O‘zbekistonliklar turist sifatida qaysi davlatlarga safar qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida 2,7 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 574,1 ming nafarga yoki 26,4 foizga oshgan.
Statistikaga asosan O‘zbekistonliklar eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar quyidagicha:
- Qirg‘iz Respublikasi – 1 189 793 nafar
- Tojikiston – 501 657 nafar
- Qozog‘iston – 468 208 nafar
- Saudiya Arabistoni – 145 262 nafar
- Rossiya – 124 829 nafar
- Turkiya – 88 648 nafar
- BAA – 71 352 nafar
- Misr – 30 479 nafar
- Tailand – 16 555 nafar
- Vyetnam – 15 802 nafar
- Boshqa davlatlar – 93 253 nafar
Izoh (0)