• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Tarjimon bo‘lishni orzu qilgan, bedavo kasallikdan aziyat chekadigan hamda turk aktyoriga ko‘ngil qo‘ygan Yulduz Rajabova 34 yoshda (foto)

    Kliplardagi ishtiroki bilan tomoshabinlar nazariga tushgan mahoratli aktrisa Yulduz Rajabova 23-dekabr kuni 34 yoshni qarshi oldi. Ushbu sana munosabati bilan aktrisaning hayoti va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.

    Foto: Instagram

    Yulduz Rajabova 1989-yilning 23-dekabrida Navoiy shahrida tug‘ilgan. Uning onasi uy bekasi, otasi esa jurnalist bo‘lib, aktrisaning bir akasi bor. Yulduz bolaligida sanʼatga qiziqishi bois Navoiy shahridagi Farhod nomli madaniyat saroyidagi raqs to‘garagiga qatnashgan. O‘rta maktabni tamomlagach, tarjimon bo‘lish niyatida chet tillarini o‘rganishni boshlagan. Lekin bu sohada ishlamagan.

    Keyinchalik O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. Yulduz o‘z ijodiy faoliyatini shu oliygoh qoshidagi teatrda boshlagan. Keyinchalik videokliplardagi ishtiroki bilan tanila boshlagan. Aktrisa 2013-yilda Said Muxtorovning “Xazon” nomli qisqa metrajli filmida ilk bor suratga tushdi. U faoliyati davomida bugungacha “Turist” (2013), “Sotqin” (2016), “Yuragimdasan” (2018), “Oyqiz ertagi”, “Maqsad” (2018) “Skorpion”(2018), “Yolg‘on girdobi” (2018) kabi filmlar va “Mendirman Jaloliddin” nomli serialda suratga tushdi. Yulduz ayni damda “Diydor” teatr studiyasida faoliyat yuritadi.
    Aktrisa Oskar mukofotiga tavsiya etilgan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida ham bosh rolni ijro etgan.

    “Ikki yil jahon tillari universitetiga topshirib, kira olmaganman”

    Foto: Instagram

     

    — Bolalikdan raqs sanʼatiga qiziqqanman, ammo tarjimon bo‘lish xohishi ustunlik qilgan. Ingliz tilini o‘rganishga jiddiy kirishganman, ammo ikki yil Jahon tillari universitetiga hujjat topshirib kirolmaganman. Uchinchi yil O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga hujjat topshirish fikri tug‘ilgan. Albatta, qarshiliklar bo‘lgan, ammo onam hamisha qo‘llab-quvvatlab, imtihonlarga o‘zi olib kelgan. Har qanday inson qo‘llab-quvvatlaydigan odamga muhtojlik sezadi. Biror ishni qilishda ikkilanib tursangiz, o‘sha insonning ishonchi katta kuch beradi. Aktrisa bo‘lishimga onamning ishonchi yuqori bo‘lgan.

    Hozir ingliz tilini bilaman va o‘rganishda davom etyapman

    “Rep aytishga qiziqaman”

    Foto: Instagram


    Yulduz Rajabovaning yaxshi qo‘shiq ayta olishini ko‘pchilik muxlislari biladi. Aktrisa bundan bir necha yil avval Maksim Fadeyevning “Oynalardagi raqslar” qo‘shig‘ini ijro etib, Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan hamda muxlislarining tahsiniga sazovor bo‘lgan edi. Xonanda intervyularidan birida rep kuylashga qiziqishini aytib o‘tgan.

    — Rep yo‘nalishidagi qo‘shiqni aytishga qiziqaman. Bolalikdan qo‘shiqchilikka ishtiyoqim baland bo‘lgan. Lekin aynan sof rep yo‘nalishida qo‘shiq aytishni orzu qilaman

    “Yalindik, yolvordik, lekin ular qo‘limizdagi hamma narsani tortib oldi” 

    Aktrisa intervyularidan birida bolaligida onasi bilan bo‘lgan ayanchli voqea haqida so‘zlab bergan.

    — Onam bozorda kitob sotardi. Men ham maktabdan so‘ng onamning yoniga borib, unga yordam berardim. Kitoblarni birgalikda sotardik. Bir kun bozorga tekshiruvchilar keldi. Bizda ruxsatnoma bor edi, biroq uning amal qilish muddati biroz o‘tgandi. Toshkentdan kelgan tekshiruvchilar qo‘limizda nima bo‘lsa, hammasini tortib olishdi. Kitob, daftar, qalam, ruchka — hammasidan ayrildik. O‘sha kuni onamning yuz ifodasini, nimalar his etganini juda yaxshi xotirlayman. Bir farzand o‘laroq onangga yordam bera olmaslik, juda ham og‘ir. Bu kun hech qachon esimdan chiqmaydi. Biz u insonlarga yalindik, yolvordik, ammo afsuski hech qanday natija bo‘lmadi. Undan so‘ng oyoqqa qalqish juda qiyin bo‘ldi. Onam katta qarz ko‘tarib, ishini noldan boshladi. Qarzlarni sekin-asta uzib, oyoqqa turdik”,  — deya xotirlaydi Yulduz Rajabova.

     “Yaqinda yaxshi bir uy oldim. Onam ‘O‘tgan yaxshi yomon kunlarimiz uchun, aynan ushbu taqdir yo‘lini yashab o‘tganimiz uchun shukr’, dedilar”, — deydi aktrisa.

    Talabalik yillaridagi moddiy qiyinchiliklar haqida

    Foto: Instagram

    — Institutda o‘qigan paytlarimda pul masalasida qiynalganman. To‘rtta kursdoshim bilan nonni olib, kesib “suxarik” qilardik va butun kun davomida shuni yeb yurar edik. Stipendiya olish uchun ijtimoiy fanlardan ham yaxshi bahoga o‘qiganman. Stipendiyani olishim bilan turadigan uyimizning ijara haqqini berardim. Inson o‘zini o‘zi eplay oladi, lekin oilasi bilan bo‘lsa qaysidir narsalardan voz kechib pul ishlashiga to‘g‘ri keladi.

    “Mendirman Jaloliddin” serialida juda katta muhabbat bor

    Foto: Instagram

    “Mendirman Jaloliddin” seriali haqida boshidan salbiy izoh berila boshlandi. Fikrlar faqat salbiy bo‘ldi. Men Ozodbek akaning fikrlarini tushundim, bu serial faqat biz uchun emas, tariximizni chet elga sotish uchun bizdagi jahon standartlariga mos bo‘lgan aktyor, aktrisalarni ko‘rsatish, jahon standartlariga mos bo‘lgan loyiha yaratish uchun qilindi. Bir haftada serialning bitta qismi namoyish etildi. Boshqa mamlakatlarda ham seriallarning bitta qismi haftada bir marta chiqadi.

    Biz ham butun dunyoga moslab shu narsani qo‘llab ko‘rdik. Kunlik serial olish juda ham qiyin. Turkiyada, Qozog‘istonda yoki boshqa mamlakatlarda seriallarning bir qismi haftada bir marotaba berib boriladi. Bir haftada birinchi, ikkinchi haftada ikkinchi va uchinchi haftada uchinchi qismini taqdim etishadi, sifat ham shunga yarasha bo‘ladi.  

    Bir kunda 35 ta epizod suratga olinsa, serial sifatsiz bo‘lib qoladi. Serialni tomosha qilish yoki qilmaslik har kimning o‘z fikri. Biz unga jonimizni berib ishladik. Yaxshi narsa chiqdi, juda ham katta mehnat bor bo‘lgan loyiha bo‘ldi. Serialda juda katta muhabbat bor.

    Yulduz va Emre


    Yulduz Rajabova “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayonlarida turk aktyori Emre Kiviljim bilan tanishdi. Emre serialda Jaloliddinni, Yulduz esa Jaloliddinning sevgilisi Qutlibekani ijro etdi. Bora-bora aktyorlarning ekrandagi sevgisi hayotga ham ko‘chdi. Yulduz va Emrening bir-birga befarq emasligi “Mendirman Jaloliddin”ning Toshkentdagi taqdimotida sezildi.

    Oradan biroz vaqt o‘tgach, Emre Instagram sahifasi orqali Yulduzni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi hamda “Tug‘ilgan kuning bilan sevgilim” deb yozdi. Shundan so‘ng Yulduz va Emre o‘rtasidagi muhabbat muxlislarga oshkor bo‘ldi. Ular bir necha bor chet el sayohatlarida ham birgalikda ko‘rinish berdi.

    Foto: Instagram

     

    Oradan ikki yil o‘tib, Emre Kiviljim “Vido maktubi” deb nomlangan serialda suratga tushdi. Shundan so‘ng Emrening serialdagi partnyori Robiya Soyturkka ko‘ngil qo‘ygani haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq Emre jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida Yulduzga bo‘lgan hislari haqiqiy ekanligini ta’kidladi.

    “Yulduz bilan hali ham gaplashamiz, ko‘rishib turamiz. Munosabatlarimiz hammasi yaxshi. Sevgimiz bitmas, u mozorga qadar. Yulduzni haliyam yuragimdan sevaman”, — dedi Emre.

    “Bu tuzaladigan kasallik emas”

    Yulduz intervyularidan birida bir necha yildan buyon bosh og‘riqlaridan aziyat chekishi haqida gapirgan. 

    Foto: Instagram

    — Juda ko‘p yillardan beri meni bosh og‘riqlar qiynab keladi. Lekin bu migren bilan bog‘liq. Ayni shu kasalligi bor insonlar meni yaxshi tushunadi. Bu bosh og‘riq bilan hech narsa qila olmaysiz. Ba’zida shunday og‘riydi, hech qanday dori yordam bermaydi. Migrenni davolash qiyin. Men bir nechta shifokorlar bilan maslahatlashib, bu tuzaladigan kasallik emas, degan fikrga keldim. Uni qanaqadir usullar bilan og‘rig‘ini kamaytirish mumkin. Yoki har olti oyda ukolini olish mumkin. Hozirda shulardan foydalanyapman”, — deydi aktrisa.

    Ishongan insonlari haqida

    — Birinchi navbatda inson shaxsiy hayoti haqida gapirishga tayyor bo‘lishi kerak. Inson shaxsiy hayoti haqida yangi hayotga qadam qo‘yayotganda, o‘ziga ishonch hosil qilgandan keyin aytishi kerak deb o‘ylayman.

    Hayotdagi tanlovlar borasida o‘zim ishongan 3-4 kishidan maslahat olaman. Bir vaqtlar atrofimda do‘stlarim bor edi, ammo vaqt o‘tib bitta o‘zim qolib ketgan paytlar ham bo‘ldi. Bu borada hech kimni aybdor qilmoqchi emasman, lekin Alloh sinov berganda oldimizda kim qolishini va qolmasligini ko‘rsatib berar ekan. Hech qachon do‘stsiz bir o‘zim qolib ketaman, deb o‘ylamaganman. Yaxshi ham shunaqa bo‘ldi, shundan keyin o‘zimni eshitishni boshladim.

    O‘sha paytda atrofimda qolgan 3-4 kishining fikri meniki bilan hamohang ekanini tushunib yetdim. Bugungi kunda do‘st tanlamayman, atrofimda o‘zim ishongan yaqinlarim bor. O‘rtoqlarim bo‘lishi mumkin, lekin men ularni o‘zim ishongan to‘rt inson darajasiga qo‘ymayman. Chunki hayotda nima bo‘lishidan qat’i nazar, oila a’zolaringizdan tashqari boshqa hech kimga sizning sog‘lig‘ingiz ham, omadli va to‘g‘ri bo‘lganingiz ham kerak emas.

    “Yangi loyihalardan takliflar bor, lekin hozirgi qilinayotgan narsalar professionalizm emas”

    — Kliplardagi rollarimni har bir inson uchun foydali deya olmayman, lekin doim o‘zimga, energiyamga yaqin narsa bo‘lishini xohlaganman va shunaqa loyihalarda chiqishga harakat qilganman. Serial tufayli Turkiyaga ketdim, shuning uchun o‘zim ishlaydigan “Diydor” teatrida spektakllarga qatnasha olmadim. Endi O‘zbekistonga keldim, teatrimizda spektakllar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Teatrni juda sog‘inganman. Rahmatli ustoz san’atkor Bahodir Yo‘ldoshev olamdan o‘tganidan keyin teatrimiz huvillab qoldi.

    Yangi loyihalardan takliflar bor, lekin hozirgi qilinayotgan narsalar professionalizm emas. Unaqa loyihalarga borib nima qilaman? Men loyiha ustida, xarakter ustida ishlashim kerak. U yerda nima qilaman?

    Prezident etirofi

    Yulduz Rajabova 2021-yilda Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Prezident farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Aktrisa davlat rahbari bilan uchrashuv haqida intervyularidan birida katta hayajon bilan so‘zlab bergan.   

    Foto: Instagram

    O‘shanda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabova ishtirokidagi “Mendirman Jaloliddin” serialini e’tirof etib, uni ijodni susaytirmaslikka chaqirgan edi.

    — 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlatimiz rahbari o‘sha tadbirda qatnashgan barcha ayollarni tabriklab, birma-bir so‘rashib chiqdi. Ularning bunday oliyjanobligini ko‘rib, ayrim ayollar xursandligidan yig‘lab ham yubordi.

    Prezidentimizning marosimdagi xotin-qizlar bilan so‘rashishlarini sira kutmagandim. Men bilan so‘rashayotgan vaqtda ‘Kino zo‘r chiqdi, ijodni susaytirmang’, deya aytgan e’tirofi juda hayajonlantirdi va o‘zimga nisbatan ishonchni kuchaytirdi. Shuningdek, bunday e’tibor o‘z ustimda yanada qattiq ishlashimga bir turtki bo‘ldi, mas’uliyatni oshirdi.

    25.12.2023, 11:50   Izoh (0)   187493
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bahora Arslonova “Mendirman Jaloliddin” seriali haqida fikr bildirgani uchun Yulduz Rajabova undan xafa bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)

    14.01.2022, 15:44

    “Ikki yil imtihondan yiqilganman” — aktrisa Yulduz Rajabova tarjimon bo‘lolmagani va rep aytish niyati borligi haqida gapirdi

    07.11.2023, 13:50

    Turk aktyori Emre Kiviljim Yulduz Rajabova bilan ayni paytdagi munosabatlariga oydinlik kiritdi 

    18.12.2023, 10:35

    Bred Pitt — 60 yoshda: Xitoy qo‘ygan 20 yillik “zapret” va aktyorning shaxsiy hayoti haqida 10 ta noyob fakt

    21.12.2023, 13:35

    “Villi Vonka” filmi qisqa fursatda 150 million dollardan ko‘proq daromad olib keldi

    19.12.2023, 12:35

    “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinning ukasi hozir qanday ko‘rinishda? (foto) 

    19.12.2023, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

    Reklama | 26 may, 09:00

    Rossiya Ukrainaga bir vaqtda mingdan ortiq Shahed uchirishga tayyorlanmoqda — OAV

    Dunyo | 26 may, 08:55

    Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish uchun pul olgan ikki kishi ushlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 08:34

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.