• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Payqamagansiz ham: mashhur aktyorlarning siz bilmagan yashirin rollari

    Mazkur filmlarni qiziqish bilan tomosha qilgan bo‘lsangiz ham, “Dedpul-2” filmidagi Bred Pitt, “Yulduzlar jangi” filmidagi Deniyel Kreygni payqamagan bo‘lishingiz mumkin.

    “Forrest Gamp”dagi Kurt Rassell

    • AQSH, 1994-yil.
    • Drama, melodrama.
    • Davomiyligi: 2 soat 22 daqiqa.
    • IMDb: 8.8.

    Forrest Gamp avtobus bekatida o‘tirib, notanish odamlarga hayotini so‘zlab beradi. U bolaligidan ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tishga majbur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, Forrest har qanday ishni boshlasa, unda muvaffaqiyatga erishgan: urush qahramoniga aylangan, hatto stol tennisi bo‘yicha chempion ham bo‘lgan. Ammo barcha bu yillar davomida u birinchi sevgisini unutmagan.

    Tom Henksning ushbu filmda yaratgan obrazini hamma eslaydi. “Santa-Barbara” serialining ko‘plab muxlislari esa Robin Raytni bu filmda ko‘rib, ajablangan bo‘lishsa kerak. Ammo filmda Kurt Rassel ham ishtirok etgan, faqat buni tomoshabinlar payqashmagan. Filmda Elvis Presli ham ko‘rinish beradi — u o‘sha mashhur raqsini aynan Forrestdan o‘rgangan. Butun dunyoga mashhur qo‘shiqchini uncha taniqli bo‘lmagan Piter Dobson o‘ynagan, lekin ovozini Kurt Rassel bergan — uning ovozi ko‘proq mos kelgan.

    Qizig‘i shundaki, “Forrest Gamp” rejissyori Robert Zemekis va Rassel uzoq vaqt davomida buni sir saqlashgan va aktyorning ismini hatto titrlarga ham kiritishmagan. Faqatgina 2016-yilda aktyor bu sirni o‘zi oshkor qilgan.

    “Suspiriya”dagi Tilda Suinton

    • Italiya, AQSH, 2018 yil.
    • Dahshat, triller.
    • Davomiyligi: 2 soat 32 daqiqa.
    • IMDb: 6.7.

    1977-yilda amerikalik raqqosa mashhur balet maktabiga kirish uchun Germaniyaga keladi. Uni qabul qilishadi, lekin tez orada studiyada qandaydir dahshatli voqealar sodir bo‘layotgani ma’lum bo‘ladi — bu muassasada ishlovchi o‘qituvchilar qadimgi ma’budalarga sig‘inuvchi jodugarlar ekan.

    Filmda Tilda Suinton birdaniga ikkita muhim rolni o‘ynagan. Aslida esa aktrisa uchta obrazda namoyon bo‘ladi: Madam Blank, Helena Markos va doktor Jozef Klemperer. Suintonni doktor roli uchun ajabtovur plastik grim yordamida keksa erkakka aylantirishgan. Titrlarda ham Klemperer rolini “professional psixoanalitik, proffessor Luts Ebersdorf ” ijro etgani ko‘rsatilgan.

    Bred Pitt “Dedpul-2” filmida

    • AQSH, Kanada, 2018-yil.
    • Ilmiy fantastika, harakat, komediya.
    • Davomiyligi: 1 soat 59 daqiqa.
    • IMDb: 7.6.

    Sevgilisi o‘ldirilganidan so‘ng, Dedpul chuqur depressiyaga tushib qoladi. Ammo u kelajakdan kelgan, mutatsiyaga uchragan Keybl bilan to‘qnash kelishga majbur bo‘ladi. Keybl superqobiliyatlarga ega bir o‘smirni o‘ldirishni rejalashtiradi, chunki go‘yoki bola kelajakda yovuzlikka aylanadi. Dedpul hatto Keybl bilan jang qilish uchun jamoa tuzishga majbur bo‘ladi, lekin rejalar kutilganidek o‘xshamaydi.

    “Dedpul-2” filmida ko‘plab qiziqarli epizodlar mavjud, hattoki Mett Deymon ham tanib bo‘lmaydigan grimda paydo bo‘ladi. Ammo eng kulgili obraz — ko‘rinmas odam. U aslida qanday ko‘rinishda ekanini tomoshabin faqat qahramonning o‘limi sahnasida bir necha soniyaga ko‘radi. Va bu odam — Bred Pitt ekanligi ma’lum bo‘ladi.

    Rayan Reynolds Pittni bunday kichik rolga tushishga ko‘ndirgan. Qizig‘i shundaki, Pittning gonorari faqat bir chashka qahva bo‘lgan. Ammo u shart qo‘ygan: ichimlikni shaxsan Rayan Reynoldsning o‘zi olib kelishi kerak edi. Shu tarzda kelishuv amalga oshgan.

    “Dunkerk”dagi Maykl Keyn

    • Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Niderlandiya, 2017 yil.
    • Harbiy, drama.
    • Davomiyligi: 1 soat 46 daqiqa.
    • IMDb: 7.8.

    Ikkinchi jahon urushi paytida minglab ingliz, fransuz va belgiya askarlari Dunkerk shahri atrofida tuzoqqa tushib qolishadi. Ular faqat suv orqali qutulishlari mumkin, lekin katta kemalar qirg‘oqqa yaqinlasha olmaydi. Film voqealari uch xil rakursdan noan’anaviy tarzda yoritiladi: quruqlikda bir hafta davomida, suvda bir kun va osmonda bir soatlik vaqt oralig‘ida ko‘rsatiladi.

    Rejissyor Kristofer Nolan bir xil aktyorlar bilan ishlashni yoqtirishi bilan tanilgan. Masalan, Killiann Myorfi va Tom Hardini tez-tez filmlarida ko‘rish mumkin, ular “Dunkerk” filmida ham rol o‘ynashgan. Ammo Nolan filmlarining asosiy “ramzi” — Maykl Keyn, u rejissyorning barcha asarlarida, “Betmen” trilogiyasining birinchi qismidan boshlab aktyorlik faoliyatini tark etgunga qadar ishtirok etgan.

    “Dunkerk”da Keyn biror marta ham kadrlarda ko‘rinmaydi. Ammo aktyor baribir bu filmga yashirincha qo‘shilgan. U filmda Hardi ijro etgan uchuvchiga radio orqali buyruq beradi. Nolan buni 1969-yilda suratga olingan “Angliya uchun jang” filmiga ishora deb biladi, chunki o‘sha filmda Keyn eskadrilya qo‘mondoni rolini ijro etgandi.

    “Yulduzlar jangi: so‘nggi jeday”dagi Deniyel Kreyg

    • AQSH, 2017 yil.
    • Fantastika, sarguzasht, jangari.
    • Davomiyligi: 2 soat 32 daqiqa.
    • IMDb: 6.9.

    Rey jedaylar mahoratini o‘rganish uchun Lyuk Skayuolkerdan ta’lim olishga yo‘l oladi, ammo Lyuk yangi shogirdidan mutlaqo mamnun emas. Shu bilan birga, Soprativ kuchlari malika Leyaning boshchiligida Birinchi Orden qo‘shinlariga qarshi oxirgi imkoniyatlaridan foydalanib kurashishadi.

    “Yulduzlar jangi” 2015-yilda qayta boshlanganidan beri turli epizodlar franshizaning qiziqarli jihatlaridan biriga aylandi. Masalan, filmda shahzoda Garri va shahzoda Uilyam ham ko‘rinish beradi, ammo ularni tanib bo‘lmaydi, chunki ular Imperiya askarlari shlemlarida chiqadi. Shu kabi aktyor Deniyel Kreyg ham askar obrazida suratga tushgan.

    02.10.2024, 13:47   Izoh (0)   5515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #aktyor#Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Muhtasham yuz yil” seriali Gollivudda suratga olinganida, bosh rollarni kimlar ijro etgan bo‘lardi? 

    18.09.2023, 09:05

    Amitabh Bachchan 81 yoshda: Bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li bilan yoza oladigan va bedavo kasallikdan aziyat chekadigan aktyor haqida (foto)

    11.10.2023, 13:06

    Taniqli aktyor Adiz Rajabov og‘ir judolikka uchradi

    28.11.2023, 08:45

    “Kim kimga mos ekanligini o‘zimiz bilamiz”. Bobur Mansurovning rafiqasi aktyor bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi

    06.12.2023, 14:20

    Turk aktyori Emre Kiviljim Yulduz Rajabova bilan ayni paytdagi munosabatlariga oydinlik kiritdi 

    18.12.2023, 10:35

    Tarjimon bo‘lishni orzu qilgan, bedavo kasallikdan aziyat chekadigan hamda turk aktyoriga ko‘ngil qo‘ygan Yulduz Rajabova 34 yoshda (foto) 

    25.12.2023, 11:50

    Onasiga hovli sovg‘a qilgan bloger, otasiga mashina olib bergan aktyor va ro‘mol o‘ragan Maryam Tillayeva. Instagram yangiliklari

    03.01.2024, 22:15

    “Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlaridan qaysi biri Usmonlilar sulolasining haqiqiy avlodi? (foto)

    18.01.2024, 14:20

    “Muhtasham yuz yil” serialidagi aktyor bolalar 13 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    29.01.2024, 15:50

    “Muhtasham yuz yil” serialining boshqa obrazlarda tanish qiyin bo‘lgan aktyor va aktrisalari (foto)

    06.02.2024, 16:27

    Hind filmlarida yovuz qahramonlarni gavdalantirgan aktyorlarning sohibjamol qizlari (foto)

    15.02.2024, 16:50

    O‘zga millat vakili bo‘lsa-da, turk kinosida shuhrat qozongan aktyor va aktrisalar (foto)

    16.04.2024, 16:35

    Instagram: Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi, “Mitti vayn” aktyori Aziz To‘laganov uylandi, G‘iyos Boytoyev nega qimirlamay kuylaydi?

    21.04.2024, 22:20

    Erta yoshda turmush qurgan Gollivud yulduzlari (foto)

    22.05.2024, 11:40

    Nafaqat Gollivudni, balki dunyoni ham zabt etgan 7 nafar osiyolik aktrisa (foto)

    28.05.2024, 12:48

    Kelishgan qomati tufayli ishdan bo‘shatilgan: Gollivud yulduzlarining yordamchilari bilan yuz bergan qiziqarli holatlar

    14.06.2024, 13:43

    Mashhur turk aktyori Burak O‘zchivit o‘zbek tarixiy filmida suratga tushadi

    22.06.2024, 15:55

    “Semiz, qari, iste’dodsiz”: mashhur turk aktyorlarining muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan rafiqalari

    24.07.2024, 18:15

    Gollivud yulduzlariga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan oddiy odamlar (foto)

    02.08.2024, 13:20

    “Qish sonatasi” qanday suratga olingan va uning aktyorlari hozir nima bilan band? (foto)

    15.08.2024, 15:40

    “Bir inson bilan yashab, o‘zingni yolg‘iz his qilishdan yomoni yo‘q”. 45 kiloga ozgan va aktyor eri bilan ajrashgan Shahnoza Otaboyeva 35 yoshda (foto, video) 

    21.08.2024, 16:40

    Serialdagi rolini kutilmaganda tark etgan turk aktyor va aktrisalari 

    03.09.2024, 14:10

    Instagram: Bobur Yo‘ldoshev xonadonida to‘y, “Mitti vayn” jamosi aktyori uylandi, Ruxshonaning turmushga chiqqani yolg‘onmidi? 

    18.09.2024, 10:59

    Xonanda Afruza turmushga chiqdi. Kuyov — taniqli aktyorning o‘g‘li (foto, video)  

    25.09.2024, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.