• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Nafaqat Gollivudni, balki dunyoni ham zabt etgan 7 nafar osiyolik aktrisa (foto)

    Oxirgi kunlarda barchaning og‘zida bir ism — aktrisa Mishel Yeo bir necha kun oldin “Eng yaxshi ayol roli” uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritdi va “Oskar”ga loyiq ko‘rilgan birinchi osiyolik ayol bo‘ldi. Bir paytlar Yevropa va Amerika filmlarida osiyolik qiyofa chindan ham ekzotik edi, shunga qaramay o‘sha paytda ham Osiyo mamlakatlari aktrisalari iste’dodlari tufayli katta ekranlarga chiqqan.

    Lyusi Liu

    54 yoshli xitoylik aktrisa (ota-onasi tayvanlik) ekzotik osiyocha qiyofaga ega eng mashhur aktrisalardan biridir. Lyusi tug‘ilganidan beri AQSHda yashaydi — u Nyu Yorkda tug‘ilib o‘sgan, ammo bo‘lajak aktrisa ingliz tilini faqat 5 yoshida o‘rgana boshlagan — uning oilasi xitoy tilida gaplashgan.

    Lyusi Michigan universitetining Osiyo tillari va madaniyati fakultetini tamomlagan. O‘qishning so‘nggi yillarida u “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” spektaklida ishtirok etadi, shundan so‘ng uning haqiqiy ishi aktrisalik ekanini anglaydi. Lyusi Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi va Gollivudni zabt etishga harakat qila boshlaydi, ammo osiyocha tashqi ko‘rinish bilan buni uddalash ancha qiyin edi. Uzoq vaqt davomida u “Elli MakBil” teleserialidagi yordamchi rollardan biriga taklif qilinmaguncha epizodik rollarni ijro etadi. 1999-yilda u “Emmi” mukofotining “Eng yaxshi yordamchi aktrisa” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. Hozirda uning filmografiyasi yuzdan ortiq rollarni o‘z ichiga oladi.

    Sandra O

    51 yoshli Sandra O “Ehtiros anatomiyasi” va “Yevani o‘ldirish” serialidagi rollari bilan tanilgan, ammo u Gollivudga begona emas — uning filmografiyasida yuzga yaqin rollar mavjud.

    Sandra Oning ota-onasi koreys bo‘lib, u tug‘ilishidan ancha oldin Kanadaga ko‘chib kelgan. Sandra balerina bo‘lishi mumkin edi, lekin teatr san’atiga qiziqib qoladi.

    2005-yilda Shonda Rayms Sandra Oni “Ehtiros anatomiyasi” serialidagi Kristina Yang rolini o‘ynashga taklif qiladi. Film muvaffaqiyatga erishadi — natijada o‘n yillikning eng ko‘p muhokama qilingan va baholangan televizion loyihalaridan biriga aylanadi. Bu roli uchun O 2006-yilda “Televideniyedagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotini va 2006-yilda dramatik seriallaridagi “Eng yaxshi aktrisa” uchun Amerika aktyorlari gildiyasi mukofotiga sazovor bo‘ladi, shuningdek, besh yil ketma-ket “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” uchun “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ladi. 2018-yilning 12-iyulida u “Yevani o‘ldirish” filmidagi roli uchun “Dramatik seriallaridagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Emmi” mukofotiga loyiq ko‘rilgan birinchi osiyolik aktrisa bo‘lib tarixga kiradi. Xuddi shu roli uchun u “Oltin globus” mukofotini ham oladi.

    Jemma Chan

    Aktrisa Buyuk Britaniyada, xitoylik muhojirlar oilasida tug‘ilgan. Bolaligidan Jemma turli xil san’at turlariga qiziqadi, lekin hayotini ijod bilan bog‘lash haqida o‘ylamaydi. U Oksford universitetidagi Vuster kollejining huquq fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qishni tugatgach, aktrisa bo‘lishni xohlayotganini tushunadi va Londondagi drama teatri qoshidagi aktyorlik maktabiga o‘qishga kirishga qaror qiladi. O‘qish bilan bir qatorda Chan model sifatida ishlagan. Diplomni olgandan so‘ng Jemma Chan teatr va filmlarda rol o‘ynashni boshlaydi. Avvaliga u asosan teleseriallarda (“Doktor Kim”, “Sherlok”, “Odamlar”), keyin esa badiiy filmlarda suratga tushgan. Ular orasida “Jodu saltanati”, “O‘ta badavlat osiyoliklar”, “Kapitan Marvel” filmlari bor. Jemma bu yil 41 yoshga to‘ladi.

    Gun Li

    Mashhur aktrisani xitoylik Meril Strip deb atashadi, chunki u kuchli va jasur qahramonlarni ijro etadi. Gun Li 1965-yilda Shenyang shahrida tug‘ilgan. Qiz bolaligidan raqsga tushishni yaxshi ko‘rar, qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilardi. 1983-yilda Pekindagi Markaziy dramatik san’at akademiyasiga o‘qishga kiradi.

    Aktrisa sifatida u rejissyor Chan Yimou bilan hamkorligi orqasidan xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘ladi — Xitoy kinosini Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda ommalashtirishga yordam beradi. Gun Li ko‘plab mukofotlar, jumladan, ikkita “Oltin xo‘roz” mukofoti, uchta “Yuzta gul” mukofoti, AQSH Milliy kinotanqidchilar kengashi mukofoti, Berlin, Kann va Venetsiya kinofestivallari sovrindori, shuningdek, “Dunyo artisti” faxriy unvoni sohibidir. 

    Gana Bayarsaykan

    Mo‘g‘ul aktrisasi va modeli Ulan-Bator shahrida tug‘ilgan. U faoliyatini model sifatida boshlagan — Schön va Where jurnallari uchun suratga tushgan. Dramaturgiya bo‘yicha o‘qishni tugatgandan so‘ng, kastinglardan yiqilmaslik uchun nutqi va intonatsiyasini rivojlantirishga yordam beradigan maxsus kursda o‘qiydi.

    Gana Gollivud filmida bosh rolni ijro etgan birinchi mo‘g‘ul aktrisasidir. Bayarsayxon ekrandagi debyutini “Mashinadan” filmida android Jeyd roli bilan qiladi, u Oskar Ayzek, Donall Glison va Alisiya Vikander bilan birga o‘ynaydi. U “Ben-Gur” (2016) va “Mo‘jizakor ayol” (2017) filmlarida ham ishtirok etadi. “Varvarlarni kutib” filmida Jonni Depp bilan birga o‘ynagan, 2019-yilda 76-Venetsiya xalqaro kinofestivalida mazkur filmning premyerasi bo‘lgan. Gananing filmografiyasida 11 ta film va teleseriallardagi rollar mavjud; u ko‘proq model sifatida taniqli.

    Jan Xe-Jin

    Aktrisa Janubiy Koreyaning Pusan ​​shahrida tug‘ilgan. Koreya Milliy sanʼat universitetining aktyorlik fakultetini tamomlagan. U 1998-yilda “Rojdestvoda qor yog‘sa” filmida aktyorlik debyutini qilgan. Umuman olganda, 48 yoshli aktrisaning filmografiyasi 30 ga yaqin film va teleseriallarni o‘z ichiga oladi. U 2020-yilda “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi original ssenariy” va “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyalarida “Oskar” mukofotlarini qo‘lga kiritgan Bon Jun Xoning “Parazitlar” filmida bosh rolni ijro etganidan keyin butun dunyoga tanildi.

    Bunday muvaffaqiyatdan so‘ng, Jan Xe Jin turli loyihalarga, asosan, dramalarga faol taklif qilina boshlandi.

    Jeymi Chon

    Jeymi Chon amerikalik koreys oilasida tug‘ilgan. U Kaliforniya universitetini tamomlagan va u yerda iqtisod bo‘yicha tahsil olgan. Uning kinoga bo‘lgan yo‘li realiti-shoularda ishtirok etish orqali boshlanadi. Shunday qilib, u “Tez yordam” va “Ehtiros anatomiyasi” epizodlarida rol o‘ynaydi.

    Chonning birinchi asosiy roli “Samuray qizi” teleserialida, undan keyin “Malikani himoya qilish dasturi”, “Ajdaho marvaridi: evolyutsiya”, “Yotoqxonadagi qichqiriq”, “Odnoklassniki” filmlaridagi rollari bo‘lgan. Bu yil aktrisa o‘zining 40 yoshini nishonlaydi.

    28.05.2024, 12:48   Izoh (0)   72761
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kira Naytli tishida musiqa chaladi: Gollivud yulduzlarining ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan noodatiy mahoratlari (video)

    24.05.2024, 13:40

    Sevimli filmlaringiz haqidagi tushunchangizni tubdan o‘zgartirib yuboradigan qiziqarli faktlar

    24.05.2024, 09:45

    Yozgi topshiriq: Bill Geyts hamma o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi

    25.05.2024, 12:45

    “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin va uning oilasi yashagan uy sotuvga qo‘yildi (foto)

    28.05.2024, 11:50

    Instagram: Indira Miftahova oilasida og‘ir judolik, o‘zbek shou-biznesidagi yangi oila, sayohatdagi mashhurlar

    28.05.2024, 10:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.