Aktyorlardan rejissorlargacha: Gollivudni ham zabt etgan hindistonlik kinoyulduzlar (foto)

    02.12.2024, 12:30

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43

    Hashamat ramzi: Dunyodagi eng qimmat tufli qanday ko‘rinishda va u qanchaga baholangan?

    10.12.2024, 12:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

    17 iyul, 11:59

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 18-iyul kuni 45 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 17 iyul, 12:16

    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

    Reklama | 17 iyul, 11:59

    Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlashi mumkin

    Sport | 17 iyul, 08:18

    O‘zbekistonda Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 22:08

    Birjada Ai-80 benzini narxi rekord darajada qimmatlashdi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 21:52

    O‘zbekistonliklar 5 oyda eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qildi?

    O‘zbekiston | 16 iyul, 20:25

    Livan Markaziy banki “Hizbulloh”ga aloqador moliyaviy tashkilot bilan aloqalarni taqiqladi

    Dunyo | 16 iyul, 20:07

    Google rentgen va tomografiyani analiz qiladigan sun’iy intellekt taqdim etdi

    Dunyo | 16 iyul, 19:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.