Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘qituvchilar nomiga kredit olgan direktor o‘rinbosari yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi 27-sonli maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Ahmedovaning faoliyati o‘rganib chiqilishi kerakligi, sababi maktabda ish faoliyati davomida qo‘l ostida ishlayotgan o‘qituvchi va xodimlarning nomiga kredit olib, o‘z vaqtida kreditni bartaraf etmasdan, pedagog hamda xodimlar o‘z hisobidan kredit to‘lovini to‘lab kelishayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganishda yuqoridagi holat o‘z tasdig‘ini topgan. Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa direktorining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.
Avvalroq Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qilgani ortidan sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olingani, Toshkentda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi o‘qigan maktab direktori va uning o‘rinbosari qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)