Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Kooperatsiya portali orqali mahsulot yetkazib berish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Davlat rahbariga ko‘ra, Buxorodagi 205 ming gektar yerni sug‘orish uchun 50 ta nasos stansiya yiliga 1,5 million kilovatt/soat elektr sarflamoqda. Ular energotejamkor, zamonaviy nasoslarga almashtirilsa, yiliga kamida 400 milliard so‘m iqtisod bo‘ladi.
Viloyatdagi 89 ta sanoat korxonasi davlat tashkilotlariga Kooperatsiya portali orqali mahsulot yetkazib berayotgani — bu juda kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, portalda Vobkentdan birorta korxona qatnashmagan, Olot va Peshkudan — 1 tadan, Jondor va Buxoro tumanidan — 2 tadan korxona ishtirok etgan.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga Kooperatsiya portalida haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartib qilish, ishlab chiqaruvchilarning davlat xarididagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Bundan oldin prezident viloyat salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha viloyat rahbariyati, 13 ta tuman va shahar hokimlarining hozirgi faoliyati juda sustligini ko‘rsatib o‘tgandi.
Izoh (0)