• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Muhim uchrashuv oldidan: Toshkentda mag‘lub bo‘lmagan BAA guruh yetakchisi O‘zbekistonga qarshi

    Ertaga 15-oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston va BAA termalari to‘qnashadi. Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvga ikki jamoa ham durang natija bilan yetib keldi. Uchrashuvdagi g‘alaba har ikki jamoa uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.

    OFK mazkur uchrashuvga xitoylik Ma Ning boshchiligidagi hakamlarni tayinlagan. Ushbu referi yanvar oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi final uchrashuvini boshqargan va Qatar foydasiga 3 ta penalti belgilagan.

    Foto: Google Images

    Uch turdan so‘ng O‘zbekiston jamoasi 2 g‘alaba va bir durang bilan 7 ochko to‘plagan holda guruh peshqadami bo‘lib turibdi. 

    BAA esa uch uchrashuvdan faqat bittasida g‘alaba qozongan. Eron bilan ikkinchi turda uchrashgan jamoa kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Shimoliy Koreya bilan 3-turda durang qayd etgan arablar 4 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 

    O‘zaro o‘yinlar natijasi:

    O‘zbekiston terma jamoasi BAA bilan 15 bora to‘qnash kelgan. Uchrashuvlarning 4 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, 7 o‘yinda arablarning qo‘li baland kelgan. 4 uchrashuvda durang qayd etilgan.

    O‘zbekiston jamoasi 2014-yil BAA ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ushbu hisob jamoaning eng yirik hisobdagi g‘alabasi hisoblanadi. 2001-yil jamoa O‘zbekiston safarda eng yirik hisobda (1:4) mag‘lub bo‘lgan. 

    Qiziqarlisi, o‘zbekistonliklar erishgan barcha g‘alabalar safarda qo‘lga kiritilgan. Terma jamoa BAAni Toshkentda hech qachon mag‘lub etmagan. Toshkentdagi uchrashuvlarning bittasi durang bilan tugagan va 3 tasida O‘zbekiston termasi mag‘lubiyatga uchragan.

    So‘nggi 5 o‘yin natijalari

    O‘zbekiston jamoasi so‘nggi 5 o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozondi. Qolgan 2 o‘yinda jamoa Eron bilan durang qayd etgan.

    BAA uchrashuvlarning 2 tasida g‘alaba qozongan, Bahrayn va Shimoliy Koreya bilan durang qayd etgan. Saralashning 2-turida Eron BAAni kichik hisobda mag‘lub etgan. 

    Yo‘qotishlar

    Terma jamoa safida Rustam Ashurmatov sariq kartochkalari 2 taga yetgani bois ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Eron bilan o‘yinda zaxiradan qo‘shilgan Oston O‘runov jarohat sabab ertangi o‘yinda qatnasha olmaydi. Bosh murabbiy yordamchisi Randanovichning xabar berishicha, Abbosbek Fayzullayev mashg‘ulotlarda jarohat olgan. Uning ham o‘yinda ishtirok etishi shubha ostida.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    BAA jamoasi Toshkentga 4 ta yo‘qotish bilan yetib keldi. Kuadio diskvalifikatsiya sabab jamoasiga yordam bera olmasa, Yahyo Nodir hali uchrashuvlarga to‘liq tayyor emas. Shuningdek, Abdulrahmon Solih jarohat tufayli uchrashuvda qatnasha olmaydi. Soxta O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lgan Fabio De Lima shaxsiy sabablarga ko‘ra o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

    FIFA reytingi

    O‘zbekiston terma jamoasi reytingda 60-o‘rinda qayd etilgan. Jamoa Osiyoda 8-o‘rinda joylashgan. 

    BAA terma jamoasi jahonda 69-o‘rinda, Osiyoda esa kuchli 10 likni yakunlab turibdi.

    Eng qimmat o‘yinchilar

    Foto: Transfermarkt

    BAA jamoasi futbolchilarni mahalliylashtirishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Tarkibdagi eng qimmat o‘yinchilarning barchasi xorijlik futbolchilar. Kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan, hozirda “Al-Vasl” klubi futbolchisi Lima Transfermarkt tomonidan 7 million yevroga baholangan. Yana bir braziliyalik “Sharja” futbolchisi Lukasning narxi 5 million yevro, uning jamoadoshi Luan Pereyra 4,5 million yevroga baholangan.

    Foto: Transfermarkt

    O‘zbekiston tarkibidagi Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning “SSKA” klubida to‘p suradi. Portal uning transfer qiymatini 6 million yevroga baholagan. “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 5 millionlik qiymatga ega. Jamoa to‘purari va “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov ham shunchaga baholangan. 

    Murabbiylar fikri

    Foto: “O‘FA”

    O‘zbekiston bosh murabbiyi yordamchisi Vlado Radmanovich:

    “BAA o‘yinlarini tahlil qildik. Jamoa himoyada yaxshi o‘ynaydi va o‘yinlarda himoyaga ko‘proq tayanadi. Ushbu himoyaga qarshi bosim o‘tkazishga harakat qilamiz. Afsuski, Abbosbek Fayzullayev kechagi mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Oston O‘runovning ham hozirda jarohati bor

    Gol urolmaganimiz? Eron himoyasi kuchliligini tan olish kerak. Ammo biz ham ulardan to‘p o‘tkazmayapmiz. 3 yil avvalgi bilan solishtirsak, O‘zbekiston o‘sishga erishdi.

    Ertangi o‘yin taktikasi haqida gapira olmayman. Ammo lozim bo‘lsa, tavakkal qilishimiz mumkin. Aziz Turg‘unboyev, Hojimat Erkinov kabi futbolchilar bilan o‘yinni kuchaytira olamiz. Bizga hozir yetishmayotgan futbolchi — Igor Sergeyev. Ikkinchi markaziy hujumchi yo‘qligi sabab Eldor Shomurodov to‘liq o‘ynamoqda”.

    Foto: “O‘FA”

    BAA bosh murabbiyi Paolu Bentu:

    “Uchrashuvga odatdagidek tayyorlandik. Avvalgi o‘yinlarni tahlil qildik va futbolchilar bilan xatolar haqida fikr almashdik. O‘zbekiston haqida kecha futbolchilar bilan gaplashdik. Bugun esa rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashamiz va ertangi o‘yin taktikalarini ko‘rib chiqamiz. Ertaga qiyin o‘yin bo‘lishini bilamiz. O‘zbekiston yaxshi jamoa va jadvalda ham oldingi o‘rinda. Jamoa Eron bilan bo‘lgan 3 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadi. Jamoa turli sxemalarda o‘ynay oladi va juda yaxshi o‘yinchilarga ega. Murabbiy uzoq vaqtdan beri jamoa bilan birga. Albatta, ertaga qiyinchiliklarga duch kelamiz. Ammo biz o‘zimizning yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz va kerakli natijani qo‘lga kiritamiz”.

    O‘yin haqida

    Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba mezbonlarning guruhdagi yetakchiligini saqlab qolishga yordam beradi. Ochkolari soni 10 taga yetsa, O‘zbekiston jamoasi BAA bilan farqni 6 taga oshiradi. Mehmonlar g‘alabasi esa o‘zbekistonliklarning imkoniyatini keskin kamaytirib yuboradi va jamoalar hisobidagi ochkolar soni tenglashadi. Agar Abbosbek Fayzullayev jamoaga yordam bera olmasa, murabbiy himoyachilardan birini yoki Hojimat Erkinovni maydonga tushirib eski, doimiy taktika orqali o‘ynashga harakat qiladi. Murabbiy aytganidek ushbu o‘yinda taqozo qilsa, turli taktik o‘zgarishlar ham qilinishi mumkin.

    BAA jamoasi KXDR bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi va ushbu o‘yindan maksimal ochko olishga urinadi. Buning oqibatida himoyada bo‘shliqlar yuzaga kelishi mumkin. O‘zbekiston jamoasida tezkor futbolchilar borligini inobatga olsak, qarshi hujumdan mezbonlarning gol urib Toshkentdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishi mumkin. 
    Ammo braziliyalik futbolchilarning texnikasi yuqoriligini va to‘p bilan juda chiroyli harakatlanishini alohida e’tirof etish zarur. 

    Yomg‘irli havoda o‘tishi kutilayotgan ushbu uchrashuv Eron bilan bo‘lgan o‘yindan ko‘ra ochiqroq bo‘lishi va jamoalardan gollar kutishimiz mumkin.

    Foto: “O‘FA”

    Uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi ko‘k, mehmonlar esa oq liboslarda maydonga tushadi.

    “Bunyodkor” stadionida bo‘ladigan bahs 19:00 da boshlanadi.

    14.10.2024, 15:50   Izoh (0)   15838
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #BAA terma jamoasi#O‘zbekiston milliy jamoasi#Jahon chempionati saralashi
    Erkin G‘aybullayev

     

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Babayan Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 futbolchi nomini e’lon qildi

    11.11.2015, 10:58

    Qosimov, Babayan, Kuper va boshqalar. 30 yil ichida O‘zbekiston terma jamoasini kimlar boshqargan?

    14.08.2021, 17:09

    Chap qanot qiroli. Nikolay Shirshovning O‘zbekiston terma jamoasidagi eng yorqin o‘yinlarini eslab

    28.12.2021, 22:31

    O‘zbekiston kuchlilar qatorida. Milliy jamoaning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari qanday?

    13.06.2024, 14:09

    FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston 2 pog‘ona yuqoriladi

    20.06.2024, 15:37

    Srechko Katanes: “Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga to‘liq ishonaman”

    27.06.2024, 14:42

    FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi 

    18.07.2024, 15:14

    Rossiyalik ekspert: “Qirg‘iziston O‘zbekistonni mag‘lub etishi mumkin”

    09.09.2024, 11:09

    JCH—2026 saralashi. Eron BAA ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, Qatar esa Shimoliy Koreya bilan durang o‘ynadi

    10.09.2024, 23:47

    JCH-2026 saralashi. Osiyo jamoalarining mundialga yo‘l olish imkoni qayta hisoblandi

    13.09.2024, 13:15

    Bosh murabbiy Srechko Katanes Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadimi?

    07.10.2024, 10:40

    Timur Kapadze: Katanesning yo‘qligi terma jamoa o‘yiniga ta’sir qiladi

    07.10.2024, 18:27

    Qirg‘iziston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini rejada yo‘qligini ma’lum qildi

    08.10.2024, 19:26

    Asosiy himoyachisiz qolgan Eron bosh murabbiysiz O‘zbekistonga qarshi: futbolchilarimiz qora an’anaga chek qo‘ya oladimi?

    09.10.2024, 15:37

    Eron — Qatar o‘yini o‘tkaziladigan davlat nomi aniq bo‘ldi

    10.10.2024, 12:24

    O‘zbekiston jamoasi tarkibida BAA bilan o‘yin oldidan o‘zgarish yuz berdi

    11.10.2024, 10:14

    Masharipovga joy topish uchun “qurbon” qilinayotgan Fayzullayev. Terma jamoa hujum chizig‘i nega kuchsiz?

    11.10.2024, 15:08

    Rustamjon Ashurmatov: BAAni esa yutishga majburmiz

    11.10.2024, 22:12

    O‘zbekiston — BAA uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi

    12.10.2024, 14:27

    BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

    14.10.2024, 09:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    “Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lish ehtimoli 25 foiz” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    Qoraqalpog‘iston Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:41

    Yevropa ittifoqi Isroilni yangi aholi punktlari qurilishini to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 15 avgust, 12:35

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    Dam olish kuni O‘zbekistonga nisbatan salqin havo kirib keladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:17

    “Yuventus” hujumchisiga “Barselona” va “Nyukasl” da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 15 avgust, 12:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.