• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Vagner” guruhi tarkibida Ukrainada jang qilgan mahbuslarning birinchi guruhi afv etildi

    “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi tarkibida Ukrainada jang qilgan mahbuslarning birinchi guruhi yarim yillik shartnoma tugaganidan keyin afv etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti” guruh asoschisi Yevgeniy Prigojinga tayanib.

    Yevgeniy Prigojin

    Yevgeniy Prigojin
    Foto: “TASS”

    Sobiq mahbuslardan iborat birinchi guruhda qariyb 20 kishi bor. Ularning ism-shariflari, nima uchun sudlangani ma’lum qilinmayapti. Sudlanganlikning bekor qilingani haqida Prigojinning gaplaridan ma’lum bo‘lgan, xolos.

    Shuningdek, “RIA Novosti” biznesmen kamuflyaj kiygan odamlarning qo‘lini siqib, “shartnomani o‘tab bo‘lgani” bilan tabriklayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

    “O‘z shartnomalarini sharaf bilan o‘tashdi, munosib ravishda, birinchilardan bo‘lib… Birinchilar. Shunday o‘tab berishdiki, buni ko‘pchilik eplay olmaydi… Jamoatchilik ularga juda chuqur hurmat bilan qarashi kerak, qonunlarni esa ular buzmasligi kerak”, — deydi biznesmen rolikda.

    Prigojin “o‘ttiz yil o‘tirib”, so‘ng dushmanlar bilan qo‘shib o‘zini portlatib yuborgan va “qahramonlarcha halok bo‘lgan” mahbuslardan birini yodga oldi. “Bu irsiyat… Gormonlar, miya egri chiziqlari va qolgan barcha narsalarning uyg‘unligi”, — dedi “Vagner” asoschisi.

    Yollanma jangchilar endi nima bilan mashg‘ul bo‘lishi haqidagi savolga javoban, ortga qaytishini, chunki “ishni davom ettirish — bu hayot” ekanini aytdi.

    Video oxirida Prigojin sobiq mahbuslarni “ko‘p ichmaslik”ka, “narkotiklar qabul qilmaslik”ka, “ayollarni zo‘rlamaslik”ka va “sho‘xlik qilmaslik”ka chaqirdi. Ta’kidlanishicha, ularning bir qismi hassalarga tayangan yoki nogironlar aravachasida o‘tirgan holatda bo‘lgan.

    Avvalroq Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi rasmiysi, brigada generali Aleksey Gromov Rossiya o‘z yo‘qotishlarini O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan mehnat muhojirlari hisobiga to‘ldirayotganini aytgandi.

    Shuningdek, Rossiya koloniyalaridagi mahbuslar 2 oy ichida rekord darajada kamayib ketgani, bu ular urushga yollanayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi xabar berilgan edi.

    Ukraina Qurolli kuchlari Maxsus operatsiya kuchlari qoshidagi Milliy qarshilik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyasiga qamoqxonalarda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan yollangan o‘n minglab askarlarni jo‘natmoqda. Shu paytgacha ular jami 23 ming nafar mahbusni yollagan.

    Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Ukrainadagi urushda qatnashayotgan Vagner jangchilarining taxminan 90 foizi mahbuslar bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi “vagnerchilar”ning umumiy soni 50 ming kishiga yetishi, ulardan 40 mingga yaqini mahbuslar bo‘lishi mumkin. So‘nggi haftalarda Ukrainada mingga yaqin “Vagner” jangchilari o‘ldirilgan, ularning 90 foizi sobiq mahbuslar bo’lgan.

    “Vagner” guruhi o‘zi qanday guruh?

    Ko‘plab G‘arb OAVlari “Vagner” guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.

    “Konkord” kompaniyasi egasi bo‘lgan Yevgeniy Prigojin 2016-yildan buyon AQSH, 2020-yildan buyon esa Yevroittifoq sanksiyalari ostidadir. Vashingtonda u Internet tadqiqotlari agentligi (trollar fabrikasi) va “Vagner”ni nazorat qilishda ayblangan.

    U “Vagner”ga aloqadorligini ko‘p marta rad etgan va bunday ayblovlar sababli sudlashgan, ammo 2022-yil sentabrida u “Vagner” asoschisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilotni 2014-yilda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Donbassda rus xalqiga nisbatan genotsid” boshlangan vaqtda tuzgan.

    Mavzuga doir:

    • “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya bo‘yicha “Yil odami” deb topildi
    • “Vagner” guruhi Ukrainadagi urushga 40 000 mahbus yuborgani ma‘lum qilindi
    • Safarbar qilingan bir guruh ruslar Ukrainadan qochib ketdi

    05.01.2023, 15:13   Izoh (0)   8815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT: Urush boshidan buyon Yevropaga kelgan ukrainalik qochqinlar soni 8 millionga yaqinlashdi

    05.01.2023, 14:12

    Xitoy koronavirusdan o‘lganlar soni haqida to‘liq ma’lumot bermayapti — JSST

    05.01.2023, 12:46

    AQSH Kongressi Vakillar palatasi oltinchi ovoz berishdan keyin ham spikerni saylay olmadi. Bayden buni sharmandalik deb atadi

    05.01.2023, 12:38

    Qozog‘istondagi yanvar tartibsizliklarida O‘zbekiston fuqarolari ham qatnashgani ma’lum bo‘ldi

    05.01.2023, 12:23

    Turkiya va Rossiya harbiylari Suriya shimolida birgalikda patrullik qilishi mumkin

    05.01.2023, 11:58

    Marsda ehtimoliy suv manbai topildi

    05.01.2023, 11:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.