Buxoroga xorijdan 5 million turist kelishi uchun katta zamin hozirlanmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Lekin viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka eʼtibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayapti.
Shu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bog‘i va sunʼiy ko‘lni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.
“Chor Minor” va “Isteza” madrasalari, “Samarqand” va “Darvozai Salloxona” darvozalari, “Masjidi Kalon” kabi obyektlarni drenaj tizimini taʼmirlashga 35 milliard so‘m ajratiladi.
Buxoro aeroporti turistlar oqimini 2 barobar oshirish rejasi uchun kichiklik qilmoqda. Kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 barobar ko‘p quvvatga ega 226 million dollarlik yangi zamonaviy xalqaro aeroport qurilishiga start berildi. Bu yerda haftasiga 100 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan oldin prezident viloyat salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha viloyat rahbariyati, 13 ta tuman va shahar hokimlarining hozirgi faoliyati juda sustligini ko‘rsatib o‘tgandi.
Izoh (0)