Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistondan qiymati 1,9 milliard dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
Ta’kidlanishicha, bu umumiy eksport hajmining 17 foizini tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga o‘sgan. O‘zbekistondan 7 oy davomida dunyoning 67 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi:
- paxtadan yigirilgan ip — 982,2 million dollar;
- tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari — 481,9 million dollar;
- naqshli mato — 179,3 million dollar;
- paxtadan gazlamalar — 87,7 million dollar;
- ipak va ipak mahsulotlari — 37,5 million dollar;
- paxta mahsulotlari — 28,9 million dollar;
- gilamlar — 18,4 million dollar;
- boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — million dollar.
Izoh (0)