• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bir inson bilan yashab, o‘zingni yolg‘iz his qilishdan yomoni yo‘q”. 45 kiloga ozgan va aktyor eri bilan ajrashgan Shahnoza Otaboyeva 35 yoshda (foto, video)

    21-avgust sanasida xonanda Shahnoza Otaboyeva 35 yoshni qarshi oldi. U muxlislarga “Oh, azizim”, “Farishtam onam” kabi qo‘shiqlari bilan yaxshi tanish.  

    Foto: Instagram


    — Aslida, kelib chiqishimiz Toshkent viloyatining Piskent tumaniga borib taqaladi. Lekin buvim Surxondaryoda katta shifokor bo‘lgani uchun ota-onam Surxondaryoda yashashgan va men o‘sha yerda tug‘ilganman. Lekin bolaligim Toshkentda o‘tgan. Onam chiroyli qo‘shiqlar aytadilar, lekin o‘zlari o‘qituvchilar. San’atga qiziqish onamdan o‘tgan. Agar shifokor bo‘lganimda, eplab ketardim, deb o‘ylayman. Yoki xonanda bo‘lmaganimda, yaxshi tikuvchi bo‘lardim. “Oh, azizim” klipidan keyin meni styuardessalikka ham ishga taklif qilishgan. Bunga bo‘yim uzunligi sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak.



    Bolalik xotiralari

    — Maktabda onamning qo‘llarida tahsil olganman. Hech esimdan chiqmaydi. O‘sha paytlarda farrosh uchun sinf fondiga pul yig‘ilardi. Onam sinf rahbari bo‘lgani uchun farrosh chaqirmay, darsdan keyin o‘zlari sinf xonalarini tozalab chiqardilar. Men ham shunda onamga yordam berardim. Ta’til paytlarida uyda bekor qolmasin, deb “dom”imiz tagida kichkina stolcha qo‘yib, pista va qurt sotishimga sharoit qilib berardi. Mehnatning aybi yo‘q. Keyinchalik kliplarim televideniye orqali namoyish etila boshlaganidan so‘ng qo‘shnilarim “Anov pista-qurt sotadigan qo‘shni qiz artist bo‘libdi”, deyishgan ekan. Onam ukam ikkalamizni yolg‘iz boshi bilan voyaga yetkazganlar.

    Ozoda Nursaidovaga havas qilganman

    — “Oh, azizim”ni Ozoda Nursaidovaga o‘xshab kuylaganman. O‘sha qo‘shiq chiqqanidan keyin ko‘pchilik Ozoda yangi qo‘shiq aytibdi, deb o‘ylashgan. Ozoda opamga taqlid qilib-qilib, o‘zimni topganman. Chunki men Ozoda bo‘la olmasdim, o‘z yo‘nalishimni topishim kerak bo‘lgan. Ular menga nafaqat ustoz, balki yaqin opamdek bo‘lib qolganlar.

    Aktyor Kamol Bobonazarov bilan turmushi

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im bilan to‘liq 3 yil yashadik. Keyin alohida yashadik. Bir yarim yildan keyin farzandlarimiz ota-onasiz o‘smasin, deb yana yarashdik. Lekin yashab keta olmadik. Hozirda qonunan ham, shar’iy tomondan ham ajrashganmiz. Hech qaysi ayol baxtli va to‘kis hayotda yashasa, u hayotini barbod qilib, boshqa yo‘lga ketmaydi. Men qiyinchilik ko‘rib katta bo‘lganman, farzandlarim ota-onasiz katta bo‘lishlarini istamaganman. Balki mening aybim — san’atkor bo‘lganimdadir. Chunki to‘ylar, xizmatlar sabab ko‘p ko‘chada yuramiz. Shu sabab o‘rtamizda kelishmovchiliklar bo‘ldi. Men uyda ham erkak, ham ayol bo‘lib yashashdan charchadim. Necha yillardan beri uyga faqat men bozorlik qilib kelaman. Men ham turmush o‘rtog‘im ro‘zg‘orimni qilib berishini xohlayman.



    Ortiqcha vazn bilan kurash


    Xonandaning aytishicha, uning hayotidagi stresslar va asabbuzarliklar ortiqcha vazn to‘plashiga sabab bo‘lgan.

    — To‘ydan oldin birga ijod qilishni, xizmatlarga birga chiqib, men qo‘shiq aytib, ular boshlovchilik qilishlarini rejalashtirgandik. Ketma-ket farzand ko‘rdim. Ijodni ham oilam mustahkamlansin, deb tashlab qo‘ydim. To‘yga, xizmatlarga borib kelardim kerak bo‘lsa. Boshida ko‘p qiyinchiliklar bo‘ldi. Yaxshi bo‘lib ketar, deb kurashdim. 27 yoshimda turmushga chiqib, 28 va 29 yoshimda ketma-ket farzandli bo‘ldim. Asabbuzarlik va stresslardan semirib ketdim. Tarozidagi vaznim 120 kiloga qarab ketdi. Har xil diyetalar qildim, dorilar ichdim. Umuman oza olmadim. Oxiri oshqozonimni kestirib 45 kiloga ozdim.

    Foto: Instagram


     Shahnoza Otaboyeva vazni sabab 5 yil sahnaga chiqmagani haqida

    — Bu ishni hamma bildi, chunki men hech kimdan berkitib qilmadim. Birinchi navbatda yaxshi shifokor tanlay olish kerak ekan, sababi bu sizning hayotingiz bilan bog‘liq. Ko‘pchilik bilan maslahatlashdim. Ayol kishi farzand ko‘rgandan keyin baribir semiradi. Ayniqsa, COVID-19 dan keyin ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi, yashash uchun kurashdik. Ozarbayjondan kelgan shifokorga bordim va jarrohlik yo‘li bilan ozish uchun operatsiya qildirdim. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, chunki 5 yil sahnadan qochib yurgandim. Vaznim sababli klip ololmadim, sahnaga chiqolmadim. Ozish uchun hamma narsa qildim, foydasi bo‘lmadi.

    Foto: Instagram


    Jarrohlik operatsiyasidan oldingi holati va undan keyin 35 kg vazn yo‘qotgani haqida

    — Operatsiya qildirish haqida ko‘p ayollarga aytyapman. San’atkor bo‘lganingizdan keyin shu holat bo‘lsa, ko‘pchilikdan qochar ekansiz, odamlardan uyalarkansiz. Do‘konga kirishim bilan sizga mos o‘lchamdagi kiyim yo‘q deyishlari ko‘nglimga tegardi. Biror narsa tiktirsangiz, yarashmaydi, oynaga qaragingiz kelmaydi, bu to‘la vaznli ayollarimizda oddiy hol. Shunaqa voqealar bo‘lgan. Juda qiynaldim, stress bo‘ldi, bu holatni boshdan kechirgan odam biladi. Men 35 kg vazn tashladim, yaqinda borib shifokor ko‘rigidan o‘tgandim. Hozir o‘zimni juda yengil his qilyapman, xuddi 15 yil oldingi, klipimdagi styuardessa ko‘rinishida bo‘lgan Shahnozaga qaytgandekman. Bu reklama emas, o‘zim boshdan kechirganim uchun buni ko‘pchilikka tavsiya qildim. Ko‘pchilik Instagram sahifamda 5-6 oydan beri meni kuzatib keladi, ayrimlari xuddi shu jarrohlik operatsiyasini qildirdi va menga rahmat aytdi.

    Foto: Instagram


    Ajrashishiga nima sabab bo‘lgan?


     — Erkak o‘z ayolini benomuslikda, dilozorlikda ayblasa, oilasini uysiz qoldirsa chiday olmas ekansiz. Yashab o‘tirgan uyimizni sotib yuborgan, puli esa yo‘q bo‘lib ketgan. Mana shu narsalar meni kuchli qildi. Men o‘shanda ikki bolam bilan birovning “tarakanxonasida” yashadim. Mayli, uyni sotib yubording, lekin ayoling va bolalaringni ijaraga olib chiqish yo‘lini qilsang bo‘lardi-ku. Lekin turmush o‘rtog‘im kimnidir topib, meni to‘la holimda ikki bolam bilan shundoq botqoqqa uloqtirib ketdi. Yaqinda shunday holat bo‘ldi: bolam otamni sog‘indim, dedi. Telefon qilsak har doim “Ishim bor hozir, bolam” juda bo‘lmasa “Hozir pulim yo‘q, pulim bo‘lganida boraman”, deydi. Lekin keyinchalik eshitdimki, o‘shanda bir ayolning ofisida uni kutib o‘tirgan ekan.  

    21.08.2024, 16:40   Izoh (0)   101556
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bizni ko‘chada qoldirib, boshqa ayol bilan ketib qoldi”. Shahnoza Otaboyeva aktyor Kamol Bobonazarov bilan ajrashishiga sabab bo‘lgan voqea haqida

    11.03.2024, 13:40

    Neslihan Atagul 31 yoshda: “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (treyler) 

    20.08.2024, 12:54

    Hayotda hech qachon hech kimning o‘yinchog‘i bo‘lmagan fransuz aktyori — Pyer Rishar 90 yoshda

    20.08.2024, 18:51

    “Bir yil ichida 10 ta uy almashtirganmiz”. Ustozining o‘g‘liga ko‘ngil qo‘ygan, noyob qobiliyat egasi Yulduz Turdiyeva 39 yoshda (foto, video)  

    21.08.2024, 12:35

    Instagram: Otabek Madrahimov nevarali bo‘ldi, Farhod biznesga qo‘l urdi, Dilnoza Kubayeva qachon turmushga chiqadi?

    21.08.2024, 11:25

    Roli sabab “qaritilgan” aktyorlar: yillar o‘tib ular aynan shu yoshda qanday ko‘rinishga ega?

    21.08.2024, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.