Futbol bo‘yicha JCH—2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Qirg‘iziston—O‘zbekiston uchrashuvi 10-sentyabr kuni D.O‘murzoqov nomidagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida jami 4 ta uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvlarning barchasida O‘zbekiston milliy jamoasi g‘alaba qozongan.
O‘zbekiston termasi so‘nggi uch uchrashuvdan ikkitasida g‘alaba qozondi va bir bora durang o‘ynadi: uchinchi saralash bosqichining 1-turida KXDR ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonildi. 2-saralash bosqichida Eron bilan durang va Turkmaniston bilan g‘alaba qayd etildi.
Qirg'izistonda so‘nggi uch bahsda g‘alaba qozonganicha yo‘q: Malayziya va Ummon bilan durang Eronga qarshi so‘nggi o‘yinda mag‘lubiyat.
So‘nggi bahslar va terma jamoalarning FIFA reytingida joylashuvida ham O‘zbekiston jamoasi ustun. Ammo ba’zi ekspertlar ushbu uchrashuvda O‘zbekiston mag‘lub bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
“Shimoliy Koreya bilan o‘yinda hammasi aniq bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchilar maydon markazida muammolarga duch kelishmoqda, jamoa yarim himoyachilari to‘pni ushlab turib hujumga o‘ta olmayapti. O‘zbekistonliklar faqat qanotlar orqali o‘ynashmoqda. O‘zbekistonlik futbolchilar uchun raqibning har bir qarshi hujumi juda xavfli. Futbolchilarning jismoniy holati yomon. Qirg‘iziston jamoasi o‘z navbatida juda harakatchan. Futbolchilar tezkor va qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynashadi. Agar O‘zbekiston jismoniy tayyorgarligini oshira olmasa, Qirg‘iziston raqibini mag‘lub etishi mumkin”, deydi rossiyalik ekspert va jurnalist Yevgeniy Mixaylov.
Ushbu bosqichda 18 ta terma jamoa 6 tadan 3 ta guruhga bo‘lingan. O‘yin natijalariga ko‘ra, har bir guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘rtinchi bosqichga yo‘l oladi, unda yana ikki jahon chempionati ishtirokchisi aniqlanadi. Yana bir o‘ringa qit’alararo pley-off orqali erishish mumkin.
A guruhida Eron, Qatar, BAA, KXDR, O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rin olgan.
Izoh (1)
Sayfiyevni yuqotinglar e