Ijtimoiy tarmoqlarda “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva nomidan soxta akkauntlar ochilib, xayriya va mukofot pullari tarqatilishi haqida yolg‘on axborotlar tarqatilmoqda. Bu haqda jamoat fondi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va fuqarolardan bu kabi feyk ma’lumotlarga ishonmaslik so‘ralgan.
“Zamin” fondi loyihalari haqida uning veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin — Facebook, Instagram, Telegram, — deyiladi munosabatda.
Izoh (0)