Taniqli kino va teatr aktyori Adiz Rajabovning onasi vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Telegram kanalida xabar berildi.

“Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi taniqli kinoaktyor, “Shuhrat” medali sohibi Adiz Rajabovga volidai muhtaramalari Shoira ayaning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor qiladi”, — deyiladi xabarda.
Bir necha kun avval Sardor Rahimxonning onasi vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)